Cuprum Kipr o nomidan olingan, Si Mendeleyev davriy sistemasining


Download 51.33 Kb.
bet1/6
Sana21.04.2023
Hajmi51.33 Kb.
#1371625
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metal


1)Mis (lotincha: Cuprum — Kipr o. nomidan olingan), Si — Mendeleyev davriy sistemasining 1guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 29,atom massasi 63,546. Tabiiy Mis ikkita barkaror izotop 63Si(69,1%) va 65Si(30,9%)dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplardan 61Cu, MCu muhim[1].
Yer pustining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. Mis tarkibida baʼzan temir, kumush, kamdankam oltin boʻladi.
Mis yumshoq, chuziluvchan, bolgʻalanuvchan kizgʻish metall. Zichligi 8,96 g/m³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1083°, qaynash temperaturasi 2567°, Moos boʻyicha qattikligi 3,0. Mis issiklik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil bulgani uchun koʻkaradi. Mis birikmalarida +1 va +2 valentli boʻladi. Mis havoda qizdirilsa, avval mis (1)-oksid Si2O (377° gacha), soʻngra qora Mis — mis (P)-oksid SiO (377° dan yuqorida) hosil boʻladi. 
Misning tuzlari zaharli. Mis, asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, krtishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sunʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga karshi, teri (kun) sanoatida, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.
2)Titan (Titanum), Ti — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 22, atom massasi 47,88. Titan (unsur) oraliq metallarga kiradi. Titan (unsur) massa sonlari 46 (7,95%), 47(7,75%), 48(73,45%), 49(5,51%), 50(5,34%) boʻlgan 5 ta barqaror izotopdan iborat. Uning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari ham maʼlum. 1795-yilda nemis kimyogari Titan (unsur) Klaprot TiO2 (rutil) nomaʼlum elementning oksidi ekanligini aniklagan va oʻsha elementga Titan (unsur) nomini bergan [Titan (unsur) nomi yun. afsonasidagi titanlar — Uran (Osmon) va Geya (Yer)ning bolalari nomidan olingan]. 1925-yilda Niderlandiya olimlari VanArkel va de Bur titan (IV)yodidni choʻgʻ holatidagi volfram simda parchalash yuli bilan sof Titan (unsur)oldilar. Titan (unsur) Yer poʻstining massa jihatidan 0,57% ni tashkil qiladi. Titan (unsur) tabiatda titan (1U)oksid TYU2 (rutil, anataz, brukit), temir titanat (yoki ilmenit) FeTiO3, kaltsiy titanat (yoki peroskvit) CaTiO, holida uchraydi. Ilmenit koʻpincha magnetit bilan qoʻshilib FaTiO3 nFe3O4 tarkibli titan magnetitlar hosil qiladi. Bu mineral Titan (unsur)ning muhim rudalaridan.
Titan (unsur) poʻlat kabi yaltiroq qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1668±5°, qaynash temperaturasi 3227°, zichligi 4,51 g/sm3. Titan (unsur) mustahkam va plastik, oson bolgʻalanadi va yoyiladi (prokatlanadi), odatdagi temperaturada juda kuchsiz qaytaruvchi. Titan (unsur) sirtida oksid parda hosil boʻlganligidan korroziyaga bardoshliligi jihatidan zanglamas poʻlatdan ham ustun turadi. U havoda oksidlanmaydi, dengiz suvida zanglamaydi, agressiv kimyoviy muhitlarda ham oʻzgarmaydi. Titan (unsur) suyukdanish temperaturasida eng faol metallar qatoriga oʻtadi. Kizdirilganda deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Metallar bilan qattiq eritmalar va intermetalik birikmalar hosil qiladi. 600° dan yuqori temperaturada havo kislorodi bilan oksidlanib, Titan (unsur) (1U)oksid TYU2 ga oʻtadi. 700°dan yuqori temperaturada azot bilan Titan (unsur) nitrid TiN hosil qiladi. 300°dan yuqori temperaturada vodorod xlorid bilan reaksiyaga kirishib, Titan (unsur) (1U)xloridga aylanadi.
Metall xrlidagi Titan (unsur) ancha murakkab usulda olinadi. Avval Titan (unsur) (1U)oksid Titan (unsur) (GU)xloridga oʻtkaziladi. Soʻngra Titan (unsur) (1U)xloridni argon yoki geliy atmosferasida magniy yoki natriy bilan qaytarilib, metall Titan (unsur) olinadi. Sof Titan (unsur) esa Titan (unsur) (1U)yodidni parchalab hosil qilinadi. Sanoatda olinadigan Titan (unsur)ning asosiy qismi aviatsiya, raketa va kemasozlik texnikasiga zarur qotishmalar tayyorlash uchun ketadi. Titan (unsur)ning nikel va temir bilan hosil qilgan qotishmalari poʻlatga qoʻshiladi. Titan (unsur) zaharli emas. U oʻsimlik va hayvon organizmida doim boʻladi. Umurtqali hayvonlarning shox hosilalari, taloq, qalqonsimon bezlarida uchraydi. Kishi organizmiga bir kechakunduzda oziq moddalar va suv bilan 0,85 mg Titan (unsur) kiradi.
Titan birikmalari. Titan (unsur) (1U)oksid TiO2 — oq kukun, qizdirilganda och sariq tusga kiradi, sovitilganda rangi yoʻqoladi. Tabiatda 3 xil kristall: rutil, anataz, brukit shaklida uchraydi. Suyuqlanish temperaturasi 1850°, qaynash temperaturasi 3000° ga yaqin, zichligi 4,18— 4,25 g/sm3. Titan (unsur) (1U)oksid organik va suyultirilgan mineral kislotalarga, H2S va SO2 ga chidamli, ishqorlarda bir oz eriydi. Plastmassalar, sirlar, sunʼiy tolalar ishlab chiqarish.da, qogʻoz, rezina, charm, toʻqimachilik, metallurgiya va lokboʻyoq sanoatida qoʻllanadi.

Download 51.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling