D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet36/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

1-bosqich. Tashkiliy (2 daqiqagacha)
Maqsad: bolalarni muvaffaqiyatli ishlashini tashkil etish. AKT vositalari bilan faoliyatning asosiy ko’rinishi: slaydlar ko’rsatish.
2-bosqich. Uy vazifasini tekshirish. Ilgari o’rganilgan materiallar takrorlash.
Maqsad: avval olingan bilimlarni mustahkamlash. AKT vositalari bilan faoliyatning asosiy ko’rinishi: namoyish, nazoratli (10 gacha), taqdimot himoyasi.
3-bosqich. Yangi bilimlarni egallash bosqichi.
Maqsad: bilimlarni qabul qilish, tushunish va dastlabki yodga olish (15-20 daqiqa). AKT vositalari bilan faoliyatning asosiy ko’rinishi: taqdimot, suhbat, Internetga chiqish (qo’shimcha axborot olish), chizmani tuzish.
4-bosqich. O’rganilgan materialni tushunganlikni tekshirish (3-5 daqiqa)
Maqsad: olingan bilimlarni o’zlashtirilishini tekshirish. AKT vositalari bilan faoliyatning asosiy ko’rinishi: namoyish, savollarga javoblar.
5-bosqich. Olingan bilimlarni mustahkamlash (10-15 daqiqa)
Maqsad: olingan bilimlarni mustahkamlash, ularni qo’llash ko’nikmalarini ishlab chiqarishni boshlash. AKT vositalari bilan faoliyatning asosiy ko’rinishi: test nazorati.
6-bosqich. Yakun yasash, uyga vazifa bo’yicha e’lon.
Maqsad: yakun yasash, uyga vazifa bilan tanishtirish.
16. AKTni foydalanish ko’pincha o’qitishning samaradorligini oshiradi. AKTni darslarda foydalanish ko’p ijobiy tomonlarga ega bo’lishiga qaramay uning salbiy tomonlari ham mavjud.
1-misol. AKTni maktablarda foydalanishning eng unumlisi-taqdimotdir. Taqdimot yaxshi ko’rinishi uchun sinf qorong’ilatilishi zarur. Demak, barcha darslar mobaynida o’qituvchi va o’quvchilar sun’iy yorug’likda o’tirishadi.
Slayddagi axborot bilan ishlashda ko’z zo’riqadi. Qancha ko’p slayd bo’lsa, ko’zning zo’riqishi shunchalar ko’p bo’ladi.
O’quvchilar materiallarni slayddan ko’chirib olishadi, demak tartib buziladi.
O’quvchilar materiallarni slayddan ko’chirib olishayotganda o’qituvchining tushuntirishlariga befarqlik hosil bo’ladi.
2-misol. O’quvchilar Internetdan biror materialni yuklab olishgandan keyin, ushbu materiallarni o’ylab ko’rish, o’zining fikrini aytish kamayadi. Huddi ushbu axborot to’liqdek. Materialnig ko’pligi nternetda ishlash jarayonini ko’paytirib yuborishi ham mumkin.
3-misol. O’quvchi kompyuterda turli-tuman dasturlar bilan ishlaydi deylik. Lekin, o’quvchi kompyuter oldida qancha o’tirishi kerak?! Bu ham muhim masalalardan hisoblanadi.
17. AKT foydalanishda o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda kompyuterda uzluksiz ishlash vaqti qo’yidagicha bo’lish kerak:
- 1 – sinf o’quvchilari uchun – 10 daqiqa,
- 2-5 – sinf o’quvchilari uchun – 15 daqiqa,
- 6-7 – sinf o’quvchilari uchun – 20 daqiqa,
- 8-9 – sinf o’quvchilari uchun – 25 daqiqa,
- KHK va AL o’quvchilari uchun birinchi o’quv mashg’ulotida 30 daqiqa, ikkinchisida – 20 daqiqa.
Agar bir predmetda AKT qo’llash haqida gap borsa – bu juda yaxshi. Lekin, u barcha predmetlarga tarqalgan bo’lsa, u holda uni foydalanish vaqtini o’ylab ko’rish lozim.
18. AKT ni qo’llashni muammolari. Asosiy qiyinchilik o’quv materialini izlash va tayyorlash hisoblanadi. Tayyor disklardan foydalanish to’g’ri kelmaydi, chunki har bir o’qituvchining o’z uslubi mavjud. Bu vaziyatdan chiqish yo’llaridan biri o’qituvchi tomonidan alohida mavzuli modullar, tarkibiy qismlar ko’rinishida alohida fayllarda (jpg, txt, html, avi, mp3, gif i dr.) ishlab chiqishdir. Ular o’qituvchi uchun materiallarning elektron kutubxonasini, ya’ni mediatekasini tashkil etishda az qotishi mumkin.
19. Turli fanlarni o’qitishda AKT ni foydalanishni mos texnik bazasiz, dasturiy ta’minotsiz va Internetga ulanmasdan hamda o’qituvchining kompyuterda etarlicha darajada ishlash ko’nikmasisiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Shunday qilib, kompyuterni foydalanish – darsda ishni tashkil etishning maqbul sharoitini yaratishni yirik vositasidir, lekin u maqsadga muvofiq va uslubiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Uni faqat pedagogik samara bo’lgan taqdirdagina foydalanish zarur. Faqat vaqt talabi deb foydalanish, kerak deb hisoblash kerak emas.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling