D avl a t by ud jeti


Download 159.34 Kb.
bet2/8
Sana15.02.2023
Hajmi159.34 Kb.
#1202779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MAVZU. “DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH

Fanni oqitishdan maqsad – talabalarda davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni, uquv va ko’nikmalarni shakllantirish va chuqurlashtirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifasi – talabalarning davlat byudjeti
borasida nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, moliyaviy- iqtisodiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvi hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va
malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

      • davlat byudjetining mohiyati, zarurligi va funksiyalari, byudjet tizimi, byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi va byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi, byudjet daromadlarining shakllanish manbalari, byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasidagi byudjetlararo munosabat- larning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega bo’lishi;

      • davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat byudjeti holatini baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbolini belgilash asoslarini, byudjet jarayonining tashkil etilishi va o’ziga xos xususiyatlarini, O’zbekiston Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g’azna

ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

      • byudjet ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini tuzish, byudjet ijrosi yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, byudjet mablag’lari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet tashkilotlari smetalari ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo’yicha konikmalarga ega bo’lishi;

      • davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-me‘yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish bo’yicha malakalarga ega bolishi kerak.


  1. Download 159.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling