D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


-mavzu. Sohada o’zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni


Download 316.39 Kb.
bet42/49
Sana21.10.2023
Hajmi316.39 Kb.
#1714531
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org

13-mavzu.


Sohada o’zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni


Reja:
1.Muloqat va uning turlari.

2.Muloqat shakllari va nutqiy faoliyat.

Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli

73
unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan. O‘zbek psixologiya fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”[1]. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.

Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.

“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov [2], L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi.

74

  1. Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot almashinishi sodir bo‘ladi.



  1. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi.



  1. Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok qilinayotgan


shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi.

«Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot almashinuvi».

    1. «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni».



    1. «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli».



    1. «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot olish».


Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» [3]. Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan:

— og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan);

— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan);

75
— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi,

«Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi);

— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish). Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi xabarlar jamiyatda axborot almashinuvining kichik bir

ulushini tashkil qiladi, qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan

amalga oshiriladi hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika,

intonatsiya, harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari,

buyumlar xizmat qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari axborotni ham makon, ham

zamon bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar

o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi

navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos

axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi.

Shaxnoza Rahimova,

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, «Axborot kutubxona tizimlari» kafedrasi assistenti Foydalangan adabiyotlar:

  1. Социологический энциклопедический словарь. В русском, английском, немецком, французском и чешском языках. Редактор – координатор – академик РАН Г.В.Осипов. – Москва: Издательская группа ИНФРА .


Москва: НОРМА, 1998. – С. 210.


  1. Ломов Б.Ф. Методологическиe и теорeтические проблемы психологии.


Москва, 1984, С.242-271.


  1. Винер Норберт Кибернетика и общество; Тайдекс Ко — , 2011. — С.



  1. Вебер М. О некоторых категориях понимающей социологии // Вебер М. Избранные произведения. Москва: Прогресс,1990.-C.49



  1. М.С.Коган. Человеческая деятельность : опыт систeмного анализа – Москва : Издательство политической литературы, 1974. – С.45



  1. М.С.Коган. Человеческая деятельность : опыт систeмного анализа – Москва : Издательство политической литeратуры, 1974. – С.46



  1. Каган М.С. Мир общения. Москва, 1988. – С. 143-146.





  1. Андреева, Г. М. Социальная психология: Учебник для высш. шк. — Москва:

Аспeкт-Прeсс, 1999. 375 с


  1. Соколов, А.В. Защита информации в распрeделенных корпоративных сетях и систeмах / А.В. Соколов, В.Ф. Шаньгин. — Москва: ДМК Пресс, 2017. – 656 с.


76


Download 316.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling