CuCl2 ⇄ Cu2+ + 2Cl


Download 50.42 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi50.42 Kb.
#1271317
Bog'liq
Elektroliz jarayon


Elektroliz jarayoni
Elektr toki manbayi yordamida olib boriladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishini amalga oshirib beradi. Bunday jarayonni elektroliz deb ataladi.
Elektrolitlar eritmasiga elektrodlar tushirib, ularni doimiy elektr toki manbayi bilan ulanganda musbat zaryadlangan ionlar (kationlar) katod (manfiy zaryadli elektrod) tomon, manfiy zaryadga ega bo‘lgan ionlar esa anod (musbat zaryadli elektrod) tomon siljishi yuzaga keladi. Katod yuzasida kationlar o‘ziga elektronlarni qabul qilib qaytariladi, anionlar esa anod yuzasi bilan to‘qnashib o‘zlarining elektronlarini beradi, ya’ni anionlar oksidlanadi.(1-rasm)
Masalan, CuClning suvdagi eritmasida Cu2+ va Cl ionlari katod va anod tomon yo‘llanadi:
CuCl2 ⇄ Cu2+ + 2Cl
( – ) Katod ← Cu2+ + 2Cl → Anod (+)
Elektrodlardagi jarayonlar
Cu2+ + 2ē → Cu° va 2C1 — 2ē → Cl2
Mis ionlari katoddan elektron biriktirib oladi va erkin metall holigacha qaytariladi, xlor ionlari elektronlarini beradi, atomlar xlorgacha oksidlanadi va ikkita xlor atomi birikib gaz holdagi molekulaga aylanadi. Elektroliz jarayonining mohiyati ham shunda — katodda qaytarilish, anodda esa oksidlanish jarayoni amalga oshadi.

Elektroliz hodisasi


Elektroliz sxemasi.
Sanoatda elektroliz jarayonidan foydalamb marganes kobalt, rux, kadmiy va boshqa metallarni, kaliy gidroksid, xlor, kislorod, vodorod va boshqa ko‘pgina mahsulotlar olinadi.
Tuzlarni hosil qiluvchi kislota va ishqorlar xossalariga qarab ularning elektroliz jarayonida turli holatlar bo’lishi mumkin.

  1. Bunday tuzlar tarkibidagi metall ionining oksidlanish-qaytarilish standart potensiali noldan katta bo‘lganda katodda faqat tuz hosil qiluvchi asos kationi (Cu—Au) qaytariladi.

2. Neytral eritma elektroliz qilinganda metallning standart elektrod potensiali —0,41 В dan musbat qiymatga ega bo‘lsa, katodda shunday metall qaytariladi.
3. Agar metallning standart elektrod potensiali magniynikidan musbatroq qiymatga ega bo’lsa, katodda bir vaqtning o ‘zida metall va vodorod hosil bo‘ladi.
Elektroliz qilinayotgan tuz konsentratsiyasi, jarayonni olib borishdagi tok zichligi (tok kuchining elektrod sathiga nisbati), temperatura va boshqa sharoitlarning o‘zgarishi — elektroliz mahsuloti — gaz va metallning miqdorlariga ta’sir qiladi. Bunday hollarda miqdoriy hisoblarni bajarish natijalari aniq bo‘lmaydi.
Elektroliz (elektro... va...liz) - qizdirib suyuqlantirilgan elektrolit yoki uning suvdagi eritmasi orqali oʻzgarmas elektr toki oʻtganida elektrodlarda sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlari. E.ning mohiyati kimyoviy reaksiyani elektr energiyasi hisobiga amalga oshirishdan iborat. Elektr toki berilganda ionlarning elektron qabul qilish yoki elektron berish hodisasi birlamchi jarayonni tashkil qiladi. Bu jarayon natijasida koʻpincha E.ning dastlabki mahsulotlari hosil boʻladi. E. mahsulotlari sof holda ajralib chiqishi yoki erituvchi bilan oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Ikkinchi holda E.ning ikkilamchi mahsulotlari hosil boʻladi. Qizdirib suyuklantirilgan elektrolitlar E. qilinganida faqat birlamchi mahsulotlar chiqadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida E. ancha murakkab boradi, chunki koʻpincha ikkilamchi jarayonlar sodir boʻladi. Umuman E. jarayonining borishi va E. oxirida qanday mahsulotlar hosil boʻlishi birlamchi mahsulotlar, erituvchi tabiati, elektrodlarning qanday materialdan yasalgani, tra, elektrodlardagi tokning zichligi va h.k.ga bogʻliq. Katod, yaʼni doimiy tok manbaining manfiy qutbiga ulangan elektrod qaytaruvchilik rolini bajaradi, anod esa (yaʼni manbaning musbat qutbiga ulangan elektrod) oksidlovchi sifatida xizmat qiladi. Elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massalari, tok kuchi va E. davom etadigan vaqt orasida matematik tenglamalar bilan ifodalanadigan bogʻlanishlar mavjud (qarang Faradey qonunlari).
E. sanoatning turli sohalarida keng qoʻllanadi. Kimyo sanoatida xlor va ishqorlar olishda, xlorat, perxlorat, persulfat kislota, kaliy permanganat, sof holdagi vodorod, ftor va boshqalar qimmatli mahsulotlar hosil qilishda, rangli metallurgiyada metallarni rafinatsiyalasht E.dan foydalaniladi. Turli metallarning birikmalarini qizdirib suyuqlantirib, E. yordamida oʻsha metallar ajratib olinadi. Mashinasozlik, radiotexnika, elektronika, poligrafiya sanoatlarida turli buyumlar sirtini metallar bilan qoplashda va boshqalarda E. qoʻllanadi.



Download 50.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling