Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja : Go’daklik yoshining psixik taraqqiyoti


Maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin


Download 274.55 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi274.55 Kb.
#1600508
1   2   3   4
Bog'liq
Iroda

Maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin.

  • Maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo’linmasa, unda o’jarlik vujudga kelishi mumkin.
  • Bola xulqida muayyan sharoitning ta’siri bilan paydo bo’lgan o’jarlik va nojo’ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o’zgarish ro’y berganini, endi unga uning hozirgi o’sish darajasini hisobga olib, munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko’zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o’z holicha ish tutishni cheklashlaridir.
  • Kattalar bolaning ra’yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o’z-o’zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning oldi olinadi.
  • Oila va bog’chada shaxslararo munosabatlar ilmiy asosga qurilib, oqilona qoidaga suyanilsa va pedagogik odob (nazokat) doirasidan chetga chiqilmasa, yuqorida aytilgan ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin emas.
  • O’jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi − bolaning kattalarga qaramlikdan qutulishga urinish va kichik maktabgacha yosh davridan maktabgacha davrga o’tishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni shaxsiy xatti-harakatni va “men o’zim”ni anglashning mahsuli tariqasida ro’yobga chiqish kutiladi.
  • D.B.Elkoninning fikricha, bolaning xohishi bilan bu xohishning harakatda ifodalanishi o’zaro mos tushmasligi, kattalar talabiga so’zsiz itoatkorlik uning istagini umumlashtirishga olib keladi, voyaga yetganlar talabiga mos emasligi sababli shunchaki xohish, qat’iy shaxsiy xohish darajasiga o’sib o’tadi. Odatda “Men xohlayman”, “O’zim bajaraman” kabi mustaqillikka intilish harakatlari xohishning kuchayishida o’z ifodasini topadi. Ana shu tariqa bola psixikasida xohishlarning o’zaro uzviy bog’lanishi, motivlar va ularning kurashi yuzaga kela boshlaydi.

Download 274.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling