Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
O g’zakilik va improvizatsiya (badihago‘y lik ) — xalq ijodining
yashash va yaratilish tarzi. C hunki u hali yozuv kashf qilinmagan uzoq o ‘tmishdagi ajdodlarim iz turish-turm ushining, dunyoqarashi va e ’tiqodining, kurashlardagi zafari va mag‘lubiyatlarining ifodachisi sifa tid a yuzaga kelgan. A .A .P o teb ny a fikrich a, folklor «xotira m anbayidan», aniqrog‘i, xotiraning og‘izdan og‘izga o‘tib yurish inersiyasidan tug‘iladi. fU ningcha, «xotira manbayi» - bir yoki bir qancha kishilaming shunchaki tushunchasi bo'lm ay, balki butun bir xalqning duv-duv gapi, m ish-m ishi, og‘zaki fikridir. Bu mish-mish yoki og‘zaki fikr ustozdan shogirdga (otadan-bolaga), urug‘dan-urug‘ga, avloddan-avlodga o ‘tib, yangi davr ruhidan, yangi ijrochi va ijodkor salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bunday sayqallanish u yoki bu folklor asarinmg shakli va m azmuniga qandaydir o ‘zgarish kiritilishi— mm aningdir qo‘shi!ishi, nim aningdir tushirib qoldirilishida zuhur etadi. Aytaylik, biror tarixiy dalilning unutilishi tufayli asardan tushirilib qoldirilishi m um kin. Yoki dostondagi qo‘shiq qismining unutilishi oqibatida u ertak shaklida yashashi mumkin. Yoxud aksincha. Ertak dostonga o ksib chiqishi h am m um kin. Bular og‘zakilikning jonli harakatdagi jarayoni sifatida folkloming yashash tarziga xos belgilari sanaladi. Z o tanI folklor og'izdan og‘izga o ‘tib yashasa, badiiy adabiyot yozuv vositasida yashaydi./Folklor asari og4zaki aytiladi (ertak, maqol, topishm oq, rivoyat, afsona, latifa, naql va boshqalar), ijro etiladi (doston, og‘zaki dram a, lof, askiya va boshqalar), kuylanadi (qo‘shiq). Badiiy adabiyot esa faqat o ‘qiladi, ijrosiga xos xususiyatlar esa folklordan ijodiy o ‘zlashtirilgan. Q olaversa, og‘zakilik u yoxud bu asarning shunchaki og‘zaki ijrosigina b o lm ay , balki og‘zaki ijro jarayonida yuzagsha kelishi holati hamdir. Folklor asari og‘izdan-og‘izga o ‘tishi tufayli shaklan va mazmunan qanaqa o ‘zgarishga uchramasin, bu hoi uning g‘oyaviy-badiiy, ijtimoiy- estetik qim m atini tushirmaydi. Chunki unda ijodkor xalqning voqelikka m unosabati aks etgan. Folklor asarlarining og‘izdan og‘izga o ‘tib, uzoq asrlar davom ida yashab kelayotganligining asosiy sababi shunda. | Im provizatsiya — lotincha «improviso» so‘zidan yasalgan bo‘lib, lug'aviy jih a td a n «oldindan kutilm agan yoki ko‘rilmagan, to ‘satdan yoki b ird an degan m a ’n o la m i anglatsa-da, istilohiy m a’noda badiiy ijod sohasida maxsus tayyorgarlik k o ‘rmay, zaruriyat tu g 'ilg an lahzaning o ‘zidayoq og‘zak\ ijro jarayonida ko‘ngilni junbushga keltirgan hodisa yoki vooea ta ’sirida to ‘qilgan asardir. IBunday asarlar badihalar ham deyiladi.r Aslida bunday asarlar xotira qatlari zam irida saqlangan b o ‘lib, nogohoniy taassurot tufayli yangidan dunyoga keladi. Shu m a'noda har qanday improvizatsiya azaliy ijodiy tajriba, malaka va tayyorgarlikning hosilasidir. Improvizatsiyada ijodkoming og‘zaki badiiy ijod qonun-qoidalaridan xabardorligi ayricha ahamiyatga ega. U shu qonunlam i qancha puxta bilsa, to ‘qigan asari saviyasi ham shu qadar mukammallik kasb etadi. Xalq ijodkori o ‘z asarini xilma-xil davralarda, xilma-xil sharoitlarda ijro etishi jarayonida tinglovchilaming yoshi, kasb-kori va qiziqishlarini hisobga olib, o ‘sha asarining qay bir epizodini, bayti yoki bandini tashlab ketishi, qay bir yangi epizod, bayt yoki bandni qo‘shib kuylashi mumkin. Shu asosda o ‘sha folklor asarining xilma-xil variantlari yuzaga kelishi m u m k in . B in o b a rin , fo lk lo rd ag i v a ria n tlilik , a so san , improvizatsiya natijasidir. Im provizatsiya u yoki bu jan rg a m ansub m atn n in g m uttasil harakatda b o ‘lishini ta ’minlaydi va hatto alia. yig‘i singari janrlarda nisbatan faolroq namoyon bo‘lib, faqat badihaviylik hosilasi sifatida yuzaga kelishini ta ’minlaydi. \ An’anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar m atnining og‘izdan og‘izga o ‘tishi jarayonida nisbatan barqarorliknigina anglatib qolmay, balki o ‘sha asarning avloddan avlodga o ‘tish jarayonida dastlabki ijrosiga xos xususiyatlarni, kuyi va shaklini, tasviriy ifoda vositalarini va qahram onlarini nisbatan o ‘zgarm agan holda saqlab qolganligini ham anglatadi.' Xalq ijodiyotida an ’anaviylik g‘oyaviy-badiiy m azm unda keng ko‘lamga ega. Zero, mavzu mohiyatiga ko‘ra uning b arch a tu r va jan rlarid ag i n am un alarid a v atan , xalq va m e h n atn i u lu g ‘lash, adolatsizlikka nafrat bilan qarash, d o ‘stlik va birodarlikni qadrlash, chin insoniy muhabbatni sharaflash m ushtarak an ’anaviy motivlardir. Shuningdek, an'anaviylik folklorning h ar b ir tu ri va ja n rin in g kompozitsion tarkibiga xos unsurlar umumiyligini ham nam oyon etadi. Aytaylik, q o ‘shiq janri tabiatiga daxldor a n ’anaviy unsurlarning h a m m a si h a m d o sto n ja n r i ta b ia tig a t o ‘g ‘ri k e la v e rm a y d i. Dostonlargagina xos a n ’anaviy epik ko‘lamdorIik, epik qoliplar, umumiy tipik o ‘rinlar va boshqalar qo'shiqlarda uchram aydi. Lekin bular xalq eposi uchun an ’anaviy unsurlar sanaladi. Yoki xalq eposini a n ’anaviy boshlama va tugallanm a, otni egarlash va ta ’riflash. otda b ahodirona chopish, janglar tasviri, safarga otlangan qahramonga nasihat qilish, jangga kirish oldidan o ‘zini maqtashi, sevishganlar uchrashadigan chorbog‘lar tavsifi, malikalar, kanizaklar, ko‘sa va m a sto n kam p irlar tasvirisiz ta s a w u r qilib b o ‘lm aydi. Bularsiz dostonlarda a n ’anaviy syujet qurilmasini yaratish qiyin. rjfVn’ana — jam oa ijodkorligining mahsuli, shu bilan birga, folklor asarlarini jamoaviy holda saqlab qolishning ham o ‘ziga xos shakli hisoblanadi.^ Binobarin, folklor asarlarining og‘izdan og‘izga o ‘tib yashashining o ‘zi a n ’anaviyligidir. Og‘zakilik folklorning o‘zgarmas shakli b o ‘lib, o ‘z navbatida, xotirada saqlamoqni, yodlab eslamoqni taqozo etadi. Buning uchun esa, kuchli hofiza zaruriyatga aylanadi. 0 ‘zb ek baxshi va sh o irla ri o rasid a qirq d an ziyod a n ’anaviy dostonlam i, tag‘in qanchadan — qancha term alarni bilgan, kuylagan, yana o 'zi to'qiganiam ing borligi shu an ’anaviy ehtiyojning hosilasidir. Sirasini aytganda, a n ’anaviylik folklorninggina em as, balki xalq m usiqasi, raqsi va amaliy san ’atining ham xos belgisi sanaladi. A n’anaviylik o‘zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. Chunonchi, folkom ing ilk nam unalari ibtidoiy jam iyatda yaratilgan, ularda o ‘sha zam o n kishilarining nisbatan qaror topgan urf-odatlari va hayotga oid qarashlari aks etgan. Bu hoi folklor asarlari shakli, obrazlari va motivlari muayyan barqarorlik kasb etishini ta ’minlagan. X alqning asrlar davom ida shakllangan badiiy zavqi, didi bor, folklor ham isha shu xalqona estetik prinsipga amal qilib yashaydi. Bu — fo lk lo r u c h u n o b y e k tiv q o n u n iy a t. ljtim o iy -iq tiso d iy taraq qiyo tn in g xalq estetikasiga k o ‘rsatadigan ta ’siri folklordagi a n ’anaviylikni harakatga soladi. Masalan, ijtimoiy tafakkur taraqqiyoti xalq e ’tiqodida yasagan tub burilishlar oqibatida badik, kinna, burey- burey janrlari, shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo», «Barot keldi» m arosim lari so‘nib, iste’m oldan chiqib ketdi. XX asrning ikkinchi choragidan boshlab yangi voqelikning yuzaga kelishi tufayli doston yaratish a n ’anasi h am so ‘nish sari yuz tutdi, qo‘shiq, maqol, askiya, og'zaki hikoya davom etm oqda, ayrim yangi shakl - janr, ju m la d a n , tarixiy q o 'sh iq yuzaga keldi. Shuningdek, a n ’anaviy q o ‘shiq motivlari o ‘zgardi. Yangi voqelik mazmuniga mos obrazlar va qarashlar evaziga to ‘lishdi. Ayrim janrlar poetik tizim ida jiddiy o ‘zgarishlar sodir b o ‘ldi. Jum ladan, yangi dostonlarda, garchi a n ’anaviy dostonchilikka xos, epiklikka, tayyor qoliplarga, motivlarga suyanilsa-da, biroq bular endi a n ’anaviy dostonlardagidek g'ayritabiiylik asosida em as, balki hayotiy reallikka, obyektivlikka asoslangan holda ifodalanadigan bo‘ldi. A n’anaviy dostonlarning ideal q ahram o n lari g ‘ayritabiiy k u ch lar m adadkorligida h a ra k a t qilib g‘alaba q o z o n sa . yangi dostonlarning qahram onlari real tarixiy shaxslar b o ‘lib, ular yangi voqelikka suyanib harakat qiladi va o ‘z maqsadiga erishadi. Bunday farqni an ’anaviy dostonlar bilan yangi dostonlar konflikti misolida ham ko‘rish mumkin. Konflikt a n ’anaviy dostonlarda yakka shaxs m anfaati taqozosi, yangi dostonlarda esa om m a m anfaatlari taqozosi hosilasidir. Binobarin, yangi dostonlar konflikti hayotiy zam inga ega va uning yechimi ham realdir. Anonimlik aslida folklorning jam oa ijodi sifatida yuzaga kelishi natijasi o ‘laroq paydo bo‘lgan xususiyatidir.^Anomm yunoncha «anonumos» so‘zidan olingan bo‘lib. lug‘aviy jihatdan «nomsiz, nom i n o m a’lum» m a’nolarini anglatsa-da, istilohiy m a’noda xalq ijodiyotiga xos xususiyatini bildiradi./ Binobarin, ayonlashayotirki, folklor asarlari yaratuvchisi nomining nom a’Iumligi — uning anonim ligini tayinlaydi. Folklordagi anonim lik hodisasi yozm a adabiyotdagi taxallus vositasida asl nomni yashirishdan farq qiladi, albatta. Og‘zaki asarlar qachonlardir kim to m o n id an d ir ijod qilinganiga shubha bildirib bo‘lmaydi. Biroq o “sha ilk ijodkor uni o ‘z asari sifatida qabul qilmagan, aniqrog‘i, unga m ualliflikni d a ’vo etm agan. U o g ‘zaki aytgan, kuylagan yoki ijro etgan o ‘sh a asar o g ‘izdan o g ‘izga, o tad an farzandga, avloddan avlodga, urug‘dan urug'ga, qabiladan qabilaga ko‘chib, zam on elagidan o ‘tib, didlar ta ’sirida sayqallanib, individual ijodkoriga taalluqliligini yo‘qotib, jam oa ijodi hosilasiga aylana borgan va muallifi nom a’lumlashib qolgan. Bu hodisa xalq ijodiyotining anonimligi xususiyatini shakllantirgan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling