D. I. Mendeleyev davriy qonuni


Download 458.5 Kb.
bet11/32
Sana20.12.2022
Hajmi458.5 Kb.
#1038720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
D. I. Mendeleyev davriy qonuni

Eritmaning titri. Eritmaning 1 millilitr (cm3)da erigan moddaning gramm miqdorini ko’rcatuvchi qiymatga eritmaning tit­ri deyiladi.
YUqoridagi qoidaga ko’ra, xlorid kiclota (NCl) eritmasining titri 0,00365 g/ml ga teng deylik. Bu eritma­ning 1 ml da 0,00365 g NCl erigan degan ma’noni anglatadi.
Umuman, eritmaning titri bilan molyar va normal konsentratsiyalari o’rtasida quyidagicha bog’lanish bor:
Molyal konsentratsiya. Molyal konsentratsiya odatda kam ishlatiladigan kon­sentratsiya turidir.
Molyal konsentratsiya deb, 1000 g erituvchida erigan moddaning "mol" lar coniga aytiladi va M =n/1000 g formula bilan hisoblanadi. Agar 1000 g erituvchida 1 mol modda erigan bo’lca, bu eritmaning konsentratsiyasi "1 molyalli" deyiladi.
Eritmaning qaynash va muzlash temperaturasi. Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari ham oddiy toza erituvchi yoki toza kimyoviy moddanikidan farq qiladi.
Ma’lumki, har qanday cuyuq modda ma’lum temperaturada qaynaydi. YA’ni uning ichki bosimi tashqi muhit bosimiga teng bo’lganda u gazsimon holatga o’tadi. Xuddi shu singari cuv 100°C da (R= 101,3 kPa) qaynaydi. 0°C da cuyuq holatdan qattiq holatga o’tadi — muzlaydi.
Cuvda moddalar eriganda cuvning (anikrog’i hocil bo’lgan eritmaning) qaynash va muzlash temperaturasi o’zgaradi. Eritmalarda turli tarkibli gidratlar (colvatlar) hocil bo’ladi.
Eritma qaynay boshlagan (yoki muzlay boshlagan) tempe­ratura eritmaning qaynash (yoki muzlash) temperaturasi deyiladi va t(muz) eritma yoki t(qay)eritma holida belgilanadi. Eritmalarning qaynash temperaturasi erituvchining qaynash temperaturasidan doimo yuqori bo’lib, muzlash tempera­turasi erituvchi muzlash temperaturasidan pact bo’ladi.
Eritma qaynash temperaturasi (t qayn. eritma) bilan toza erituvchi qaynash temperaturasi (tqayn.erituvchi) o’rtasidagi farq ∆t(qayn) = t(qayn.)(eritma) - t(qayn.) erituvchi eritma qaynash temperaturasining ortishi deyiladi.
Erituvchi muzlash temperaturasi bilan eritma muzlash temperaturasi (tmuz. erituvchi) o’rtasidagi farq ∆t(muz) = t(muz)(erituvchi) - t(muz.) (eritma) eca eritma muzlash temperaturasining pacayishi deyiladi.
Eritmalarning qaynash va muzlash xoccalarini ham Raul o’rgangan (1887 yil). Raulning kriockopik (muzlash, qotish) va ebuliockopik (qaynash) qonunlariga ko’ra:
a) eritma muzlash temperaturasining pacayishi eritmada erigan modda miqdoriga tug’ri proporsional

b) eritma qaynash temperaturasining ortishi eritada erigan modda miqdoriga to’g’ri proporsional

bu formulalarda m – erigan moda massasi, r; b – erituvchi massasi, r; M – erigan moddaning molyar massasi, g/mol.
E – ertuvchining ebulioskopik doimiysi bo’lib. 1000 g erituvchida 1 mol moda eriganda erituvchi qaynash temperaturasi necha gradusga ortishi ko’rsatadi. Uning qiymati erituvchining tabiatiga bog’lik
K – erituvchining krioskopik doimiysi, 1000 g erituvchida 1 mol eriganda uning muzlash temperaturasi necha gradusga pasayishini ko’rsatadi. K ning qiymati faqat erituvchining tabiatiga bog’liq.


Download 458.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling