Korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish mundarija: Kirish. Asosiy qism


Download 340.25 Kb.
bet1/6
Sana10.12.2020
Hajmi340.25 Kb.
#163789
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qimmatli qog'oz



KORPORATIV QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH

MUNDARIJA:

Kirish. ……………………………………………………………………..3

Asosiy qism

1. Korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini. ……………………………….


rivojlantirishning nazariy asoslari. ……………………………………….6

2. Korporativ qimmatli qog’ozlar bozori xolati taxlili. ………………….13

3. Korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini
rivojlantirishning birja mexanizmi taxlili( Toshkent RFB) misolida. ……19

4. O’zbekistonda korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini


rivojlantirishning istiqbollari. …………………………………………… 24

Xulosa. ………………………………………………………………….. 33

Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………………..... 34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda 2018-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.

To'g'ridan-to'g'ri xususiy investitsiyalarning hajmi 10,3 foizga o'sib, 4 milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi. O'tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko'p investitsiyalar yo'naltirildi. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig'i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi. 2014 yilda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo'lgan 154 ta yirik ob'ekt foydalanishga topshirildi.

Mazkur kurs ishida O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati, roli va funktsiyalarning taxlilini o'rganishga bag'ishlangan.

Kurs ishida O'zbekiston fond bozorining bozor munosabatlari shakllanish jarayonidagi xolat va rivojlanish istiqbollari ta'sir etuvchi omillar bilan birgalikda kompleks tarzda o'rganilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar aktsionerlik kapitalining rivojlanishi, moliya bozoridagi yangi qayta taqsimlovchi mexanizmlarning shakllanishi, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritish masalalari va uning iqtisodiyotagi rolini tadqiq qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O'zbekiston uchun xozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo'lgan iqtisodiyotning modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat o'sishini ta'minlash masalalarini hal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining rolini, bu borada uning bajaradigan funktsiyasini o'rganish ayniqsa muhim xisoblanadi.

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotda qimmatli qog'ozlar bozorining tutgan rolini aniqlash va funktsiyalarini bajarishini tahlilini amalga oshirishdan iborat bo'lib hisoblanadi.

Mazkur maqsadga erishishi uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:

- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyalarini o'rganish;

- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va roliga tavsif berish;

- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va roliga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qilish;

- ta'sir etuvchi omillar sharoitida qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi roli va funktsiyasi taxlilini amalga oshirish;

- qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va rolining istiqbollarini o'rganish;

- O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori funktsiyasi samaradorligini oshirish masalalarini ko'rib o'tish;

- O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori roli samaradorligini oshirish masalalariga baxo berish.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritishi va uning strukturasi muammolarini ko'plab xorijiy olimlar tomonidan o'rganilgan: G.J.Aleksander, R.A.Bril, S.L.Bryu, E.Bredli, D.V.Beyli, E.D.Dolan, K.R.Makkonnell, G.R.Mansuxani, R.Tyulz, U.F.Sharp, R.A.Shvarts va boshqalar. Xorijiy fond bozorlari tahlili bo'yicha tadqiqotlar va O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori faoliyat yuritishi borasidagi ishlar mahalliy olimlarimiz ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. Ular qatoriga M.Sharifxo'jaev, A.Vahobov, M.Angelidi, Sh.Shoxa'zamiy, I.Butikov, V.Kotov, A.Abduqodirov va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Kurs ishining metodologik va nazariy asoslari bo'lib, mahalliy va xorijiy olimlar – iqtisodchilarning amalga oshirgan ishlari, mutaxassislarning fond bozorini rivojlantirish borasidagi ishlanmalari va ilmiy maqolalari, O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi organlari va statistika organlarining hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, muallifning fond bozorining ko'rsatkichlariga asoslanib amalga oshirgan tadqiqotlari.

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Ishda asoslangan takliflar, xulosa va takliflar yaxlit samara keltirishga qaratilgan bo'lib, ularni fond bozori amaliyotida qo'llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish, investorlarni jalb etishda ularning risklarini kamaytirish, ularning iqtisodiyotga samaradorligini oshirish, qimmatli qog'ozlar bozorida axborot oshkoraligini ta'minlash, fond bozorida nazorat qiluvchi institular faoliyat yuritishini takomillashtirish shu jumladan, o'zini-o'zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar rolini oshirish, xorijiy investorlar uchun sharoitlarni yaratishda barcha tomonlarga inobatga olish, ularni respublika iqtisodiyoti uchun samaradorligini oshirish xisoblanadi.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


  1. Korporativ qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning nazariy asoslari

XX asrning iqtisodiy taraqqiyoti shuni to‘liq tasdiqladiki, faqat bozor iqtisodiyotigina xalq xo‘jaligi samaradorlik ko‘rsatkichlarining eng yuqori darajasini ta’minlaydi. Bozor mexanizmining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotning tovar – pul munosabatlari bilan qanchalik to‘liq qamrab olinganligiga bog‘liq. Bu tovar bozorlari bilan bir qatorda moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish zarurligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan aylanmasisiz amal qilishi mumkin emas.

Qimmatli qog‘ozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi. Har qanday bozor maqonini ikki qo‘tbga bo‘lish mumkin. Ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar – bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan va ularni saqlash hamda ko‘paytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa – yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamonalashtirish, kengaytirish, qayta ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha kapitalga muhtoj bo‘lgan bozor sub’ektlari turadi. Kapitalning iste’molchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin.

Mablag‘larni jalb etish maqsadida kapital iste’molchilari qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo–sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag‘ oladi. Kapital iste’molchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari (sarmoyadorlar) o‘rtasidagi munosabatlar qaytarilish, to‘lovlilik yoki mol–mulkka egalik qilish huquqini o‘tkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.

Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir–birlarini "topishlari" uchun ushbu jarayonda yordamchi bo‘lsada, ammo juda muhim rol o‘ynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona o‘zaro munosabatlarini ta’minlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi sub’ektlarning ancha murakkab muassasaviy (institutsional) tizimi zarur.

Qimmatli qog‘ozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi umumiy va maxsus tabaqalarga bo‘linadi. Umumiy infratuzilmani namoyon qiluvchi tashkilotlarga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan yoki murakkablashgan bo‘lar edi. Bo‘larga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari, notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sug‘urta kompaniyalari kiradi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan tuziladigan bitimlarga xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashuvchi vazifalarni bajarish uchun ularga qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalarning zarurati yo‘q. Ayni paytda bunday tashkilotlar davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sug‘urta kompaniyalari), Adliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial idoralar), Davlat matbuot qo‘mitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega bo‘lishni kerak.

Mazkur sub’ektlarning faoliyati ushbu holatda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilariga kredit–hisob–kitob xizmatlari ko‘rsatish, emitentlar hisobi va moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi hamda umumiy belgilangan me’yorlarga mos kelishini tasdiqlash, qimmatli qog‘ozlarning oldi–sotdisi, almashuvi, sovg‘a qilinishi shartnomalarini tasdiqlash, ular bilan bajariladigan operatsiyalarni sug‘urtalash, sarmoyadorlarni va fond boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxslarni bozordagi vaziyatdan xabardor qilish va hokazolardan iborat bo‘ladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (fond birjalari, tovar–xom ashyo, valyuta va boshqa birjalarning fond bo‘limlari) hamda investitsiya muassasalari maxsus infratuzilmani o‘zida namoyon qiladi.

Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (brokerlar–dilerlar), investitsiya maslaxatchilari, investitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar, qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob–kitob kliring palatalari, qimmatli qog‘ozlarning nominal egalari kiradi.

Sanab o‘tilgan tashkilotlardan har biri qimmatli qog‘ozlar bozorida qat’iy ixtisoslashgan faoliyat turini bajarishi lozim, shunga qaramay, ayrim faoliyat turlarining qo‘shilib ketishiga ruxsat etiladi. Mazkur tashkilotlar qimmatli qog‘ozlar bozorida birja faoliyatini ko‘rsatish yoki mamlakat fond bozori holatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan investitsiya muassasasi sifatida operatsiyalarni amalga oshirish uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi bo‘yicha bitimlar fond birjalarida va birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.

Birjalarda bevosita bozorlarga chiqarilmaydigan, xujjatlar bilan tasdiqlangan aniq sifat va miqdor xususiyatlariga hamda talab va taklif asosida belgilanadigan narxga ega bo‘lgan ayrim fond boyliklari sotiladi va harid qilinadi. Birjaga savdoda ishtirok etishni xoxlovchi barcha shaxslarga emas, faqat uning a’zosi bo‘lgan professional ishtirokchilarga ruxsat etiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolari har bir birja tomonidan maxsus ishlab chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi qonunchilikka qat’iy rioya etilishini, birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja savdolariga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumotlarning e’lon qilinishini, tuzilayotgan bitimlar to‘g‘risida axborotning oshkor etilishini va hokazolarni nazarda tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi. Birjada oddiy qimmatli qog‘ozlar bilan emas, faqat alohida talablarga javob beradigan qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi. An’anaviy tarzda fond birjasi – bu eng yaxshi qimmatli qog‘ozlarning bozoridir.

Qimmatli qog‘ozlar bozori murakkab va ko‘p qirralidir. Fond bozori haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo‘lish uchun uni tasniflovchi belgilar orqali har tomonlama ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Qo‘yida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek, O‘zbekistonda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz.

Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari.

Fond bozorini birlamchi va ikkilamchi bo‘laklarga ajratish amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega.

Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori – bu qimmatli qog‘ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni emitent yoki uning vaqili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlarning takroriy chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi.

Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotning oshkor etilishidir. Bunda emitent haqida to‘liq ma’lumotlar beriladigan emissiya risolaini yoki qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi.

Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni harid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imqoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq obuna shaklida – faqat tegishli davlat boshqaruvi idorasiga ma’lum qilgan holda qimmatli qog‘ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o‘rtasida joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori – bu ilgari chiqarilgan va hech bo‘lmaganda bir marta harid qilingan qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozordir.

Aynan qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorining rivojlanish darajasiga qarab, ushbu mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorining taraqqiy etish darajasi to‘g‘risida muloxaza yuritish mumkin. Ikkilamchi bozorning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri likvidlilik hisoblanadi. Bozorning likvidliligi – bu ma’lum yil oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib turgani holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori sur’atda aylanishini ta’minlash imqoniyatidir.

Fond boyliklari oldi–sotdisini amalga oshirishda savdo–sotiqning turli xildagi texnologiyalari qo‘llanishi mumkin. Odatda, texnologiyani tanlash fond bozorining u yoki bu segmentida qimmatli qog‘ozlar bilan bajariladigan operatsiyalarning tezkorligiga borliq. Bir mamlakatning o‘zida turli birjalarda va hatto bir birjaning o‘zidagi turli savdo maydonchalarida har xil turdagi texnologiyalardan foydalanilishi mumkin. Bu texnologiyalarning rivojlanishi va asta – sekin murakkablashib borishi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha birja va birjadan tashqari aylanmaning o‘sishi tamoyili hamda ularga savdolarning birja va birjadan tashqari tizimlari orkali xizmat ko‘rsatishni jadallashtirishning o‘sib borayotgan talablari bilan shartlanadi. Ularning eng ko‘p uchrab turadigan turlarini ko‘rib chiqamiz.

Tartibsiz savdo–sotiq (bozor) – qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar tuzishning xech qanday muayyan qoidalarisiz hamda qimmatli qog‘ozlar va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablarsiz erkin savdo–sotiqdir. Savdo–sotiqning bunday turi MDH mamlakaglari va O‘zbekistonda fond bozori rivojlanishining dastlabki bosqichida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Oddiy kimoshdi savdosi. Savdolar olib borishning bu usulida faqat haridorlar musobaqalashadi. Sotuvchilar to‘g‘ridan–to‘g‘ri raqobatlashish-maydi. Savdolar boshlanishidan oldin harid qilish va sotish uchun buyurtmalar yig‘iladi hamda buyurtmalar ro‘yxati (kotirovka varag‘i) tuziladi. Savdolar takliflar ro‘yxatining ochiqcha ketma–ketlik bilan e’lon qilinishi orkali amalga oshiriladi. Har bir aniq taklif bo‘yicha yangi narxlarning belgilanishi yo‘li bilan haridorlarning bahslashuvi ochiq kechadi. Boshlang‘ich narxni odatda sotuvchi belgilaydi.

So‘nggi narx – bu haridorlar tomonidan da’vogarlar raqobatlasha olmaydigan darajadagi ochiqcha taklif etilgan bahodir. Oddiy kimoshdi savdosi sobiq Ittifokning barcha birjalarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilishning eng keng tarkalgan usuli edi. 1991 yildan boshlab u O‘zbekistonda ham savdo–sotiqning ommabop usuliga aylandi. Hozirgi vaqtgacha bu usul "Toshkent" RFBda kompyuter tizimidan foydalanilgan holda qo‘llaniladi. Savdolarni o‘tkazishning bunday usuli uning barcha ishtirokchilari uchun aniq va tushunarlidir.

Gollandcha kimoshdi savdosi. Savdolarni o‘tkazishning mazkur usulida haridorlarning buyurtmalari oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan sirtdan ko‘rib chiqiladi.

Yagona rasmiy narx belgilanadi, bu narx harid qilish uchun tushgan buyurtmalarning nashrning bo‘tunlay sotilishi imqonini beruvchi (ajratilish narxi deb nomlanuvchi) eng past narxiga teng bo‘ladi (ya’ni ushbu narx va undan yuqori narxdagi buyurtmalarning summasi nashrni bo‘tunlay qoplaydi). Boshqa variantlar ham mavjud, unda buyurtmalar berilgan narxlar bilan qanoatlantiriladi, yoki barcha buyurtmalar o‘rtacha o‘lchangan narx bilan qondiriladi (bu narx ajratilish rasmiy narxidan yuqori). Shu tariqa nashr bo‘tunlay harid qilinadi.

O‘zbekistonda bunday usul davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining birlamchi joylashtirilishi bo‘yicha kimoshdi savdolarini o‘tazishda qo‘llaniladi, bunda kimoshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmlari quyidagicha:

- Respublika valyuta birjasi tomonidan haridorlar buyurtmalarining yig‘ilishi;

- buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga taqdim etish;

- Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan haridorlarning sirtki bahslashuvi va narxning pastki chegarasini belgilash (buyurtmalarining narxi ajratilish narxidan past bo‘lgan haridorlarni ajratib qo‘yish);

- buyurtmalarni qondirish.

Qo‘shaloq kimoshdi savdolari. Ular onkol bozorlari va o‘zluksiz kimoshdi savdolari bozorlariga bo‘linadi.

Savdo–sotiqning mazkur usullari Yevropa fond bozorlarida ishning ko‘shaloq tartibini tashkil etish uchun qo‘llaniladi: birja savdolari boshlangunga kadar hamda ularning ochilishi vaqtida onkol bozori tizimi bo‘yicha buyurtmalar jamg‘ariladi va qondiriladi, sungra esa, uzluksiz kimoshdi savdosi amalga kiradi.

Onkol bozorlari. Savdolarni olib borishning bunday usulida harid qilish haqida buyurtmalar va sotish uchun takliflar jamlanadi, ular so‘ngra narx takliflari, kelib tushish ketma–ketligi hamda miqdor bo‘yicha taqsimlanadi. Ko‘rsatilgan galma–gallikda buyurtmalar qanoatlantiriladi. Bir–biriga moc tushgan buyurtmalar qiyoslanadi. Belgilangan qoidalarga ko‘ra rasmiy kurs – buyurtmalar va takliflarning eng ko‘p miqdorini qanoatlantirish mumkin bo‘lgan narx belgilanadi.




  1. Korporativ qimmatli qog’ozlar bozori xolati taxlili

Biz avvalo bozor infrastrukturasi tushunchasini bilishimiz lozim. Bozor infrastrukturasi - bozor iqtisodiyoti uchun xar xil xizmat kursa-tuvchi sohalar unga banklar, shu jumladan tijorat banklari, birjalar, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar birjasi, auksionlar, savdo uylari (dukonlari), tashki savdo firmalari, davlatning tashki savdo maxkamalari, bojxonalari, soliq undiruvchi inspeksiyasi, tijorat va soxibkorlik idora-lari, vositachi firmalar, savdo-sotik uyushmalari, konsernlar, konsersiumlar va boshqalar kiradi. Qimmatli qog‘ozlar bozori esa umumiy bozorning bir qismidir.

Bugungi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori mustahkam infratuzilma asosida rivojlanmokda. Respublika viloyatlarida filiallar va bo‘limlari tarmo-i rivojlangan fond birjasi mavjud. Ularning tuzilishi respublika xududlarida qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzulmasini kengaytirish va rivojlantirishga xizmat kiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozori - moliya bozorining qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va muomalasi amalga oshiriladigan qismi bo‘lib, u orqali moliyaviy resurslar ortiqcha sohalarga qo‘yiladi. Sarmoyalarning foydali tarmoqlar va ishlab chiqarishga samarali o‘tish yaxshi tashkil etilgan fond bozoriga bog‘lik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Fond bozorini, ayniksa, ikkilamchi bozorni jadal rivojlantirishga fond bozorida ishtirok etishga jalb kilishga aloxida e’tibor berish zarur. Respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozori davlat tashabbusi va kullab kuvvatlash asosida shakllantirilmokda. Davlat uning uzoq muddatli rivojlanish siyosatini ishlab chiqmokda. Investorlar huquqlarini muxofaza kilishning qonuniy va institutsional bazasini yaratmokda.

Bozor ishtirokchilari bilan birgalikda infratuzilmani moliyaviy xatarlar kamayishini ta’minlovchi nazorat tizimini shakllantirmokda. Ushbu maqsadlar uchun pul va moddiy resurslar yunaltirilmokda. Investitsion institutlarni kullab kuvvatlagan xolda, ularga xukukiy va axborot muxitining umumiyligini ta’minlamokda.

Xozirgi paytda fond bozorimizning huquqiy qonuniy, me’yoriy bazasi va muayyan infratuzilmasi yaratilgan. Investitsiya instituti deganda bevosita qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tushuniladi. Ularni qimmatli qog‘ozlar (moliyaviy aktivlar) bozori “professionali” deb xam yuritiladi.

Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya institutlarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin:

• moliya brokeri va dileri (investitsiya vositachisi);

• investitsiya maslahatchisi;

• investitsiya fondi;

• boshqaruvchi kompaniya;

• depozitariy;

• hisob-kitob kliring palatasi (tashkiloti);

• qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrini saqlovchi;

• qimmatli qog‘ozlarni nomini saqlovchi va boshqalar.

Investitsiya institutlari xar kanday tashkiliy huquqiy shaklda tuzilishi mumkin. Faqatgina ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan investitsiya fondi bundan mustasno. Investitsiya institutlarini tashkil etish, ularning faoliyat ko‘rsatishlari va ularni tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun xujjatlarida belgilab qo‘yiladi.

Emitentlar va investorlar uz manfaatlarini kuzlab qimmatli qog‘ozlar bozori professionallariga (investitsiya muassasalariga) murojat kiladilar. Ya’ni emitentlar uzlari chiqargan qimmatli qog‘ozlarni kiska muddat ichida va kimmatrok sotish maqsadida bo‘ladilar. Investorlar esa ishonchli, sifatli, yuqori daromadli va tavakkallik xavf-xatari darajasi kam bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish istagida bo‘ladilar. Investitsiya institutlari uz faoliyatlarini faqatgina O‘zbekiston Respublika Moliya vazirligining maxsus litsenziyasini olgan takdirdagina boshlashlari mumkin. Litsenziya quyidagi faoliyatlarning bittasiga yoki ikki - uchtasiga berilishi mumkin.

• moliyaviy broker (vositachi);

• investitsiya kompaniyasi;

Investitsiya kompaniyasi fond birjasi orqali moliyaviy brokerlik faoliyatini bajargandagina birinchi va uchinchi faoliyatini birlashtirishga ruxsat etiladi. Yirik brokerlik idoralarining xizmatlari uchun rivojlangan davlatlarda xaq to‘lash tizimi joriy qilingan. Banklardan tashqari birorta jismoniy yoki yuridik shaxs uzining mablag‘i hisobidan yoki uchinchi shaxs topshirig‘i bilan qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatishga xaqli emas. Buning uchun ular Markazning ya’ni qimmatli qog‘ozlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat kilish markazi litsenziyasini olishlari shart.

Investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatishlari uchun quyidagi shartlar talab kilinadi:

• qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini bajarish bo‘yicha Markazning litsen-ziyasi;

• to‘la shtatda ishlayotgan, qimmatli qog‘ozlar bilan ishlash huquqini beruvchi malaka attestatsiyasiga ega bo‘lgan mutaxassisning mavjudligi.

faqat malaka attestati bor shaxsgina investitsiya institutlari nomidan faoliyat ko‘rsatishga xaqlidir. Hozirgi kun holatiga 322 ta investitsion institut faoliyat yuritib kelmoqda

Yuqorida keltirib o‘tilgan investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini tashkil etadi

O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozori qatnashchilarini, qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozori umumiy modeliga asoslangan holda 3 guruhga bo‘lishimiz mumkin.

1. guruhga: Investor sotib oluvchi, investor sotib oluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi broker sotib oluvchi, investor sotuvchi, investor sotuvchiga xizmat ko‘rsatuvchi broker sotuvchi, o‘zfaoliyat yo‘nalishida ham investor, ham broker sifatida namoyon bqluvchi dilerlar sotib oluvchi va dilerlar sotuvchi, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi va sotuvchi shaxslar hisoblanadi.

2. guruhga: Bozorni tartibga soluvchi organlarga: qimmatli qog‘ozlar bozorini nazorat qilish va tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi davlat organi, depozit sertifikatlari va veksellar bo‘yichaMarkaziy bank, Davlat Xazina majburiyatlari bo‘yichaMoliya vazirligi tashkil etadi.



3. guruhga: Bozorga xizmat qiluvchi organlarga: sotib oluvchi investor va Broker banki, sotib oluvchi dillerlar banki, sotuvchi investor va brokerlar banki, sotuvchi diperlar banki. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi pul oqimlarini boshqarish bo‘yichahisob kliring palatasi va unga xizmat qiluvchi bank, Markaziy va ikkilamchi depazitariylar faoliyati, Respublika fond birjasi va uning mintaqaviy bo‘linmalari bo‘lib hisoblanadi.

1-rasm. Komissioner shartnomasi

Investor xoh u sotuvchi bo‘lsin, xoh u sotib oluvchi bo‘lsin, baribir u uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zbrokeri bilan yuzma-yuz bo‘ladi va ular ikki xil shartnoma, komissioner va topmiring shartnomalari asosida ish olib borishadi. Bu shartnomalarning farqi shundan iboratki, topshiriq shartnomasida, shartnomada investor nomidan, investor hisobidan, ishonch qog‘ozi orqali broker o‘zish faoliyatini yurg‘izadi. Bunda investor xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan tug‘ridan-tug‘ri bog‘lanadi.

Komissioner shartnomada. esa broker investor hisobidan va o‘znomidan ish olib boradi. Bunda investor xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan broker orqali ish ko‘radi.



Topshirik shartnomasi asosida bitimlarni amalga oshirilishini quydagi sxemada ko‘rishimiz mumkin.

2-rasm. Topshiriq shartnomasi



3-rasm. Investor, broker, xisob-kliring banklari o‘rtasidagi



Download 340.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling