Цзбекистон республикаси


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Texnika ijodkorligini amalga oshirishda keng foydalaniluvchi usullarni sanab 
bering. 
2. Texnik ijodkorlik faoliyatini bajarish asosiy bosqichlarining mazmunini 
tushuntirib bering.
3. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyogarlik besh darajasini ko‘rsatuvchi 
me’yoriy-ilmiy jihatlar. 
 
 


18 
3-mavzu: RESPUBLIKADA TEXNIK IJODKORLIKNING TAShKILIY 
ASOSLARI
REJA 
1. O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. 
2. Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
3. Sanoat mulki sub’ektining muallifi. 
4. O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk davlat fondi. 
 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi. O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat patent idorasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq sanoat mulki ob’ektlarini muhofaza 
qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patent idorasi sanoat mulk ob’ektlarga talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun 
qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasini o‘tkazadi, ularni 
davlat ro‘yxatiga oladi, ushbu Qonunning qo‘llanishiga oid qoidalar va 
tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan 
tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni 
bajaradi.
Patent idorasining faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlashning manbai Davlat 
byudjeti mablag‘idan patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan 
ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan materiallar uchun olinadigan haqdan 
iboratdir. 
Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish. Sanoat 
mulki ob’ektiga bo‘lgan huquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) 
huquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo‘ladi hamda ixtiro yoki sanoat namunasi 
patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi (patent, dastlabki patent, 
guvohnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi. 


19 
Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki 
ob’ektini yaratgan bo‘lsa, patent, dastlabki patent yoki guvohnomaga bo‘lgan 
huquq Patent idorasiga birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan shaxsga beriladi. 
Ob’ekt muallifi, basharti o‘zining ob’ektiga nisbatan g‘ayrihuquqiy 
ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan, yohud patent, 
dastlabki patent yoki guvohnoma olingan bo‘lsa sud tartibida patent, dastlabki 
patent yoki guvohnoma berilishiga norozilik bildirish yoki patent egasi yohud 
uning huquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida 
patent, dastlabki patent yoki guvohnoma o‘ziga berilishini talab qilish huquqiga 
egadir. 
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilganidan keyin, 
patent esa, ob’ekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng beriladi. 
Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentining 
haqiqiyligini va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan 
foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. 
Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini
patentining haqiqiyligini va patent egasining sanoat namunasiga egalik qilish, uni 
tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. 
Patentning huquqiy muhofazasi butunlay yoki qisman haqiqiy emasligini 
isbotlash vazifasi haqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi 
va sud tartibida amalga oshiriladi. 
Dastlabki patent va guvohnoma patent egasining sanoat mulki ob’ektiga 
egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini 
tasdiqlaydi. 
Patent egasining mutlaq huquqi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma 
haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan 
sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. 


20 
Ustuvorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 
namunalari to‘g‘risida» qonun qoidalariga muvofiq belgilanadigan boshqa 
sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat 
namunasi patenti esa o‘n yil mobaynida amal qiladi. 
Dastlabki patent va guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab hisoblanganda 
besh yil mobaynida amal qiladi. 
Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilish 
muddati patent egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha 
besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin. 
Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki ob’ekti patenti dastlabki 
patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra ob’ekt mohiyatan ekspertizadan 
o‘tkazilgadan so‘ng berilishi mumkin. 
Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan 
ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi ularning formulasi bilan, sanoat 
namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza 
hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim
alomatlari majmui yoki ularning kombinatsiyasi bilan belgilanadi. 
Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy 
jihatdan muhofaza qilish alohida qonunlar bilan tartibga solib boriladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling