D. I. Mendeleyev davriy qonuni


Organik birikmalar(tarkibida kislorod saqlovchi organic birikmalar)


Download 229.71 Kb.
bet9/24
Sana03.12.2023
Hajmi229.71 Kb.
#1798731
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
kimyo

Organik birikmalar(tarkibida kislorod saqlovchi organic birikmalar)
Molekulasida bitta yoki bir nechta gidroksil gruppa –OH saqlaydigan birikmalar spirtlar deb ataladi.
Bir atomli to`yingan spirtlar. To`yingan uglevodorodlarda bitta vodorod atomi o`rnini gidroksil gruppa egallasa, bir atomli to`yingan spirtlar hosil bo`ladi. Ular CH2n+2OH umumiy formulaga ega. Spirtlar ham o`z gomologik qatoriga ega bo`lib, bir vakilining tarkibi o`zidan oldingi va keyingilaridan CH2 – gruppaga farq qiladi.
Etil spirt quyidagi elektron formulaga ega:
Elektron formulasida ko`rinib turibdiki, kislorod atomi bilan vodorod atomi o`rtasidagi kimyoviy bog`laishlardan bittasi juda qutblangan. Nomenklaturasi va izomeriyasi. Oddiy spirtlar nomi radikal nomiga spirt so`zini qo`shib o`qish bilan hosil bo`ladi
Sistematik nomenklatura (IYUPAK) bo`yicha spirtlar nomi tegishli to`yingan uglevodorod nomiga «ol» qo`shimchasini qo`shib o`qiladi va gidroksil qaysi uglerod atomida turganligi nomer bilan ko`rsatilad:
Bir atomli to`yingan spirtlarda izomerlar soni tegishli uglevodorodlarga nisbatan gidroksil gruppaning joylashishi hisobiga ko`p bo`ladi. Masalan, butanning ikki izomeri bo`lsa, butanol to`rtta izomerga ega:
Spirtlar gidroksil gruppaning molekulada qanday uglerod atomida joylashganligiga qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo`linadi. Molekulada uglerod atomlari birlamchi ; ikkilachi ; uchlamchi va to`rtlamchi bo`ladi. Agarda gidroksil gruppa birlamchi uglerod atomi bilan bog`langan bo`lsa, birlamchi spirt, ikkilamchi uglerod atomi bilan bog`langan bo`lsa, ikkilamchi, uchlamchi uglerod atomi bilan bog`langan bo`lsa, uchlamchi spirt deyiladi.
Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Spirtlardan metanol va etanol kam miqdorda sof holatda, o`simliklardan olinadigan efir moylarda va o`simlik a`zolarida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efirlar holatida tabiatda keng tarqalgan. Spirtlar asosan quyidagi usullarda olinadi:
1. Murakkab efirlar gidroliz qilib olinadi:
2. Galoid birikmalarga ishqorlarning suvli eritmasi ta`sir ettirib olindi:
3. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator – rux xlorid ishtirokida suv ta`sir ettirib olinadi:
Sanoatda metanol is gazidan sintez qilib olinadi:
Sanoatda etil spirt kraxmal (guruch, bug`doy, kartoshka va hokazo) va kletchatka (o`rmon xo`jalik chiqindilari, g`o`zapoya) saqlaydigan o`simlik xomashyolarini bijg`itish yo`li bilan olinadi: Kletchatka saqlaydigan o`simliklardan olingan etil spirt «gidroliz spirt» deb ataladi, chunki uning tarkibida 0,3-0,5 % gacha metil spirt bo`ladi. Shuning uchun «gidroliz spirt» sintetik kauchuk olishda ishlatiladi. Spirtlarning qaynash temperaturasi, shu spirt molekulasidagi radikal asosida hosil bo`lgan galoid birikmaning va oddiy efirning qaynash temperaturasidan doimo yuqori bo`ladi. Masalan,Spirt molekulasining tuzilishi suvning molekula tuzilishiga o`xshash bo`lib, uglevodorod radikali va vodorod atomi kislorod atomi bilan bir chiziqda yotmasdan, bir-biri bilan ma`lum burchak ostida joylashadi. Buning sababi molekuladagi kislorod atomi erkin juft elektronlarga ega bo`lishi uchun ikkinchi molekuladagi musbat zaryadli vodorod atomini o`ziga biriktiradi. Bu birikma elektrostatik bo`lib, vodorod bog` hosil qiladi (formula uchta nuqta bilan ko`rsatiladi). Natijada spirtlar associlangan (bir-biriga yopishgan) molekulalarni tashkil etadi: Shuning uchun ham spirtlarning qaynash temperaturasi yuqori bo`ladi. Asosiy energiya vodorod bog`ning uzilishiga va molekulaning bir-biridan ajralishiga sarflanadi.


Download 229.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling