D. B. Elkonin esa o’quv faoliyatining xususiyatlarini kuzatib, mohiyatiga, mazmuniga va o’zini namoyon bulish shakliga ko’ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi


Ushbu nazariyada ta'lim uchta asosiy turlarga ajratiladi


Download 36.52 Kb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi36.52 Kb.
#1393598
1   2   3   4
Bog'liq
19 VARIANT Abdusamig\'ova Shaxrizoda 201 guruh

Ushbu nazariyada ta'lim uchta asosiy turlarga ajratiladi:
- birinchi turda - xatti-harakatlarni o’zlashtirish xatolar bilan kyechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta'lim oluvchi ta'limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi;
- ikkinchi turda materialni nisbatan dadil va to`la tushunilishi va material bilan bog`liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
- uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o’zlashtirilishini ta'minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi uquvchilarni ilmiy tushunchalarni o’zlashtirilishini targ`ib qiladi. Bunda uquvchilar tomonidan ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini o’zlashtirilishi lozim bo’lib, bu o’z o’rnida xususiydan umumiy bilimlarga utilishni ta'minlaydi.
Qator nazariyalar muammoli ta'lim bilan bog`liq bo’lib, L.V.Zankov va A.M.Matushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta`limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta'limning psixolik asoslari muammosi ko’pgina masalalarni qamrab oladi. Ta'limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bog`liq bo’ladi. Avvalo o’quvchining o’qishga bo’lgan munosabatiga to’xtaylik. Bu munosabat diqqatda, His-tuyg`ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo’lida namoyon bo’ladi.
Ta'lim jarayoni avvalo o’quvchilar diqqatini yulga solishni talab etadi. Darslarda ko’rgazmali qurollardan, texnik va EHM vositalaridan foydalanish ta'lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki o’quvchilarning darsda utiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o’quvchilarning diqqati o’zgarib turadi. O`qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o’quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
Ta'lim jarayonining samaradorligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan beriladigan ko’rsatmalarga ham bog`liq. O’qituvchining roli shundan iboratki, u o’kuvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolishi keraqligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani so’zma-so’z esda olib qolishni, nimaning ma'nosini o’z so’zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko’rsatib o’tishi lozim. Kuzatishlar ko’rsatadiki, bunday ko`rsatmalar berilmaganida, o’quvchilarda ko’pincha noto’g`ri tasavvurlar vujudga keladi.
O’qitishning emotsionalligi ta`limning muvaffaqiyatliligini ta'minlovchi omillardan biridir.
Ta'lim berish jarayoni emotsional jarayon, agar o’quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg`u uyg`otmasa, uni o’quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o’quvchilarning psixik holatlari, ya'ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari - haqida ham borishi kerak, albatga.
Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o’quv faoliyatini juda samarali qiladi. O’quvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq o’zlashtirib oladilar.
O’tkazilgan tajribalar o’quvchilar hech qanday his-tuyg`u uygotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagn materialni yaxshiroq eslab qolishlarini ko’rsatadi. O’qituvchi o’quv jarayonyaning emotsional tomoni haqida g`amxurlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta'limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g`oyat kattalapshb kyetgan, Uning muvaffaqiyatli o’zlashtirilishiga erishish uchun o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuchaytirishi lozim. Ijobiy tuyg`ular o’quv myehnatining samaradorligiga kuchli ta'sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan beg`araz munozara paydo bo’ladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham byeshbattar, salbiy munosabatda bo’lishgan ishga esa hech qanday hafsala bo’lmaydi.
Ta'lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e'tibor berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faollit bo’lib, unda jonli mushoHadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga o’tiladi, ana shundan so’ng ob'yektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda kurib chiqishimiz lozim bo’lgan karsa o’quv matyeralini idrok qilish jarayonidir. Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi organlariga ta'sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo bo’lishi bo’lib, idrok etish jarayoni ta'limda turli formalarda o’qituvchining ogzaki hikoya qilishida, suhbat o’tkazishda, lyeksiya o’qishida, kinodars, telvezatsion parcha, sxemalar va ko’rgazmali qurollar ko’rsatish, ekskursiyalar o’tkazish, o’quvchining o’ziga darsliklar hamda boshqa qo’llanmalarni o’qitish tarzida o’tishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli farlqi mavjud bo’ladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarining usullari vositalari va tashkiliy formalarini ishlab chiqish hamda pedagogik jarayonlarini boshqarishning samaradorligi psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar masalasini to`g`ri xal qilishga bog’liqdir.
Bolalarning psixik jihatidan o`sishi masalasi bolalar psixologiyasining markaziy muommosidir. Bu muammoani to`g`ri xal etish bolalar psixologiyasining Fan sifatida yanada tarakkiy etish uchun ham o’sayotgan avlodni tarbiyalash ishi uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Bolalarning psixik jihatidan o`sishi muommosini chinakkamiga ilmiy asosda xal etish.
A) Bolalar psixikasini o`sishini ta'minlovchi ominlarning rolini va bolalar psixikasining taraqqiy etish qonunuiyatlarini aniqlashga;
B) Shu qonuniyatlarga asoslanib ta'lim va tarbiya sistemasini shuningdek bolalar o`rtasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishining mazmuni va formalarini to`zishga imkon beradi.
Inson psixikasi rivojlanishida, bir tomondan tabiiy, biologik, tug`ma xsusiyatlar bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy hayotda orttirilgan xususiyatlarining o`zaro munosabatlarining problemasidan, rivojlanishida tashqi va ichki omillarning (irsiyat va muhitning) roli hamda ularning o`zaro munosabati problyemasidan iboratdir. Odamda tug`ma ravishda tashkil topgan xususiyatlar (masalan, ko`rish va eshitish sezgilarining ayrim xususiyatlari, nerv sistemasining ayrim xususiyatlari) bilan bir katorda ma'lum hayot sharoiti va faoliyatning ta'siri ostida, ta'lim va tarbining ta'siri ostida tashkil topgan (masalan , axloqiy odatlar) xususiyatlar borligini hech kim inkor etmaydi. Inson psixikasining tabiati biologikmi yoki ijtimoiy xarakterga egami?
Burjua psixologiyasi psixikaning tabiati biologik omillarga bog’lik degan pozitsiyada turadi, ya'ni psixik xususiyatlar tug`ma paydo bo`ladi,ularning inson dunyoga kelishidan oldinroq unda bo`lgan biologik imkoniyatga bog’liq degan pozitsiyada turadi.
Uning davosicha, inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, biologik strukturalarga joylashtirilgandir,psixik taraqqiyot esa, irsiy yo`l bilan azaldan belgilanib organizmga joylashtirilgan shu xususiyatlarning pishib yetilishi jarayonidan iborat emush. Jumladan, har bir odam qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (imkoniyatlarning nihoyasi, eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan, «qobiliyatlarning tabiiy fondi» tomonidan ilgaridan belgilab qo`yilgan emish.
So`nggi vaqtlarda mikrobiologiyaning nasliy xususiyatning gen bilan bog’liq bo`lgan mehanizmini ochish ishdagi yutuqlari munosabatlari bilan «gen aslaxalarining tug`ma darajasi»,shaxsning xususiyatlari va qobiliyatlari genlarda programmalashtirilganligi, kodlashtirilganligi haqida gapira boshladilar. Angliyalik genetik Sh.Auerbax bu fikrni nihoyatda aniq va obrazli qilib ifodalab berishga uringan .
«Xar bir odam, deb yozgan edi u, xuddi kartaboz qo`liga karta olib boshlagani kabi, o`z hayotini ,kartaboz qo`liga karta olib uyin boshlagani kabi ,o`z hayotini ,qo`liga genlarni olib boshlaydi. Ba'zan karta shunchalik yomon so`ziladiki ,xatto sal-pal yutuqni ham orzu qilish kiyin bo`ladi.
Ayrim xollarda karta shunday ajoyib qilib so`ziladiki, muvvafaqiyat qozonish uchun hech qanday harakat qilmasa ham bulaveradi».
Uning fikricha «aqliy taraqqiyot darajasi, maxsus qobiliyatlar shaxsiy sifatlar – bo`larning hammasi genetik faktorlar bilan muhit faktorlari munosabatining natijasidan iboratdir». Bu fikrdan: yuqsak iste'dodli kishilarning ko`payishiga xayrixoxlik bildirish lozim.
Insoniyatning eng yaxshi namoyondalarini ko`paytirish kerak (jamiyat har ikki jinsga tegishli iste'dodli kishilarning yakinlashishiga har tomonlama yordam berishi kerak», «iste'dodsiz» kishilar esa ko`payishdan o`zlarini saqlashlari kerak –degan xulosa chiqadi .
Bola psixik xususiyatlarining tug`ma tabiati haqidagi nazariya turli burjua olimlari tomonidan ba'zi bir to`zatish va izoxlar bilan har xil tusda ,har xil aktsyentda tushuntirilishiga yearamay, shu vaqtga qadar xozirgi zamon burjua maktab pedagogikasining asosi bo`lib kelmoqda. Bu nazariyaning maddohari bo`lgan burjua olimlari ,o`quvchining nimaga kodir ekanligini bilib olib, undan so`ng ta'lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish kerak deb hisoblaydilar.
O`quvchilarning aqli istyedod darajalariga qarab har-xil tipdagi maktablarga yuborish uchun sortlarga ajratish (masalan Angliyada anna shundan kelib chiqqanki buni progryessiv pedagogi va psixologi B.Saymon kyeskin tankid qilgan Angliyada yoqsak darajada aqliy iste`dodga ega bo`lgan bolalar univyersityet ma'lumotini olish imkoniyatiga yo`l ochib beradigan, grammatik maktab deb ataladigan maktablarda o`qiydilar; o`z tabiati jihatidan aqliy va ijodiy faoliyatga « nokobil»,ya'ni akeliy iste`dod darajasi past deb topilgan bolalar univyersityetga kirish uchun yetarli tayyorgarlik bermaydigan, xozirgi zamon maktablari deb atalgan «xalta kucha» tipidagi maktablarda ta'lim olish bilan qanoatlanishlari lozimbo`ladi.
AQShda (testlar yordami bilan aniqlanadigan) aqliy iste`dod koyfitsyenti jihatidan bir xil bo`lgan o`quvchilarni bir sinfga tuplab o`qitish amaliyotsi davom etib kelmoqda. Aqliy iste`dod bolalar uchun ochilgan. Odatga ko`ra, badavlat ota-onalarning bolalari o`qiydigan sinflarning o`quv programmalari jiddiy materiallar bilan tuldirilgan, mustaqil ishlarga ko`p etibor beriladi. Urtadan past aqliy iste`dodga ega bo`lgan o`quvchilar o`qiydigan sinflarda ta'lim «suyultirilgan «programma asosida, ya'ni nazariy materiallarsiz olib boriladi. AQShda aytishlaricha, «test ba'zilarni jannatga, ba'zilarni esa do`zaxga jo`natish uchun berilgan ruxsatnomadir».
Xozirgi zamon burjua psixologlarining asarlarida garchi ta'lim-tarbiyaning roli, muhit va atrofdagi ijtimoiy hayotning roli haqida juda ko`p gapirilsa ham, shunga qaramay, bu asarlarning hammasida psixik rivojlanishning chegaralari tug`ma biologik potyentsial tomonidan belgilanadi va hech qanday sharoitda bu chegaradan tashqari chiqish mumkin emas ,deb tasdiklanadi.
So`nggi vaqtlarda juda ko`p chet el psixologlari 20-30 yillarda nomi chiqqan amyerikalik psixolog E.Torndaykning ayrim fikrlariga murojaat etmokdalar. Hozirgi zamon burjua psixologi o`z qarashlarini niqoblashni yoqtiradi.
E.Torndayk esa nihoyatda aniq yozar uning qarashlarida hech qanday ikqilanish xolatlariga yo`l qo`yilmas edi. «Arifmetika o`qituvchisining yangi metodlari» va psixologiyaga asoslangan prinsiplari» degan asarlarida E.Torndayk to`g`ridan to`g`ri o`quvchilarning «tabiiy kuchlari»ga, ularning «tug`ma mayllari»ga shama qiladi. E.Torndayk muhitning ta'siri haqida tarbiyaning ta'siri haqida gapirgan Lekin bu faktorlarning ta'siriga ochiqdan ochiq ikkinchi darajali,tobelik rolini bergan o`qitish qanchalik yaxshi bo`lishiga qaramay ,ayrim o`quvchilar hech qanday muvafokiyatga erisha olmaydilar, boshqa bir o`quvchilar esa, o`qitish qanchalik yomon bo`lishiga qaramay muvafokiyatga erishadilar. Mutlaqo ochiq-oydin fikr! Shunday qilib o`qituvchining roli yoqka chiqarilmokda va oldingan pedagogik brak oklanmokda .
Torndayk bo`larni bundan yarim asr chamasi oldin yozgan ,Lekin xozir ham burjua olimlari uning fikrlarini deyarliso`zma-so`z qaytarmoqdalar. «Yaxshi aqliy qobiliyatlar nasliga ega bo`lgan bolalar xatto maxsus ta'limsiz ham yoqsak intyelyektlli kishilar bo`lib yetiladilar ,yaxshi genlar nasliga ega bo`lish baxtiga muyassar bo`lmagan bolalar esa xatto eng yaxshi ta'limdan ham foydalana olmaydilar».
Burjua psixologining fikricha, tug`ma biologik imkoniyat ya'ni gen aslaxalarining darajasi asosiy xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Psixik xususiyatlarning taraqqiyoti bu imkoniyatlarning pishib yetilishi o`z o`zicha rivojlanishi demakdir. Buning uchun tegishli tashqi sharoitlar bo`lsa, bas.
Chunonchi ta'limva tarbiya bu tug`ma imkoniyatni namoyon qilish va amalga oshirishning zaruriy shartlaridandir. Shunday qilib burjua psixologiyasida muhitga faqat «inson tabiatiga joylashtirilgan»va inson o`zi bilan dunyoga olib kelgan tug`ma imkoniyatni voyaga yetkazadigan tashqi sharoitlik roligina berilgan. Yaroqsiz ovkat jismoniy taraqqiyotni tuxtatib qo`yish mumkin bo`lganidek tevarak-atrofdagi muhit ham ichki sabablar asosida yuzaga keladigan aqliy taraqqiyotga xalakit berishi mumkin, deb uqtiriladi.
Buning misoli tarikasida tuxum bilan quyidagicha uxshatish keltiriladi:tuxum qanchalik uuqori sifatli bulmasin lekin,o`z o`zidan ma'lumki faqat ma'lum muhit sharoitida ,chunonchi ma'lum tyempyeratura bo`lganidagina undan jujja chiqishi mumkin.
Bizda V.N.Kolbanovskiy, A.R.Luriya, A.N.Mironovlar tomonidan bir tuxumdan bo`lgan egizaqlar ustida o`tkazilgan tajribalar boshqacha axvolni ko`rsatdi,bir tuxumdan bo`lgan egizaqlardan bir xil tabiiy sharoitda .,ta'lim metodlariga qarab ijodiy ya'ni kombinatorlik ) faoliyatni ayrim turlarida mutlaqo har xil natijalarini olish mumkin bizning zamonimizda progryessiv frantso`z psixologi R.Zazzo bir tuxumdan bo`lgan egizaqlar ustida shunga uxshash tajribalar o`tkazib, psixik xususiyatlarning tug`ma xarakteri nazariyasiga qattiq zarba berdi
Pedologiya bolalarning psixik xusuiyatlariga irsiyat yo`li bilan mustaxkamlangan bolaning o`zlashtirishigina emas balki hayotiy mehnat istikbolini ham oldindan belgilab beradigan xususiyatlar deb karadi. Xozirgi zamon pedagogik psixologiyalarida boshqa bir yo`nalish qobiliyatlarning taraqqiyotini faqat tevarak atrofdagi muhitning ta'siri bilan tushuntiradi. Bu yo`nalish o`z zamonasi uchun progryessiv hisoblangan 18 asr frantso`z filosofii K.A.Gyelvyetsi ta`limotidan boshlangan. Gyelvyetsi ta`limotiga ko`ra ,hamma odamlar aqliy va axloqiy taraqqiyot uchun tugilishdanok mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo`ladilar.Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta'sir qilishi bilan vujudga keladi,tushuntiriladi.
Bu konsyeptsiya odamlarning psixik va ruhiy dyemak sotsial tengsizligi ularning tug`ma xususiyatlari degan va usha davrlarda hukmron bo`lgan idealistik nazariyalarga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning chet ellardagi xozirgi turli namoyondalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g`oyat darajada muhim roli borligini etirof etadilar. Biroq ijtimoiy muhit burjua psixologlari tomonidan myetafizik tarzda ,ya'ni o`zgarmaydigan inson taqdirini ilgaridan belgilab beradigan bir narsa tarzda tushuniladi.Insonga muhit ta'siri ostida bo`lgan passiv ob'yekt sifatida qaraladi. Shuni aytib o`tish kerakki genetikaning qo`lga kiritgan yutuqlari munosabati bilan so`nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda psixik xususiyatlarning masalan,qobiliyatlarning tabiati haqidagi psixik taraqqiyotning tabiy imkoniyatlari haqidagi masalalari keng muxokama qilinmoqda va biologlar filosoflar,psixologlar myediklar, yuristlar ishtiroqida munozaralar o`tkazilmokda.
Ana shu mavzuga oid turli materiallar nashr etilmokda ,munozara jarayonida psixologiya uchun xarakterili bo`lgan qarshi psixik xususiyatlarning tabiatiga diolyektik va materialistik nuqtai-nazaridan qarash aniqlanadi Lekin shuning bilan birga ,oshkora kurinib to`rgan ozchilik tomonidan ximoya qilinayotgan ikkita sunggi nuqtai-nazar borligi ham ma'lum buldi.
Bu nuqtai-nazardan biri – psixik xususiyatlar va qobiliyatlarning tabiatini tug`ma va nasliy deb hisoblaydi,Bu pozitsiyada asosan ayrim biolog genetiklar turadilar bu pozitsiya tarafdorlari psixik xususiyatlarning tarkib topishi va taraqqiyot jarayonini odam genetik programmasining amalga oshirilishidir, deb tushuntiriladi.mana shu fikrga muvofiq talant genlarning mufakiyatli kombinatsiyasida (kushilmasidan) iboratdir, psixik xususiyatlar bir manoda genotip bilan ya'ni odamning genetik xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixik xususiyatlarning tarkib topishi va taraqqiyoti gen aslaxalari spyetsifikasi bilan belgilanadigan sifatlarning (tegishli muhit sharoitlarida) namoyon bo`lish jarayonidir.
Barcha izohlarga qaramay, bu mulohazalar mantiqiy ravishda quyidagi xulosaga:har bir odam psixik taraqqiyotning spetsifikasi darajasi ma'lum darajada uning gen imkoniyatlari bilan ilgaridan belgilangan bo`ladi, degan xulosaga olib keladi bu esa ta'lim va tarbiyaning hayotiy sharoiti va faoliyatining rolini ochiqdan ochiq kamsitishga yuksak istyedodli kishilarni sun'iy ravishda yetishtirish va yirik xujayra yadrolarini transplantatsiya qilish ( ko`chirish) metodi asosida o`ziga xos intyellyektual elitlarni sun'iy tarzda hosil qilish prinsipial jihatdan mumkinligi haqidagi goyalarning ishlab chiqilishiga olib kelmoqda, (ma'lumki, bu sohada sodda organizmlar ustida muvafaqqiyatli eksperimyentlar o`tkazilgan).
Agarda barcha odamlarga o`z qobiliyatlarini rivojlantirish uchun to`la imkoniyat yaratib berilsa ularning hammalarida ichki imkoniyatlar bir xil bo`lsa unday xolda har bir normal odam to`g`ri tashkil qilingan ta'lim va tarbiya orqali har qanday sohada istagan yoqsaqlikka erishishi mumkin bo`lar edi.Agar odamlarning turli qobiliyatlariga ega bo`lishlariga faqat ularning turli hayot va tarbiya sharoitlari sababchidir deb uylaydigan bo`lsak u xolda ,ehtimol ,har qanday odamni nihoyatda to`g`ri (idyeal)tashkil qilingan ta'lim va tarbiya orqali mo`zika sohasida xudi Betxovendek genial odam, matematika sohasida xuddi Labochevskiydek genial odam Repin va Eynshtyeyn kabi kabi genial odam qilib yetishtirish mumkin bo`lar edi, deb xulosa chiqarar edik. Bu nazariya psixik rivojlanishning, qobiliyatlar taraqqiyotningborishi va yo`nalishiga ta'sir qiluvchi tabiiy imkoniyatlardagi individual farqlar haqidagi tushunchani batamon imkor etadi.
Psixologlar va pedagoglar ixtiyorida bo`lgan juda ko`p faktlar u yo`nalishining ham, bu yo`nalishning ham sheklangan va bir yoqlamaligini ko`rsatadi. Odamning genetik xsusiyatlari bir manoda uning psixik xsusiyatlarini belgilaydi, deb hisoblash xatodir. Ammo buning teskarisi ham, ya'ni psixik taraqqiyotning tabiiy imkoniyatlardagi individual farqlarni batamom imkor qilish (masalan, qobiliyatlarning nishonlanadigan individual farqlarni imkor qilish) va odamlardagi g`oyat xilma-xil barcha individual – psixologik xsusiyatlarni faqat tashqi ta'sirotlar natijasid, deyish ham noto`g`ridir.
2 SAVOLGA JAVOBLAR
Ta’lim va ta’lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalari- dan biridir. Ta’lim va rivojlanish muammosiga doir qator nazari- yalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri: 1. Aqliy xatti-harakatlar, bilim, ko‘nikma va malakalarni bos- qichma-bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin). P.Ya.Galperin nazariyasi bo'yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 1. Motivatsiya. 2. Tushuntirish. 3. Moddiy formadagi xatti-harakatlarni bajarish. 4. Baland ovozda xatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. 5. Bajariladigan xatti-harakatlarni ichki rejada ovoz chiqar- may bajarish. 6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi. Ushbu nazariyada ta’limning uchta asosiy turi ajratiladi: — birinchi turda — xatti-harakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli darajada anglanilmay- di, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib yetmaydi; — ikkinchi turda — materialni nisbatan dadil va tola tushuni- lishi va material bilan bogliq tushunchalarni ajratilishi bilan xa- rakterlanadi; — uchinchi tur — tez, samarador va bexato xatti-harakatlarni o‘zlashtirilishini ta’minlab beradi. 2. V.VDavidov nazariyasi. Ushbu nazariya mazmunini kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishi tashkil qiladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ta’lim jarayonida o'quvchilartomonidan nazariy tushunchalar tizimi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi. VY.Davidovning ta’kidlashicha, o‘quv materialini induk- tiv usul bilan bayon etish, o‘quvchilarda fikrlash jarayonining faqat bir tomonini ya’ni, konkretdan mavhumlashtirishga tomon yo‘nalgan mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Bunday mantiq natijasida bola tafakkuri bir tomonlama rivojlanadi, ilmiy tushunchalar va qoidalar bir tomonlama o‘zlashtiriladi. 3. Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogliq bo‘lib, L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir. Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati qator psixologik omillar- ga bogliq boladi. Asosiy omillardan biri o‘quvchining o‘qish- ga bolgan munosabatidir. Bu munosabat o‘quvchining diqqati, his-tuyg‘ulari, qiziqishlari va irodasida, shuningdek, shaxsning tutgan yolida namoyon boladi. Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirish- ni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot tex- nologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqatini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yuzaga keltirishgina emas, balki 0‘quvchilarning darsda o‘tiladi- gan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida 0‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. 0 ‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga hamda o‘zlashtirilgan materialni takrorlashga jalb etish kerak. Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bogliq. 0 ‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish kerakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish ki- foya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini,Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan ta- moyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning pro- grammasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil boladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda shuning yordamida mo‘ljal oladi. Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarga xulq-atvorni, faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning mu- vaffaqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bolsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi. XIX asrning o‘rtalarida ilmiy fikrlar taraqqiyotida rivojlanish tamoyilining keng tarqalganligini kuzatish mumkin. G.Gegel bilishni dialektik metodlarining asosiy holatlarini bayon etib, o‘rganilayotgan hodisalarga rivojlanish va tarixiylik tamoyili nuqtayi nazaridan yondashib, o‘z nuqtayi nazarini psixologiya- ga ham tatbiq etdi. Uning ta’kidlashicha, psixikani ruhiy hayotning alohida hodisalari va faktlari majmuasi sifatida emas, balki ma’lum qonuniyatlarga bo'ysunadigan rivojlanishni bir butun jarayon sifatida o‘rganish lozim. Dialektik metod nuqtayi nazaridan psixik rivojlanishni o‘rganish turli yosh bosqichlarida psixikaning o‘ziga xosligini hisobga olishni talab etadi. Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtayi nazardan tushu- nish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’lim- ga, o‘yin faoliyatiga bogliq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bolgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. L.S.Vigotskiy ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degaN fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi. P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bogliq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bolib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng muhim individual-psixologik fazilatlaridan bolgan qobiliyatni tadqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bolgan, deb ta’kidlaydi. Lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan bolak boshqacha muhitda yuz bermaganidek, «qobiliyat tegishli konkret faoli- yatdan ajralgan holda paydo bola olmaydi». Gumanizm tamoyili pedagogikada 60-yillarda paydo bolgan bolib, bolalarga e’tibor va muhabbat bilan munosabatda bolish- ni anglatadi. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyachining bola shaxsini ta’qib qilish va jazolashga emas, balki aqliy va axloqiy ustunligiga asos- lanishi lozim. Bolalar qo‘rqqani uchun emas, hurmat qilgani uchun jim o‘tirishsin. Gumanistik tamoyillarga asoslangan munosabatlar tizimi tarbiyachidan o‘z ustida ishlashni, o‘z tarbi- yachilarini chuqur o‘rganishni va ularning har biriga individual yondashuvni talab etadi.
3 SAVOLGA JAVOB
Odamning psixik xsusiyatlari uning hayoti davomida, ya'ni ontogenetik tarzda yuzaga keladi; bu xsusiyatlarni tarkib topishi va rivojlanishida odamning ijtimoiy tajribasi tashabbusi uning hayoti va faoliyati sharoitlari, ta'lim va tarbiya yetakchi, xal qiluvchi rol o’ynaydi, - deb o’rgatadi.
Muhit (keng ma'noda olganda), ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya azaldan berilgan, genetik jihatdan qattiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoyitgina bo`lib qolmay, balki inson psixik xusiyatlarini tarkib toptiradi. Shuni alohida qayd qilib o`tishimiz lozimki, «jamiyat talablariga javob beradigan muayyan shaxsiy sifatlarni tarkib toptirish maqsadida katta avlodning yosh avlodga ongli, maqsadga muvofiq ta'sir ko`rsatish protsesi» sifatida ta'lim va tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Birinchidan, shuni qayd qilib o`tish kerakki, odam muhit ta'siri ostidagi passiv ob'yekt bo`lmay, balki aktiv, faol mavjudotdir. Shuning uchun tashqi hayot sharoiti. Tashqi ta'sir inson psixikasining to`g`ridan to`g`ri belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo`lgan o`zaro ta'siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilaydi.
Shu sababli muhitning ta'siri haqida emas balki odamning tevarak atrofdagi muhit bilan aktiv o`z aro ta'siri haqida gapirish to`g`riroq bo`lar edi.

Download 36.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling