D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi
Download 316.39 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org
Tayanch so’z va iboralar: me’yor, me’yoriy ko’rinishlar, imlo, urg’u, talaffuz, tinish belgilari, leksik, grammatik, uslubiy, so’z turkumlarida me’yor, so’zlarning bog’lanish qonuniyatlari, boshqaruv, moslashuv, bitishuv, so’z tartibi, nutqiy kamchiliklar – og’zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar, varvarizmlar, dialektizmlar, vulgarizmlar,
jargonizmlar, orfografik va puntktuasion me’yorlar buzilishi. Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qul-langan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir. Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bo’lmagan. Demak me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega bo’ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, 70
Ammo o’zbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emas. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish uchun adabiy til me’yorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shug’ullanishimiz kerak. Xo’sh, me’yorni belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yo’llari tavsiya qilinadi. Ma’lum ma’noda bu ham ularning me’yorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir. Til elementlarining me’yorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik o’rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularning o’rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi. Ma’lum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi bilangina o’rnini bo’shatib berishi mumkin. Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik o’rtasidagi kurash va bu kurashda tildagi me’yoriy ko’rinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. O’zbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan o’sib chiqqan bo’lsa ham, unda mavjud bo’lgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy so’zlashuv tilidan, umuman xalq tilidan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili o’zbek tilida uchraydigan barcha elementlarni o’z ichiga oladi va ishlanmagan shaklda bo’ladi. Adabiy til esa undan o’zbek millati uchun tushunarli bo’lgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun me’yor sifatida tavsiya etadi. Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr san’ati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning ko’pgina yo’nalishlari bo’yicha qat’iy me’yorlar belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi ko’pgina munozarali masalalar o’zining nazariy asosiga qo’yildi. Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. 71
Millat manfaatiga va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan adabiy tilning o’ziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq qiluvchi jihati ko’p bo’lib, ular orasida me’yoriylik markaziy o’rinda turadi. O’zbek adabiy tilining o’zbek xalqi uchun umummajburiyligi, ko’pvazifaliligi va uslubiy tarmoqlanganligi kabi xususiyatlarning birontasi me’yoriyliksiz amalga oshmaydi. Aytilganlardan bir narsa anglashilayaptiki, tanlanish uchun variantlar bo’lishi lozim. Ammo variantlarning paydo bo’lishi til taraqqiyotida ma’lum vaqtning o’tishini taqozo qiladi. Demak ungacha, haqiqiy ma’noda me’yorlashgunga qadar til birliklari nutqda yana qandaydir bosqichlarni bosib o’tadi va tanlanish jarayoni tilning me’yorlashuvida keyingi bosqichlardan biri sanaladi. Download 316.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling