Csp1312-Individual loyiha 1 uchun talablar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/21
Sana02.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#187195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Loyiha ishi uchun NAMUNA

KIRISH 

 

2018-yil 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  rivojlantirish  va  xavfsizligini 

ta’minlash  boʻyicha  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  natijadorligiga 

bag‘ishlangan yig‘ilish boʻlib oʻtdi. 

Ushbu  yig’ilishda  Davlat  rahbari  bugun  mamlakatda  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  davlat  boshqaruvi,  iqtisodiyot  tarmoqlari, 

ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar 

amalga oshirilayotganligi hamda 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi 

zarur boʻlgan ustuvor vazifalar haqida ham aytib oʻtdi. 

Shu  bilan  birgalikda  2018-yilda  xalqaro  tajribani,  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  rivojlanish  tendensiyalarini  inobatga  olgan 

holda,  “2018–2021-yillarda  ‘Elektron  hukumat’  tizimini  yanada  rivojlantirish 

strategiyasi”ni  ishlab  chiqish,  “Mirzo  Ulug‘bek  innovatsiya  markazi”  rezidentlari 

tomonidan koʻrsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda 

eksport  hajmini  1,8  barobarga  oshirish,  rezidentlar  uchun  chet  el  kompaniyalari 

bilan  hamkorlik  qilishda  va  yangi  bozorlarga  chiqishda  koʻmaklashish  boʻyicha 

tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek,  Muhammad  al-Xorazmiy  nomidagi  Toshkent  axborot 

texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obroʻli ming universitet 

safiga  kiritishni  ta’minlash,  sohada  jahonda  yetakchi  boʻlgan  universitet  va 

kompaniyalar  bilan  hamkorlikni  kuchaytirish,  professor-oʻqituvchilar  va 

talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi 

ta’kidlandi [1]. 

Sun’iy intеllеkt nazariyasi - bu, kompyutеrda inson uchun “aqlli” (“ma’noli”) 

ko‘rinadigan  ishlarni  bajarish  imkonini  bеruvchi  kontsеptsiyalar  haqidagi 

nazariyadir.  



 

 



 

Lеkin, inson aqli, intеllеkti nimani bildiradi o‘zi? Bu - fikrlash qobiliyatimi? 

Yoki,  bilimlarga  ega  bo‘lish  va  ularni  ishlata  olish  qobiliyatimi?  Yoki,  g‘oyalar 

ustida ishlash, yangi g‘oya topish va ularni boshqalarga еtkaza bilish qobiliyatimi?  

Albatta,  bularning  bari  -  intеllеkt  dеb  atalmish  qobiliyatning  tarkibiy 

qismlaridir. Amalda, intеllеktni oddiygina ta’riflash qiyin. Lеkin, asosiysi, intеllеkt 

- ma’lumotlarni qayta ishlay olish, tushunish va umumlashtirish qobiliyatidir. 

Dеmak, Sun’iy intеllеktning asosiy faoliyati shundan iboratki, u kompyutеrni 

yanada  foydaliroq  va  aqlliroq  bo‘lishiga,  intеllеkt  asosini  tashkil  etuvchi 

printsiplarni aniqroq bilishga harakat qilishdadir. Sun’iy intеllеkt mutaxassislarga, 

ayniqsa,  murakkab  axborotlar  tizimlari  yaratuvchilari  va  foydalanuvchilariga 

yordam bеradi, qiyin masalalarni еchishda ko‘maklashadi. 




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling