Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja : Go’daklik yoshining psixik taraqqiyoti
Download 274.55 Kb.
|
Iroda
Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.R e j a :1.Go’daklik yoshining psixik taraqqiyoti.2.Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish3.Maktabgacha yosh davrda psixik taraqqiyot.4.Bolaning maktab ta’limiga psixologik tayyorligi muammosiMaktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o’sishi davom etadi. Bosh miya og’irligi 1350g-gacha yetadi, ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situasiyasi o’zgaradi. Bola tug`ilganidan maktabgacha bo`lgan davrda jismoniy va psixologik jihatdan juda tez o`sadi. Bu davrda bola ko`p jihatdan kattalarning doimiy va to`g`ri parvarishiga muhtoj bo`ladi. Bolaning kelgusida sog`lom bo`lishi va psixik jihatdan normal o`sishi uning shu davrda to`g`ri parvarish qilinishiga bog`liq.Yosh davrlari psixologiyasining maqsadi bola ta`lim-tarbiyasi bilan ish olib boruvchi har bir shaxs inson psixik taraqqiyotida har bir yosh davrining muhim xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan o`rganib,barkamol avlodni kamol toptirishda undan samarali foydalanishdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tatbiq qiladi; 4) kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Download 274.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling