O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiris vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 17.82 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi17.82 Kb.
#1645682
Bog'liq
rahbar xulosasi,Jumayeva G.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRIS VAZIRLIGI MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Jumayeva Gulbahor Akram qizining “O’zbek tarixiy romanlarining elektron kutubxonasini yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
RAHBAR XULOSASI
Tarixiy romanlarni turli yoshdagi kitobxonlar juda yaxshi ko'rishadi, chunki bu janr o'tmishdagi xatolar haqida zerikarli hujjatli uslubda emas, balki badiiy rivoyat orqali ma'lum bir fikrga ega bo'lishga imkon beradi.
Elektron kutubxonalar jahon va mamlakatimiz axborot infratuzilmasida dasturiy-texnik va telekommunikatsion vositalarning keskin rivojlanish oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinchi tomondan axborot texnologiyalarining rivojlanishi, avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlaridan (AAKT) foydalanuvchi ana'naviy kutubxonalar ishi texnologiyasining jiddiy o'zgarishiga olib keldi.
Jumayeva Gulbahorning bitiruv malakaviy ishi O’zbek tarixiy romanlarining elektron kutubxonasini yaratishga bag’ishlangan. O’tmishsiz kelajak yoq deganlariday har bir odam o’z tarixiga ega bo’lsa kelajagi buyuk inson bo’lib yetishadi. Tarixiy romanlarimizda bizning o’tmishimiz yaqqol va chiroyli tasvirlangan. Bugungi texnika, texnologiya asrida Yurtimizda barcha tarmoqlar, jumladan kutubxona tarmog’i ham elektronlashtrilmoqda. Bu esa aholi uchun qulayliklar yaratmoqda. Hozirda barcha kitobxonlarimiz o’zi xoxlagan adabiyotlarni qiynalmay topishlari mumkin. Tarixiy romanlarga bo’lgan qiziqish qanchalik kuchli bo’lsa, xuddi shunday tarixiy romanlarning elektron kutubxonasiga bo’gan talab shunchalik kuchli bo’ladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun qo’yilgan vazifalar:

  • O’zbek tarixiy romanlarinig elektron kitoblarini(resurslarini) yig’ish;

  • Mavjud bo’lgan elektron kutubxonalar bilan tanishish;

  • Jahon elektron kutubxonalarini tahlil qilish;

  • Mavjud bo’lgan texnologiyalarga tayangan holda tarixiy romanlar elektron kutubxonasini yaratish;

Mazkur tadqiqot ishi kirish, asosiy uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo’lib, tadqiqotchi yuqoridagi ushbu vazifalarni bajargan.
Bitiruv malakaviy ishining natijalardan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan avtomatlashtirilgan arxiv tizimlarida foydalanuvchilarga yanada qulayliklar yaratish, arxiv xizmat sifatini oshirish, nafaqat kitobxonlar balki kutubxonachilarning vaqtini tejash hamda ish unumdorligini oshirish maqsadga muvofiq. Bitiruv malakaviy ishi muallifi Jumayeva Gulbahorni “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” mutaxassisligi bo’yicha bakalavr darajasini olishga munosib deb hisoblayman.

Bilim AKM direkroti: _____________________
Download 17.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling