Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet63/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89
Doston kuylash tartibi. 0 ‘zbek dostonchiligida an ’anaviy doston


kuylash tartibi bor. O datda, dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha 
kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan m ehm onxonaga 
barcha eshituvchilar uning devorlari b o ‘ylab qator qo‘r tashlab 
o ‘tirishgan. Baxshini eng to ‘rga o ‘tqizganlar. D oston kuylash kichik 
bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki b ir necha 
term a kuylagan. X orazm baxshilari esa, term a sifatida dostonlardan 
b o ‘laklar, M axtum quli she’rlaridan, pand-nasihatlar bilan bog‘liq 
turli parchalam i ijro qilganlar. X orazmdan b o ‘lak joylarda esa. ko‘p 
hollarda «Nima aytay?» («D oston terish») term asi bilan auditoriyaga 
murojaat etilgan. S o ‘ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining 
tanlashiga k o ‘ra b iro r doston ijro etiladi. O datda. do sto nchilik
o ‘tirishlari tongga ulanadi. 0 ‘zbek xalq dostonlarining k o ‘pchiligi 
bir kun kuylashga m o ‘ljallangan. «Alpomish»dek m onum ental asarlar 
ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.54
Baxshi ijro davom ida dostondagi har bir tasvirga mos s o ‘z va kuy 
to p ib , avjga c h iq a b o ra d i, o ‘zlarin in g t a ’b iri bilan ay tg a n d a , 
«qaynaydi». 0 ‘m i-o ‘rni bilan eshituvchilarga murojaat etib, ularning 
diqqatini o‘zida saqlab turadi. Avj nuqtalarga yetganda, baxshining 
gavda harakatlari, b o sh in i sarak-sarak qilishi, d o ‘m biraning b ir 
muvozanatda borib-kelishi kuy va so‘zga qo‘shilib, yaxlit ritm ik holat 
yuzaga keladi. B unday paytlarda to ‘rdagi baxshi poygakka, to m o sh a- 
bin esa, to ‘rga chiqib qolganligini hech kim payqamay qoladi. Shu 
tariqa q o ‘r tash lab o ‘tirg an lar davrani bir necha m arta aylanib 
ch iq ish lari m u m k in . B axshi qizib va terlab ketganda, ustidagi 
yaktaklarini b irin -k e tin yecha boradi. Baxshining shogirdi yoki 
davradagi biror kishi vaqt-vaqti bilan unga qaynatilgan va bir oz 
sovitilgan suv tutib turadi. Baxshi suvdan bir h o ‘plab, ijroni t o ‘xtovsiz 
davom ettira beradi.
D o ston ni kuylash ju d a ham qiziqarli o ‘ringa, avj pardalarga 
yetganda, yarim tu n d a dam olish uchun tanaffus e ’lon qilinadi. 
Buni baxshilar «do‘m bira to.‘ntarm oq» deb aytadilar. B unda baxshi 
eshituvchilarga yoki o ‘z d o ‘mbirasiga m urojaat tarzida b ir necha 
qistirm a m isralar t o ‘qib, ijroni to ‘xtatadi:
Seni uydan olib chiqdim b o ‘ktarib,
Sen yuribsan ulfatingni axtarib,
M e n q o ‘yayin seni endi to ‘ntarib,
Y arim kecha haddi bo‘ldi, jonivor.
Y ig‘ib opsan ulfatingning jam ini,


Egang olsin-da b ir oz damini.
Damin olib aytib berar kamini,
R o‘mo! yozar vaqti b o ‘ldi, jonivor...
Shundan keyin baxshi belbog‘ini va d o ‘mbirani to ‘nkarilgan holda 
qoldirib, tashqariga chiqadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi 
belbog‘ini o ‘rtaga yoyadi. har kim o ‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki 
biror narsa tashlaydi. Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig'iigan pul 
va narsalar tugib qo‘yiladi. So‘ng dostonning qolgan qism ini kuylash 
davom ettiriladi. Xorazm baxshilari esa, doston ijrosi tugashi bilan 
*«To‘yingda qaytsin» kuyini chalib turadi. Davra yoki to ‘y oqsoqollari 
bu payt m ehm on va mezbonlar o ‘z xohishi bilan bergan pul yoki 
buyum lam i yig‘ib, baxshiga beradi.
Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari 
b a’zan bir necha kun davom etadi. Baxshi ketar paytda u ni taklif 
qilgan sohibi xonadon unga yana q o ‘shim cha sovg‘alar (to ‘n, sarpo, 
qo‘y, ot va hokazo) berishi mumkin. Shuni aytish kerakki, baxshiga 
beriladigan sovg‘alar hech qachon majburiy va oldindan kelishilgan 
holda bo‘lmaydi. Bu to ‘la ixtiyoriy b o ‘lib, haqiqiy xalq baxshilari 
hech qachon o ‘z san’atlariga daromad manbayi sifatida qaramaganlar.
Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari to ‘y-hasham larda, oila 
tantanalarida, bayramlarda baxshilaming ishtirok etishi odatdagi hoi 
edi. XX asr boshlaridan boshlab shaharlarda baxshilar xizm atidan 
foydalanish yo‘qoldi, ularning o ‘rnini hofizlar va ashulachilar oldi. 
Qishloqlarda esa dostonchilikning jo n li a n ’analari hozir ham , garchi 
ancha so‘na boshlagan bo‘lsa-da, davom etmoqda.
Baxshi tayyorlash o‘zining qat’iy a n ’anaviy tartiblariga ega bo‘lgan. 
Baxshilar qishloqm a-qishloq dostonchilik qilib yurgan paytlarida 
m ehnatkashlar orasidagi talantli, qobiliyatli, she’riyatga qiziquvchi 
yoshlarni tanlaganlar, safar davomida ulam i sinab borganlar, istiqboli 
borlarini o ‘z yonlariga tortganlar.
Shogird tayyorlashda barcha o ‘qitish, o ‘rgatish ishlari, do'm bira 
mashqi ham og‘zaki ravishda amalga oshirilgan. chunki o ‘tm ishda 
ustoz o ‘qish-yozishni bilmaganidek, shogird ham savodsiz b o ‘lgan. 
Ahyon-ahyonda uchrab turadigan baxshilaming savodliligi h am bunga 
monelik qila olmagan. Negaki, xalq dostonlarini eshitish va kuylash 
orqali og‘zaki o ‘rganish professional ta ’limning eng birinchi va asosiy 
sharti bo rg an . Dastlab dostonlardagi an'anaviy m isralar («Xazon 
urmay bog‘da gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo'ndim i»


kabi), um um iy o ‘rinlar, ya’ni b a’zi bir ju z 'iy o ‘zgarishlar bilan 
ko‘pchilik dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasihat, 
uni kuzatuv, otni egarlash va ot ta ’rifi, otda safar va jang tasviri 
kabilar) yodlatilgan. S o‘ng ayrim olingan bir doston, keyinroq esa, 
u s to z re p e rtu a rid a g i a s a r la r o ‘rg atilg an . U sto z sh o g ird n in g
im provizatsiya qobiliyatini, ya’ni o ‘rganilgan a n ’anaviy misralar, 
p a rc h a la r asosida y angilarini d o ‘mbira bilan tezda to ‘qiy olish 
qud ratin i o ‘stirishga alohida e ’tibor bergan.
0 ‘rgatishning keyingi yillarida ustoz shogirdni o ‘zi bilan birga 
d o sto n c h ilik yig‘inlariga, t o ‘y-hasham larga olib yuradi. Bunday 
paytlarda shogird ko‘pchilik oldida term alar, dostonlardan parchalar 
kuylaydi. Shogird ancha pishib qolgach, ustoz auditoriyaning ruxsati 
bilan o ‘zi kuylayotgan dostonning davomini unga ayttiradi.
Shogird ustoz repertuaridagi dostonlarning muayyan qismini va 
bax sh ilik y o ‘llarini to ‘la o ‘rganib b o lg a c h , ustoz uni el oldida 
sin o v d an o ‘gkazish u c h u n ziyofat tashkil etadi. Ziyofatga xalq 
ijodining bilarm onlari. doston shinavandalari taklif qilinadi. Shogird 
ular oldida biron dostonni mustaqil ijro etib beradi. Shogird sinovdan 
muvaffaqiyatli o ‘tgach, ustoz unga bosh-oyoq sarpo va to ‘n qilib, 
b a 'z a n yangi d o ‘mbira yoki d u to r hadya etib, ko‘pchilik oldida oq 
yo‘l tilaydi.55 Shogird baxshi nom ini olib, mustaqil dostonchi bo‘Isa- 
da, o ‘z repertuarini yanada kengaytirish maqsadida ustozi va boshqa 
yirik xalq shoirlaridan o ‘rganishda davom etadi.
D em ak, bir mahallar shogird b o ‘lib, ustoz baxshilardan bir necha 
yillar davom ida ta ’lim olgan, o ‘rgangan dostonlarni badiiy silliqlab, 
yuksaklikka ko‘tara olgan dostonchilar, o‘z navbatida, yana shogirdlar 
yetishtiradi. Shu tariqa xalq badiiy ijodida davomiylik yuzaga kelgan 
b o ‘lib, qachonlardir yaratilgan epik asarlar ustozdan shogirdga, otadan 
o ‘g‘ilga, avloddan avlodga o ‘tib, og‘zaki ravishda bizgacha yetib kelgan.
D o ston ch ilik m ak tab lari. Epik poeziyaning yaratuvchilari va 
ijrochilari sinfiy mansubiyatlari, repertuarlarinmg g‘oyaviy yo‘nalishlari 
jih a tid an . professor H odi Zarifov tekshirishlariga ko‘ra, ikkiguruhga 
b o ‘linadilar. Bunga sabab o ‘tm ishda turli sinflarning manfaatlariga 
xizm at qiluvchn baxshilar va ularning o ‘zlariga xos repertuari bo‘lgan.
«Birinchi guruhga saroy shoirlari, qalandar, darveshsifat baxshilar 
kiradi. Chingizxon huzurida Ulug‘ jirchi, T o‘xtamishxon saroyida 
K am olzoda va Jahon Mirza, Xiva xoni M uhamm ad Rahimxon II 
huzurida Riza baxshi, Buxoro amiri Nasrullo saroyida Emazar kabi


baxshilar bo‘lganligi m a’lum. Xuddi shunday saroy baxshilari tononidan 
xon-u beklami madh etuvchi asarlar yaratilgan. Hokim sinfga mansub 
darveshsifat hayot kechirgan baxshilar repertuarida esa, diniy xarakterdagi 
asarlar asosiy o‘rinni egallaydi. 0 ‘tmishdagi Juma dostonchilik maktabi 
vakillari shunday baxshilardandir... 0 ‘tmishda yana shunday baxshilar 
bo‘lganki, ular epik asarlar ijro etish bilan birga, parixonlik, duoxonlik 
h am qilganlar. Bu dostonchilikning nisbatan qadim iy sinkretik 
bosqichining qoldig‘idir... Bu guruh baxshilar yuqori sinflaming qo‘llab- 
quwatlashiga qaramay, xalq o ‘rtasida e ’tibor qozona olmaganlar.
Ikkinchi guruh baxshilar bevosita mehnatkash om m a orasidan 
yetishib chiqqan, uning m anfaatlarini himoya qilgan xalq kuychilari 
b o ‘lib, xalq yaratgan og‘zaki badiiy ijodning eng yaxshi nam unalarini 
saqlagan va demokratik g‘oyalarni oldinga surgan dostonchilardir».™ 
Bunday baxshilarni umumiy g4oyaviy yo‘nalish, sinfiy mansubiyat, 
keng m a ’nodagi repertuar birligi, asriy d osto n ch ilik a n ’analari 
birlashtirib turadi.
M uayyan doston varianti jam oa va individual ijod birligi jarayonida 
yuzaga kelgan mahsul ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik 
faoliyati asrlar davomida shakllangan og‘zaki epik an ’analar doirasida 
nam oyon bo‘ladi. Bu hoi barcha baxshilar uchun umum iy tom onlam i, 
m uayyan dostonchilik qoliplarini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib 
aytganda, umumlashgan puxta epik a n ’ana doirasida m a’lum baxshi 
yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar 
o ‘zgachaligi mavjud. F olklorshunoslikda b u n i sh artli ravishda 
dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda 
o‘zbek folklorshunosligida Bulung'ur, Q o‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, 
Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik 
maktablari — baxshilik san’atining ajoyib markazlari a'niqlangan.
Bulung‘ur dostonchilik maktabi vakillari qahram onlik dostonlarini 
ijro etish bilan mashhur bo‘lganlar. Sodda, yuksak, o ‘ta an ’anaviy, 
nisbatan arxaik bo‘lgan qahram onlik eposi uslubi bu dostonchilam ing 
poetik yo‘li hisoblangan.57 Bulung‘ur dostonchilik maktabining so‘nggi 
iste’dodli vakili Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li (1872—1955) hisoblanadi, undan 
«Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahm ad», «M alika ayyor», 
« M a sh riq o » , «Z ulfizar», «B alo g ard o n » , « ln tiz o r» , «N u rali» , 
«Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «Shirin bilan Shakar», «Ra’no 
bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan.
Fozil Yo‘ldosh olg‘li XIX asrda Yo‘ldosh, Q o‘ldosh, Suyar shoir


nom i bilan m ashhur bo‘lgan uch aka-ukaning kattasi Yo‘idosh M ulla 
M u r o d o ‘g ‘lin in g s h o g ir d id i r . Y o ‘ld o s h s h o ir m a s h h u r
Y o‘ldoshbulbulning shogirdi b o ‘lgan. 0 ‘z navbatida XVIII asrning 
II yarm ida yashagan M uham m ad shoir Yo‘ldoshbulbulga ustozlik 
qilgan. Bu m aktab A m in baxshi, C hini shoir, T ovbuzar shoir, 
Q urbonbek shoir, Sultonmurod, Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh, Q o‘Idosh, 
Suyar, R ah im b ulbu l, J o ‘ra, F ozil shoir, Y orlaqab kabi o ‘nlab 
dostonchilam i birlashtirgan. Bu maktab vakillari Farg‘ona vodiysidagi 
o‘zbek dostonchilariga ham ijobiy ta ’sir ko‘rsatganlar. Epik san’atning 
ikkinchi b ir m uhim markazi q o ‘rg‘on dostonchilik m aktabi b o ‘lib, 
uning eng so ‘nggi iste’dodli vakillari Ergash Jum anbulbul o ‘g ‘li 
(1868—1937) va Po‘lkan shoirlar (1874 — 1941) hisoblanadi. Bu talantli 
s a n ’a t k o r l a r d a n « A lp o m ish » , «Y akka A h m a d » , «O y su lu v » , 
«Kuntug‘mish», «Qironxon», «G o‘ro‘g‘liningtug‘ilishi», «Yunus pari», 
«Misqol pari», «G ulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «Chambil 
qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Q unduz bilan Yulduz», 
«X oldor-xon», «Elomon», «Berdiyorotaliq», «Zamonbek», «Xidirali 
elbegi» kabi dostonlar yozib olingan.
M ang‘ishtovdan N urotaga q adar cho‘zilgan silsila to g ‘lam ing, 
ayniqsa, O qtovning shimoliy va janubiy etaklarida yashagan va shu 
yerlarda yetishgan xalq shoirlari Q o‘rg‘on dostonchilik maktabiga 
m ansubdir. Bu baxshilaming deyarli ko‘pchiligi Q o‘rg‘on qishlog‘ida 
tarbiya topgan va haqli ravishda o ‘z ustozlarini bu ajoyib shoirlar 
qishlog‘i bilan bog‘laydi!ar. Ergash Jum anbulbul o ‘g‘lining ota- 
bobolari asos solganligi taxm in qilingan bu maktab Yodgor, Lafas, 
M ulla T osh, M ulla Xolmurod, Sulton kampir, Tilla kam pir, Jolm on 
baxshi, B o‘ron baxshi, Bo‘ron shoir, Jum anbulbul. Yorlaqab, Jassoq 
baxshi, Q ulsam ad baxshi, Ergash shoir, Po‘lkan shoir, B o‘ta baxshi, 
E g a m b e rd i b a x sh i, M a rd i b a x sh i, R a h m a tu lia k a b i o ‘n lab
dostonchilam i birlashtiradi. Bu baxshilar ishqiv-rom anik dostonlarga 
ko‘proq e ’tib or berganlar. O 'ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, 
s h e ’riy b e z a k la r, ta fs ilo tla rn i a tro flic h a ish la sh , n o z ik lik va 
jim jim a d o rlik q o ‘rg‘o n d o sto n ch ilik m aktabi uslubining asosiy 
belgilaridir. Bu hoi uning m a'lum m a’noda yozma adabiyot ta ’siriga 
uchraganligini ko‘rsatadi.58
X IX asrda mavjud b o ‘lgan yana bir epik m arkaz Shahrisabzy 
dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so‘nggi namoyandasi Abdulla 
N urali o ‘g ‘li (1874 -1 9 5 7 ) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab


shoirning shogirdidir. Bu baxshilar d o sto n larn i sh o ‘x, quvnoq, 
k o ‘tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqim liligi bilan ajralib 
turadilar.
Atoqli xalq shoiri Islom N azar o ‘g‘li (1874 — 1953) N arpay 
dostonchilik maktabining vakilidir. U XIX asm ing ulkan dostonchisi 
Rajah shoirning shogirdi b o ‘lgan. T alan tli xalq shoiri N u rm o n
Abduvoy o‘g‘li ham (1862 — 1940) shu maktabga mansubdir. Ulardan 
yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Zulfizar 
bilan Avazxon», «Gulixiromon», «K untug‘mish» kabi dostonlarga 
nazar tashlar ekanm iz, bu m aktab vakillari xalq dostonlarining 
demokratik asoslarini yanada kengaytirganliklarining guvohi b o ‘lamiz.
0 ‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘pgina baxshilar Sherobod. 
dostonchilik maktabi bilan bog‘liqdir. XIX asm ing II yarmi va XX 
asr boshlarida yashagan bu maktabning m ashhur vakili Shem azar 
Beknazar o ‘g‘li b ir qancha shogirdlar yetishtirgan. M ardonaqul 
Avliyoqul o ‘g‘li, Um ir Safar o ‘g‘li, N orm urod baxshi, Ahmad baxshi, 
N urali Boymat o ‘g‘li, M amadrayim baxshi, Bo‘riboy Ahmad o ‘g‘li, 
Yusuf 0 ‘tagan o ‘g‘li kabi o‘nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi 
va ulardan b ir qan ch a d o sto n la r yozib olingan. Bu bax sh ilar 
repertuariga nazar tashlar ekanm iz, dostonchilikning nisbatan quyi 
bosqichlariga, badiiy tafakkum ing uncha rivojlanmagan shakllariga 
duch kelamiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, ba’zan Janubiy Tojikiston 
baxshilari o‘zaro doim iy aloqada b o ‘lgan va ularning ko‘pchiligi 
Sherobod bilan bog‘lanadi. Bu maktab vakillari repertuaridagi ayrim 
dostonlar (masalan, «Oltin qovoq», «Malla savdogar», «O llonazar 
O lchinbek» kabilar) b o sh qa jo y lard ag i b ax sh ilar re p e rtu a rid a
uchramaydi.
Janubiy Tojikistonda yashovchi o ‘zbek-laqay baxshilari ham
repertuari, badiiy tasvir vositalari jihatidan o ‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bu baxshilar Jorubqo‘l qishlog‘i bilan bog‘liq. Bu yerda XIX 
asm ing 11 yarmi va XX asr boshlarida haybat Sham ol o ‘g‘li, Q unduz 
soqi degan m ash h u r d o sto n ch ila r o ‘tgan. h o z ir h am ularning 
davom chilari bor. 0 ‘zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy 
qismini «G o‘ro ‘g‘li» dostonlari turkum i tashkil etadi. Bu dostonlar 
o‘zlarining nihoyatda m o ‘jazligi bilan ajralib turadi.
X orazm dagi o ‘zbek dostonchilik san ’ati boshqa m aktablarga 
m ansub baxshilar u slubidan jid d iy farq qilad i. Bu yerda s o ‘z 
improvizatsiyasi asosiy rol o ‘ynam aydi, m atn to m m a’noda variant


bermaydi, balki m usiqa yetakchilik qiladi. K o ‘pchilik hollarda yozma 
m anbaga ega X o razm d o sto n la rin in g b a ’zan aytuvchi q o ‘lid a 
q o ‘lyozma m atni h am b o ‘ladi. Xorazm da epik asam i baxshining bir 
o ‘zi yakka ijro etish bilan birga, jam oa ijrochiligi ham keng tarqalgan. 
Bunda uch-besh kishidan iborat ustoz baxshi rahbarligida ijrochilar 
jam oasi tuziladi. D ostonni ustoz dutorda boshlaydi, qolganlari unga 
g‘ijjak va balom on bilan jo ‘r b o ‘ladilar. N aqarotni esa ham m asi 
birgalikda ijro etadi.
Xorazm baxshilarining kuyjari ko‘p va xilma-xildir. D ostonning 
h ar bir qo‘shig‘i m uayyan kuyda ijro etiladi. D ostonchilar bularni 
baxshi yo‘llari yoki baxshi n a’malari deb yuritadilar.
Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan ham o ‘ziga xos 
x u su siy atlarg a ega. M asalan , bu yerda q a h ra m o n lik d o sto n i 
«Alpomish» uchram aydi, aksincha, X orazm baxshilari repertuaridagi 
ishqiy-rom anik dostonlam ing aksariyati respublikamizning boshqa 
yerlarida mavjud emas.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling