Mumkin emas, qarshi turmasdan!


Download 9.1 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi9.1 Kb.
#1129217
Bog'liq
Monolog

Monolog


“Monolog” she’ri o'zbek adabiyotining yorqin vakili,asl millat farzandi Usmon Nosir qalamiga mansub eng go’zal she’rlar sirasiga kiradi.. She'r ilohiy tuyg'u-sevgi muhabbat haqida bo'lib shoir 1933-yil ayni o'smirlik davrida yozgan. Muallif she'rda muhabbat haqida o'zining ajoyib o'y-xayolllarini o'quvchi bilan baham ko'radi.
“Monolog she’ri barmoq vaznida yozilgan.Ishq-muhabbat jahon adabiyoti, tasviriy va qo'shiqchilik san'ati, musiqasining doimiy va hech qachon ohori to'kilmaydigan mavzusidir. Mashhur tatar shoiri Xodi Toqtash: "Muhabbat ul o'zi eski narsa, Lekin har bir yurak uni yong'orta (yangilaydi)", - degan edi. Zero, har bir inson balog'at yoshiga yetar ekan, uning qalbiga avval notanish bo'lgan ajib bir his -muhabbat hissi, albatta, mo'ralaydi. Insonning o'zi kabi inson go'zalligiga, latif chiroyiga,qalb xazinasiga bo'lgan qiziqishi bosh ko'taradi. Ikki yosh bir-birini ko'rgisi, ko'zlariga termilgisi, uzoq-uzoq suhbatlar qurgisi keladi. Odam bolasi sevgisi, sevilgisi keladi. Shoir nazdida, bu tuyg'u ne-ne insonlarni sarson-sargardon qildi. Ular orasida Petrarka va Sapfo ham, Tasso va Dante ham, Hamlet va Otello ham bor. Shoir:
Aqlidan ozganmi muhabbat?
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
der ekan, bu qudratli kuch, bu yengilmas his qarshisiga mardona chiqadi. Shu yerda shoir o'zi qarshi borayotgan hodisaning mohiyatiga aniqlik kiritadi. Zero, u umuman sevgi-muhabbatni emas, balki insonning shunday mo'tabar, nozik tuyg'ularini xo'rlagan, sevgining qo'llariga xanjar tutqazgan davrni qoralaydi:
Ki, odamning o'ziniginamas,
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman!.. Yuragimda hovur...
Bu - qarshilik! Yo'q! Gina emas.
Agar gap faqat sevgining o'zidagina bo'lsa edi, lirik qahramon gina-yu araz bilan cheklanishi mumkin edi. U alohida urg'u beradiki, "Bu - qarshilik! Yo'q! Gina emas!"... Shoir bu masala naqadar chigal, balki yechimsiz ekanini teran his qiladi. Ko'ngil ishi, ishq mojarosi "ikki karra ikki -to'rt" qabilida hal bo'lmasligini, bu masalada gunohkorni topish amrimahol ekanini yaxshi anglaydi.
Xulosa qilib aytganda, "Monolog" she'ri sevgi-muhabbat mavzusi mutlaqo yangi nuqtayi nazardan turib yoritilgan, talqin etilgan o'lmas asar hisoblanadi. Nafaqat u yozilgan payti, to hozirgacha ko'ngliga muhabbat hissi ingan yoshlar beixtiyor shu she'r misralarini eslaydilar, boshqaga eshittirmay pichirlaydilar. She'riyatning, Usmon Nosir poeziyasining kuchi, jozibasi, yuqumliligi" ham aynan mana shularda ko'rinadi.
Download 9.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling