Cssda ro'yxatlar, jadvallar va shakllarga ishlov berish va ulardan foydalanish metodikasi


Download 156.46 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi156.46 Kb.
#1582326
  1   2   3   4
Bog'liq
moxigul opa


CSSda ro'yxatlar, jadvallar va shakllarga ishlov berish va ulardan foydalanish metodikasi
CSS - bu stillar bilan ishlay oladigan kaskadli stillar majmuasidir. Web sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. HTML hujjat ichida teglar bilan birga foydalaniladi. CSS kodlariini kompilyasiya qilish uchun qandaydir kompillyatorlar, qandaydir dasturlar, va bu kod tushuna oladigan qandaydir redaktorlar kerak bo‘lmaydi. Bu kodlarni HTML singari web brauzerning o‘zi kompilyasiya qiladi va natijani chiqarib beradi. Bu stillar jadvali (CSS) to‘liq holatda 1997 yilda tashkil topib, "WWWConsorsium" ida qo‘llab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. O‘sha paytlarda HTML ning 3 versiyasi ommabop edi. CSS ni dastlab Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlarida ko‘rish mumkin bo‘lgan. Hozirda barcha brauzerlar CSS da yozilgan kodlarni tushuna oladi. Bu stillarga oid dasturlash tilini o‘rganish sodda bo‘lib, yangi stillar qo‘shilishi natijasida kengayib bormoda. CSS ni HTML hujjati ichida ishlatilishini birin ketin ko‘rib o‘tamiz: 1. Web sahifada ishlatiladigan CSS kodlari orqali hosil qilinadigan stillarni hammasini bitta faylga yozib, uni serverda saqlaymiz. So‘ng, sahifadan, serverdagi saqlab qo‘yilgan faylga murojaat qilib, kerakli stilni olamiz. Bu usul katta hajmdagi web sahifalar yaratishda foydali hisoblanadi. Faylga murojaat, tegi ichida amalga oshiriladi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. tegi sahifa biror faylga murojaatni amalga oshirmoqda degani, REL – fayl qandaydir stillardan iborat degani, TYPE - stillar CSS kodlaridan iborat va fayl joylashgan manzil yoziladi. 2. CSS kodlar web sahifa ichidagi tegi orasida beriladi. Bunda yaratilgan stillar shu sahifaga tegishli bo‘ladi, bu degani faqat shu sahifada ishlatilishi mumkindir. 3. Navbatdagi turi, bu har bir element uchun alohida teg ichida stil berib chiqishdan iborat. Misol uchun,
tegi ichida biror matn yozilsa, shu matn uchun teg ichida alohida stil beriladi va bu stil shu teg uchun xususiy bo‘ladi. Bu usuldan foydalanishni maslahat bermaymiz, chunki bu usul kodlarni chalkash va tushunarsiz bo‘lishiga olib keladi. Ayrim hollarda ya‘ni, shoshilinch vaziyatlarda yoki stil qay tartibda 96 namoyon bo‘lishni ko‘rib olish uchun bu usuldan foydalanish mumkin. Undan tashari
tegi ichidagi matn ko‘k rangda yozilishi lozim bo‘lsa (P {color: blue}),
tegi ichidagi tegiga tegishli bo‘lgan matn ham ko‘k rangda yoziladi. Ba‘zi stillar faqat yakka tartibda ishlaydi, ya‘ni ichki teglarga stillari o‘tmaydi (misol uchun, background), shuning uchun barcha stillarni birma bir ishlatib, o‘rganib olish lozim.
tegiga stil berib, dastlabki o‘rnatilish jarayonini hosil qilish mumkin. Shunda biror elementga stil berish esdan chiqib qolsa,
tegidagi stil esdan chiqgan elementga o‘rnatiladi. BODY {color: greyen; font-family: "Verdana"; background: url(joke.gif) white; }
CSS qoidalar, selektor va stilni e‘lon qilish blokidan tashkil topadi. Selektor har doim chap tomonda joylashadi va undan keyin figurali qavsni 97 ichida stilni e‘lon qilish bloki joylashadi. Har bir e‘lon,hususiyat va uni qiymatidan tashkil topadi. E‘lonlar bir – biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Aynan hususiyat stilni tashqi ko‘rinishini aniqlaydi. Stil qo‘llash mumkin bo‘lgan elementning konstruktsiyasini selektor deb ataymiz. Selektorlarning turlari.  Element bo‘yicha selektor. Selektor sifatida elementning nomidan ham foydalanish mumkin (p, td, body). Masalan quyidagicha konstruktsiya yaratamiz: Р { color: #ССС; font-size: 14px} Bu abzats ichidagi matn kulrang rangda, 14 piksel o‘lchamli shriftda yozilgani ko‘rsatilgan. HTML tilidagi ixtiyoriy elementdan shu tarzda selektor sifatida foydalanish mumkin. Selektorga qo‘llanilgan stil, butun sahifa uchun o‘rinli bo‘ladi. Bazan shunday holat yuzaga keladiki, H1 sarlavha ba‘zi joyda ko‘k rangli, 18 px o‘lchamli bo‘lsin, ba‘zi joyda esa H1 sarlavha yashil rangda, 16 px o‘lchamli bo‘lsan. Agar biz selektor sifatida H1 ni olsak, bunday differentsiallashga erisha olmaymiz. Bu muammoni hal qilish uchun CSS1 da ikkita mexanizm, sinfs va unikal identifikatorlar (ID) tushunchasi kiritilgan.  Sinf bo‘yicha selektor. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bu mexanizm, berilgan elementlarni sinfslarga ajratadi. Bu ish quyidagicha amalga oshiriladi: Bu hat boshida biror matn keltirilgan, bu hat boshidagi matn esa kichraytirilgan shrift bilan yoziladi. Ko‘rsatilgan sinfsga stillar quyidagi tartibda yoziladi: Р { color: #CCC; font-size: 14рх} P.smaller {font-size: 12px} Bu holda birinchi hat boshi 14 piksel o‘lchamli shrift bilan yoziladi. Ikkinchi hat boshi esa 12 piksel o‘lchamli shrift bilan yoziladi. Sintaksis ikkala holda ham o‘xshash, lekin sinfsga murojaat nuqta orqali amalga oshiriladi, nuqtadan keyin sinfsni nomi yoziladi. Agar ko‘rsatilgan sinfsni faqatgina hat boshi uchun emas, balki ixtiyoriy element uchun qo‘llasak, stil quyidagicha yoziladi: .smaller {color: #ССС; font-size: 14рх} Agar ikkita
va
element va bir xil sinfs bilan berilsa,
ularni differentsiallash mumkin:
P.smaller {color: #CCC; font-size: 14px}
PRE.smaller {color: #F00; font-size: 12px}
98
Bu holda
element bilan ko‘rsatilgan matn qizil rangda, shrift
12 piksel boladi.
element bilan ko‘rsatilgan matn kulrang rangda,
shrift 14 piksel o‘lchamda bo‘ladi.
 ID bo‘yicha selektor:
Unikal identifikatorlarni qisqa dilib, ID deb ataymiz. Berilgan
hujjatda faqat bir martagina ID selektoridan foydalanish mumkin.
#first { font-style:italic; }

Download 156.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling