D avl a t by ud jeti


Download 159.34 Kb.
bet1/8
Sana15.02.2023
Hajmi159.34 Kb.
#1202779
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MAVZU. “DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH

DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH


REJA:

  1. Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari

2. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari

  1. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa boginlari bilan ozaro munosabatlari




  1. Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi, maqsadi va vazifalari

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va liberallashtirish sharoitida davlat moliyasi va uning muhim tarkibiy qismi bo’lgan davlat byudjeti alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjeti davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy- moliyaviy asosini tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi.
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o’rin egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o’sishni ta‘minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to’liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o’rganish har qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasini boshqarish tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislardan byudjet munosabatlarini to’g’ri va samarali tashkil etish mexanizmlarini puxta bilish va ularni amaliyotda to’g’ri qo’llay olish talab etiladi. Shu sababli bakalavriatning bir qator ta‘lim yo’nalishlari o’quv rejasiga ―Davlat byudjeti‖ nomli fan kiritilgan bo’lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solish va davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishdagi ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar tamoyillari, byudjet daromadlari va xarajatlari tizimining amal qilish mexanizmlari, byudjet jarayoni va byudjet nazoratini
tashkil qilish, xorijiy davlatlar byudjet tizimi va byudjet jarayonini tashkil etish masalalari qamrab olingan.
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bevosita davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan kelib chiqadi. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni, ijtimoiy sohalar va tarmoqlar faoliyatini moliyaviy mablag’lar bilan ta‘minlashda davlat byudjeti asosiy moliyaviy manba bo’lib xizmat qiladi. Davlat byudjetini boshqarish va taribga solishda, mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda, har bir davrning ustuvor taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning boshqa iqtisodiy dastaklari qatori davlat byudjeti ham muhim ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat byudjeti amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda qo’llash bilan ta‘minlanadi.
―Davlat byudjeti‖ fanini o’zlashtirish uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot- pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, amaliy topshiriqlar va keyslardan foydalaniladi.
Ma‘ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitishning interaktiv usullari(vizual, muammoli, mualliflik ma‘ruzalari, ikki tomonlama tahlil, insert, klaster, ―Venn diagrammasi‖ va boshqalar)dan foydalanish mumkin. Fan o’qituvchisi tomonidan pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida ―Davlat byudjeti‖ fani o’quv mashg’ulotlarining loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg’ulotlarda muammoni jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys-stadi (muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o’rganish) kabi usullar qo’llaniladi, amaliy topshiriqlar, mashqlar, masalalar yechiladi, tahliliy ishlar bajariladi.
―Davlat byudjeti‖ fanining o’rganish predmetini davlatning markazlashgan pul fondi bo’lgan davlat byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil qiladi. Bu munosabatlar kopqirraliligi, davlat boshqaruvining turli darajalarida (mamlakat miqyosida, hududiy va mahalliy darajada) sodir bo’lishi, subyektlarning ko’pligi hamda barcha jamiyat a‘zolari va aholining turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlari bilan kesishishi bilan xarakterlanadi.

Download 159.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling