Inklyuziv ta’lim


Download 238.85 Kb.
bet1/56
Sana14.11.2023
Hajmi238.85 Kb.
#1772332
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi-fayllar.org


Fanning maqsad va vazifalari Fanning maqsadi

Kirish
“Inklyuziv ta’lim” sohasi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun nafaqat aniq individga, ma’lum bir guruhga, balki jamiyat va davlat uchun zarur va muhim hisoblanadi. Shuningdek, “Ijtimoiy ish” sohasi jamoatchilik amortizatori rolini bajaradi, ijtimoiy himoyaga muhtoj axoli uchun tanglikni oldini olish va osoyishtalikni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda muhim ahamiyat ega.
«Inklyuziv ta’lim » fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dastur beshta bo‘limdan iborat bo‘lib, u o‘z tarkibiga inklyuziv ta’limni fan va o‘quv predmeti sifatida o‘rganib, O‘zbekiston Respublikasi va chet eldagi inklyuziv ta’limning nazariy uslubiy jihatlarini tahlil etadi, shuningdek, ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish, ijtimoiy ishning texnologiyasi va samaradorligi (nazariy metodologik aspekti) va boshqa bir qator masalalarni qamrab olgan.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanning maqsadi «Ijtimoiy ish» sohasi bakalavr talabalarda ijtimoiy ish asoslari, uning tushunchasi, paydo bo‘lish tarixi va metodlari, qonuniyatlari hamda asosiy tamoyillarini rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlar bilan takomillashtirishdan iborat.
“Inklyuziv ta’lim” fani o‘qitilishi davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirilishini talab etadi: “Inklyuziv ta’lim” fan sifatida rivojlanishi bo‘yicha chet el hamda mahalliy tajribani o‘zlashtirish; inklyuziv ta’liming insoniyat va jamiyat hayotidagi rolini, yordam ko‘rsatish texnologiyalari hamda uslubiy asoslarini o‘rganish; ijtimoiy ishda tadqiqotchilik loyihasini yozish va rasmiylashtirish; ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda ta’limiy dastur va o‘quv jarayonini tashkillashtirish uslubiyotini o‘rganish; ijtimoiy ishning samaradorligi (nazariy uslubiy jihati) haqidagi bilimlarni boyitish.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar
-Talabalar “Inklyuziv ta’lim” faniga doir zarur nazariy bilimlarga, malaka va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi, Inklyuziv ta’limning fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, mazkur sohaga doir zamonaviy fanlarning samarali yondashuvlarini joriy qilishni;
-ijtimoiy ish fanining nazariy jihatdan shakllanishi, fanga doir bo‘lgan mahalliy va xorijiy tamoyillar haqida egallangan nazariy bilimni amaliy jihatdan kasbiy faoliyatda qo‘llashni;
-ijtimoiy faoliyatni tashkil qilishda ilmiy ijodiy va uslubiy jihatlarni bilishni, tadqiqot o‘tkazish metodlarini amaliyotga tadbiq etish haqida tasavvurga ega bo‘lishni;
-amaliy tavsiyalar, hisobotlar tuzishni hamda amaliyotda ilmiy tadqiqotlarning natijalarini qo‘llashni;
-zamonaviy axborot va boshqa texnologiyalarni amaliy jihatdan qo‘llashni;
-nazariyada egallagan bilimlarini amaliyotda tatbiq qila olishi va tahlil qilishni;
-muassasalarda ijtimoiy ish faoliyatini tashkillashtirishni;
-o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tekshirish ishlarining olib borilishi jarayonlarida kerakli zamonaviy vositalardan foydalana bilish tajribasi hamda malakalariga ega bo‘lishi zarur.

Download 238.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling