5-mavzu. Terminlarning yasalishi
Reja:
1.Terminlarning struktur tuzilishi.
Sodda terminlarning xususiyatlari.
Yasama terminlar.
Qo’shma terminlar.
Birikmali terminlar.
Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi affikslarning bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab, avtomat (harbiy); panjara, shpal, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik).
Sodda terminlar ikki guruhga bo‘linadi:
Tub terminlar – yolg‘iz o‘zakdan hosil bo‘lgan terminlar: bola, jiyan, tog‘a (qarindoshlik); mebel, go‘sha, eshik (yog‘ochsozlik); jarima, huquq, jazo (yuridik).
Yasama terminlar – tub terminlarga biror yasovchi affiksning qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan terminlar: mebelsozlik,
duradgorlik (yog‘ochsozlik); dalolatchi, jinoyatchi (yuridik).
Qo‘shma termin - ikki va undan ortiq sodda terminlarning birikuvidan tuzilgan terminlar.
Qo‘shma terminlar ham qo‘shma so‘zlar kabi o‘z qatlam so‘zlaridan, boshqa til materiallaridan hamda har ikkala manbaning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi. O‘zbek tili materiallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma terminlar asosan umumiste’moldagi tayyor qo‘shma so‘zlarning ilmiy termin yoki nomen sifatida terminologik tizimlarga qabul qilinishi mahsulidir. Bunday ikki planda qo‘llanuvchi leksik birliklar ko‘proq xalq tili bilan bog‘liq holda rivojlangan terminologik sistemalarda tez-tez uchraydi. Shuningdek, o‘z tilimiz materiallaridan tuzilgan qo‘shma terminlar ayni ruscha terminlarni to‘liq kalkalash jarayonida ham yuzaga
keladi1.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |