«Zoologik termin + zoologik termin» yoki «zoologik leksema + anatomik leksema» qolipli terminlar: kapalakqanot, mushukquyruq, sigirquyruq, otquloq, bo‘tako‘z, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, cho‘chqayol.
«Zoologik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: baqajo‘xori, baqaterak, baqayaproq va b.
41
«Zoologik termin + boshqa soha termini yoki oddiy leksema» qolipli botanik terminlar: pashshaqopqon, to‘ng‘iztaroq, qushqo‘nmas, pashshaqo‘nmas va boshqalar.
«Botanik termin + botanik termin» qolipli botanik terminlar: gulkara.
Keltirilgan botanik terminlardan ma’lumki, zoologiya sohasiga oid terminning qaysidir xususiyati o‘simliklarda mavjud bo‘lganligi bois zootermin bilan birga ifodalanadi7.
Tayanch tushunchalar: struktur tuzilish, sodda, qo‘shma, murakkab va birikma terminlar, yasama, morfologik usul, sintaktik usul, semantik usul.
1.
Yig‘iq birikmalar. Bular ikki komponentli birikmalardir: yog‘och to‘qmoq, kitob tokchasi, taxta pol, qo‘yim qoldirish (yog‘ochsozlik); odil sudlov, sud taftishi (yuridik).
2.
Yoyiq birikmalar. Bular uch va undan ortiq mustaqil leksemalardan tarkib topadi: a) uch komponentli biriikmalar: tob tashlab qiyshaytirish, bo‘ylama tob tashlash (yog‘ochsozlik); b) to‘rt komponentli biriikmalar: “qaldirg‘och quyruq” tiroqli birikmalar, dasta bet bog‘lash usuli (yog‘ochsozlik); s) besh komponentli biriikmalar: uzunasiga qirquvchi disk arrali stanok (yog‘ochsozlik); d) olti komponentli biriikmalar: markazlar yordamida silindrik sirtlarni xomaki yo‘nish (yog‘ochsozlik).
Birikma
|
terminlar
|
|
quyidagi
|
modellarda
|
yasaladi:
|
|
|
|
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |