D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


Download 316.39 Kb.
bet36/49
Sana21.10.2023
Hajmi316.39 Kb.
#1714531
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org

Mavzu yuzasidan savollar:


1. Matnni o‘qing. Mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.


2.Ekologik muammolarning qanday guruhlarini bilasiz?


4.O’zbekiston hududida ularning qaysi turlari kuzatiladi?


5. Tabiat haqida xalq maqollaridan namunalar yozing.


9-mavzu.


Soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari. Reja:



  1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar.



    1. Mavzu tanlash.

Ilmiy tadqik,ot bilan shug‘ullanish mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim bo‘ lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga bag‘ishla ganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu imk oniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim.


  1. Ilmiy tadqihot olib borish uchun birlamchi shart chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim od atda o‘qisho‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy maktab da o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorin i oliy o‘k.uv yurtida umumta’lttm predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlash tirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘ z mustaqil meh — nati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tan —


lagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur. Bilim har bir yosh tadqiqotchida bor, lekin bu bilim —

ning mihyosi, chuhurlik darajasi har xil bo‘ladi. Bakalavr —

lik bosqichi talabasining bilimidan magistrlik bosqichi talabasining bilimi farq qiladi, ch unki magistrlik bosqichida o‘qitiladigan fanlar o‘z ilmiyligi bilan, hodi —

salarni chuqur tahlil qilishga qaratilgailigi bilan ajra —

lib turadi. Bu bosqichda endi darslik, o‘quv qo‘llanmalarida bayon qilingan ma’lumotlar yetarli bo‘lmay qou\adi. Magist —

rant o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-

metodik adabiyotni mustaqil mutolaa qilib, o‘z bilim saviyasini kengaytirishi va chuqurla shtirishi zarur, ayniqsa magistr —

lik dissertatsiyasi sifatida tanlangan mavzuning adabiyo —

57
tini har tomonlama sinchiklab o‘rganishi shart.

Har qanday ilmiy-

metodik adabiyotni mutolaa qilishda uni yozgan kishiing mehnatini qadrlash lozim. Siz h am yaqin kelajakda shunday asarlar yozasiz, bo‘lajak magistrantlar siz yozgan asarlarni o ‘qib, bilimini oshiradi va sizning mehnatingizni munosib qadrlaydi. Boshqalar yaratgan il miy

asarlarga yaxshi munosabatda bo‘lish olimlarga xos fazilat — lardan biri hisoblanadi. Yosh tadqiqotchi o‘zi tanlagan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni qancha ko‘p o‘rgansa, mav zu yuzasidan bilimi shuncha kengayadi va chuqurlashadi. Bunday asarlarni o‘rganish jara yonida ayni bir til hodisasining turlicha tushuntirilgani, ayni hodisaga turlicha yondashilg aniga duch kelish mumkin. Ilmda bunday holatning yuz berishi, hatto bir-

biriga zid fikrlarning o‘rtaga tashlanishi tabiiy deb qaraladi; yosh tadqiqotchi ham buni ta biiy hol deb qabul qilishi, hatto o‘zi uchun foydali ish deb bilishi lozim. Har xil talqinlarn ing qay darajada asosli, to‘g‘ri ekani haqida mulohaza yuri —

tishga, shu fikrlardan eng maqbulini tanlashga imkoniyat yaratiladi. Ko‘rinadiki, mavzug a xos ilmiy-metodik adabi —

yotlarni mutolaa qilish bilan faqat bilim boyitilib qolmay, ayni vaqtda fikrlash qobiliyati ham o‘stiriladi.

2. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur shartlardan biri —

mehnatsevarlik. Ilm qunt bilan uzluksiz mehnat qilishni talab qiladi. Ilmiy tadqiqot kishi ning ko‘p vaqtini egallab qo‘yadi, boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga vaqt oz qoladi. Ilm fidoyisigina bunga ko‘nikadi, havoyi kishi ilm dargohidan tezda surilib chiqib ketadi.

Muntazam ravishda astoydil qilingan mehpat albatta samarali yakunlanadi. Bundan ko‘p yillar ilgari bir yuqori kurs talabasi ilmiy ish bilan shug‘ullanmoqchi ekanini, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishpi iltimos qildi. O‘qishda o‘rtahol bo‘lgani uchun undan yaxshi ilmiy xo dim chiqmasligini aytdim. Mening bu qadar keskin fikrim talabaning ilmga intilishini so‘ ndirmay, aksincha, kuchaytiribdi. Ma’lum yillardan keyin o‘sha sobiq talaba Qo‘qon ped agogika institugi hovlisida menga salom berib o‘tib ketdi. Surishtirsam, u pedagogika fan lari nomzodi ilmiy darajasiga muyassar bo‘libdi, institugning yetakchi metodisti ekan. De mak, qunt bilan astoydil bajargan mehnati o‘z samarasini beribdi.

Yosh tadqiqotchi o‘zida mehnat intizomini tarbiyalashi va mehnat intizomiga qatiy rioya qilishi lozim. Ilmiy faoliyat bilan shutullanish kundalik zaruriyatga aylanishi darkor. Asli haqiqiy shoir she’r yozmasdan tura olmagani dek, haqiqiy olim ham ilmiy ijod bilan shug ‘ullanmasdan tura olmaydi.

Tadqiqotchi har kungi vaqtini reja bilan, o‘rinli sarflashga o‘rganishi lozim. Kun tartibi tu zib, har bir ishga zarur darajada vaqt ajratishi, bunda ilmiy ipt bilap shug‘ullanish uchun har kuni albatta maxsus vaqt Oelgplashm kerak. Agar ana shunday kun tartibiga muntaza m amal qmlib borilsa, qilingan mehnat samarali bo‘ladi, vaqt ham topiladi. "Umr — oqar daryo", —

deydilar. Bunda albatta vaqt nazarda tutiladi. Magistrlik bosqichiga belgilangan ikki yil ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadi. O‘tgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun vaqtdan albatta samarali, rejali foydalanish lozim.

58
3. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur shartlardan biri —

ilm bilan shug‘ullanish layoqatiga ega bo‘lish. Aql hammada bor, lekin o‘tkir aql qamma ga ham nasib qilavermaydi. Ilm bilan shug‘ullanish uchun albatta o‘tkir aqlga ega bo‘lish kerak, aks holda sarflangan ms'hnat behuda ketadi, samarasiz yakunlanadi. Aqlning o‘tki rligiga kuza — tuvchanlik, tajriba asosida erishiladi, natijada zehnlilik yuzaga keladi.

Ajoyib xotira sohibi sifatida. prof. Ayyub G‘ulomovni tilga olgim keldi. Bu kishi har qan day sharoitda falon fikr kim tomonidan qaysi asarida yoritilganini shu zahoti yoddan ayti b berar edi. Misol tarzida quyidagi voqeani koltiraman. Prof. Iristoy Qo‘chqortoyev meng a Ayyub akani znyorat qilib (U kishi anchadan beri kasal, fakultetga kel —

may qo‘ygan edilar), o‘zi nashr qildirgan o‘quv qo‘llanmasini sovga tarzida topshirmoqc hi ekanini aytdi. Ayyub akani ko‘rishga birga kirdim. Hol-

ahvol so‘rashdan keyin Iristoy kitob chiqarganini va sovg‘a tarzida olib kelganini aytdi. Ayyub aka kitobni yonlariga qo‘yib, bosh s.ilkib rahmat dedilar. Shundan keyin Iristoy: " Men bu kitobda falon fikrni olg‘a surdim", —

degan edi, juda madorsiz holatda o‘tirganiga qaramay, Ayyub aka shu zahotiyoq menga yer ostidan ko‘z qirini tashlab, "Shovkatvoy, bu fikrni falon kishi o‘ziping falon asarining falon qismida aytgan, ha" desalar bo‘ladimi?! Buni kutmagan Iristoy nima deyishini bil may qoldi. Og‘ir kasal, behol ekanliklariga qaramay, bu qadar mustahkam xotirani namo yish qilganlariga hayratlanmay bo‘ladimi?! Mustahkam xotira adabiyotlarda aytilgan fikrlarni oz vaqt va oz mehnat sarflab topishga sharoit hozirlaydi.

Mavzu tanlash

Mavzu tanlashga ilmiy ishning barcha turlarida o‘ga mas’uliyat bilan yondashish zarur, c hunki bajariladigan ishning samarali yakunlanishi ko‘p jihatdan mavzuning to‘g‘ri tanlan ganiga bog‘liq.

Mavzupi ko‘pincha o‘qituvchi tavsiya qiladi. Bu —

tabiiy, chunki o‘qituvchi, ayniqsa ko‘1t yillik ilmiy-pedagogik taj — ribasi bor o‘qituvchi o‘zi ilmiy tadqiqot olib borayotgan sohaning yutuq-kamchiliklarini yaxshi biladi, shundan kelib chiqib o‘z shogirdiga ijobiy natija bilan yaku nlanadigan mavzu tavsiya qila oladi.

Mavzu tanlashda shogird ham tashabbus ko‘rsatishi mum — kin. Universitetda tinglagan leksiyalari, bajargan amaliy mashg‘ulotlari, shu munosabat bilan o‘qib-o‘rgangan ilmiy-

metodik adabiyotlari talabada ma’lum bir hodisaga alohida qiziqish uyg‘atgan bo‘lishi m umkin. Ana shunday talaba ma’lum bir mavzu bo‘yicha ilmiy ish bajarish istagini bildirsa , bu istakni albatta qo‘llab-

quvvatlash darkor. Sharti shuki, mavzuni to‘g‘ri, o‘z imkoniyati darajasida tan — lagan bo‘lishi lozim.

Talabada qurbi yetmaydigan o‘ta murakkab mavzuni yori — tish ishtiyoqi kamdan-kam uchraydi. Ko‘p yillik ilmiy-

pedagogik faoliyatim mobaynida shunday holat bilan. bir martagina duch keldim. Tilnin

59
g pag^do bo‘lishi haqidagi nazariyalar bilan tanishgan va bu masala uzil-

kesil yechimini topmaganini tushungan talaba "Tilning paydo bo‘lishi" mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib bsrish istagini bildirdi. Bunday ulug‘vor istakni eshitib sevindim, masalani t o‘g‘ri tushunganini aytib, talabaning unglini ko‘tardim; keyin yotig‘i bilan bu masalani h al etishga juda ko‘p zabardast olimlar uringanini, lekin uzil-

kesil xulosaga kelinmaganini bildirib, yaxshisi tilning hozirgi taraqqiyot bosqichi bo‘yich a ilmiy ish olib borish samarali bo‘lishini tushun —

tirdim va bir mavzuni tavsiya qildim. Amalda shunday bo‘ldi ham, uning mehnatini, lay oqatini samarali ish bajarishga yo‘llaganimdan qoniqish hosil qildim.

O‘qituvchi shogirdiga mavzu tavsiya qilishda ushbu mavzuning o‘rganilish darajasi hazri da, qaiday masalalar ozmi- ko‘pmi hal etilgan-

u, qanday mnsalalar o‘z yechimini kutayotgani, bu mavzuni bajarish jarayonida. duch kel inadigan qiyinchiliklar haqida tushuncha beradi, shu bilan talabaning mavzuni to‘g‘ri tus hunib tanlashiga ko‘maklashadi.

Talaba o‘qish davomida qaysi kafedraga biriktirilsa, shu kafedrada tavsiya etish uchun ta yyorlangan mavzular ro‘yxati bilan tanishib, ulardan birini tashlashi ma’qul. Shu yo‘l bila n talaba kafedranpng ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga bog‘lanadi, keyinchalik shu a loqani yil dan yilga chuqurlash — tirib borishi mumkin bo‘lal,i.

Talaba qaysi kafedraga biriktirilgan bo‘lsa, uning ilmiy ishiga shu kafedraning o‘qituvchi si rahbarlik qiladi, demak, mavzu kafedraning a’zolari bajaradigan ilmiy yo‘nalish bo‘yic ha tavsiya qidinadi.

Ilmiy tadqiqot mavzusining o‘ta keng, o‘ta umumiy bo‘ —

lishi qoralanadi. Tanlangan mavzu mumkin qadar aniq maqsadli bo‘lishi kerak. Mavzuni bajarishdan kutiladigan natija iloji boricha mavzuning nomlanishida o‘z aksini topgani m a’qul. Dastlab ilmiy ishning nomi nisbatan shartli belgilanadi. Talaba mavzuga chuqur kir ib borgani — dan keyingina mavzuning nomi qat’iy tus oladi.

Mavzu hajman o‘ta tor bo‘lmasligi ham kerak. Mavzu o‘ta tor bo‘lsa, talaba yetarli faktik material to‘plashda qiynaladi; faktik materialning kambag‘alligi esa fikr yuritish imkoni yatini cheklab qo‘yadi.

Talabalarga tavsiya etish mumkin bo‘lgan bir qancha mav —

zularni "Ilmiy ish olib borish asoslari" nomi bilan chop etilgan o‘quv qo‘llanmasida (Tos hkent, 1988) ham aytib o‘tgan edim, bu mavzular bugungi kunda qam o‘z qiymatini yo‘q otgani yo‘q.

Xullas, mavzu tanlashda talaba (mavzu tavsiya kilishda rahbar) har tomonlama chukur o‘ ylab ish tutishi kerak, chunki olib boriladigan tadqiqotning samarali yakunlanishi avvalo mavzuning to‘g‘ri tanlanganiga bog‘liq.

60


Download 316.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling