D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Dissimilyatsiya. (Eslab qoling)
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
Dissimilyatsiya. (Eslab qoling).
Leksema nomemasi tarkibidagi ma’lum belgisiga ko‘ra ikki o‘xshash undosh tovushning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli o‘xshash belgilarning yo‘qotilishi dissimilyatsiya hodisasini keltirib chiqaradi. Bunday hodisaning ro‘y berishi esa leksema nomemasining og‘zaki so‘zlashuvga xos variantining hosil bo‘lishiga olib keladi. Masalan, biror leksemasi tarkibidagi ikkita r undoshi titroqlik umumiy belgisiga ega bo‘lganligi tufayli, ikkinchi undosh burun tovushga almashinadi. Natijada bir leksemaning biror va biron variantlari paydo bo‘ladi. Shuningdek, mo‘may leksemasidagi ikki bir xil undoshning birinchisi lab undoshlik belgisini yo‘qotib, til oldi undoshiga aylanib, talaffuz qulayligini hosil qiladi. Buning natijasida bir leksemaning mo‘may va no‘may variantlari vujudga keladi. Dissimilyatsiyaga uchrashi uchun ikkita bir xil undoshning bo‘lishi shart emas. Ma’lum bir belgisi bilan o‘xshash bo‘lgan ikki undosh ham dissimilyatsiyaga ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, mabodo leksemasidagi m va b undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligidan, nutqiy jarayonda talaffuz qulayligini ta’minlash maqsadida birinchi undosh til oldi sonor undoshga almashtiriladi. Leksema nomemasi tarkibidagi ma’lum belgisiga ko‘ra ikki o‘xshash undosh tovushning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli o‘xshash belgilarning yo‘qotilishi dissimilyatsiya hodisasini keltirib chiqaradi. Bunday hodisaning ro‘y berishi esa leksema nomemasining og‘zaki so‘zlashuvga xos variantining hosil bo‘lishiga olib keladi. Masalan, biror leksemasi tarkibidagi ikkita r 1 Фазилов Э. Староузбекский язык. I. -С.601. 2 Джураев Б. Шахрисабский говор узбекского языка. -С.57. 3 Бабаниязов Х.Б. Фонетико-морфологические особенности кипчакских говоров южного хорезма. Автореф.дисс…канд.филол.наук. Ташкент,1966. -С.16 89 undoshi titroqlik umumiy belgisiga ega bo‘lganligi tufayli, ikkinchi undosh burun tovushga almashinadi. Natijada bir leksemaning biror va biron variantlari paydo bo‘ladi. Dissimilyatsiyaga uchrashi uchun ikkita bir xil undoshning bo‘lishi shart emas. Ma’lum bir belgisi bilan o‘xshash bo‘lgan ikki undosh ham dissimilyatsiyaga ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, mabodo leksemasidagi m va b undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligidan, nutqiy jarayonda talaffuz qulayligini ta’minlash maqsadida birinchi undosh til oldi sonor undoshga almashtiriladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling