Kislorodli organik birikmalar
Download 5.68 Kb.
|
Kislorodli organik birikmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etil spirt quyidagi elektron formulaga ega
- Ikki atomli fenollar
Kislorodli organik birikmalarKislorodli organik birikmalar quyidagi sinflarni tashkil etadi:
Spirtlar Molekulasida bitta yoki bir nechta gidroksil gruppa —OH saqlaydigan birikmalar spirtlar deb ataladi. Bir atomli to‘yingan spirtlar. To‘yingan uglevodorodlarda bitta vodorod atomi o‘rnini gidroksil gruppa egallasa, bir atomli to‘yingan spirtlar hosil bo‘ladi. Ular CnH2n+1OH umumiy formulaga ega. Spirtlar ham o‘z gomologik qatoriga ega bo‘lib, bir vakilining tarkibi o‘zidan oldingi va keyingilaridan CH2 — gruppaga farq qiladiEtil spirt quyidagi elektron formulaga ega:Elektron formulasidan ko‘rinib turibdiki, kislorod atomi bilan vodorod atomi o‘rtasidagi kimyoviy bog‘lanishlardan bittasi juda qutblangan. Nomenklaturasi va izomeriyasi. Oddiy spirtlar nomi radikal nomiga spirt so‘zini qo‘shib o‘qish bilan hosil bo‘ladi.Tabiatda uchrashi va olinish usullari. Spirtlardan metanol va etanol kam miqdorda sof holatda, o‘simliklardan olinadigan efir moylarda va o‘simlik a’zolarida uchraydi. Spirtlar oddiy va murakkab efirlar holatida tabiatda keng tarqalgan. Spirtlar asosan quyidagi usullarda olinadi: 1. Murakkab efirlar gidroliz qilib olinadi: 2. Galoid birikmalarga ishqorlarning suvli eritmasi ta’sir ettirib olinadi: 3. Etilen uglevodorodlarga temperatura va katalizator — rux xlorid ishtirokida suv ta’sir ettirib olinadi:
Spirtlarning fizik xossalari Fenollar Benzol halqasini tashkil etgan uglerod atomlarida gidroksil gruppa saqlagan birikmalar fenollar deyiladi. Fenollar gidroksil gruppa soniga qarab, bir atomli, ikki atomli va uch atomli fenollarga bo‘linadi: Fenol va uning gomologlari yog‘och va toshko‘mirni quruq haydalganda hosil bo‘lgan smolalardan olinadi. Fenol benzolsulfokislota tuzlariga yuqori temperaturada ishqor ta’sir ettirib olinadi:Fizik xossalari. Fenol o‘tkir hidli suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall bo‘lib, 42,3°C da suyuqlanib, 182°C da qaynaydi. U havoda turganda bir qismi oksidlanib kristall pushti, so‘ngra qo‘ng‘ir rangga ega bo‘ladi. Fenol suvda eritilganda ikkita qatlam hosil bo‘ladi: pastki qatlam — suvning fenolda erigan qismi, yuqori qatlam — fenolning suvda erigan qismi. Temperatura ostida bu ikki qatlam qo‘shilib ketadi. Fenol temir (III) - xlorid bilan binafsharang hosil qiladi, shuning uchun bu reaksiya fenolning sifat analizida ishlatiladiIkki atomli fenollar quyidagi uch xil izomerga ega: Uch atomli fenollar uch xil izomerga ega:Ishlatilishi. Fenol ko‘p mikroorganizmlarni o‘ldiradigan modda. Tibbiyotda uning 3—5% li eritmasi (karbol kislota) dezinfeksiya vositasi sifatida ishlatiladi. Ko‘pgina plastmassa va polimerlar olishda xomashyo hisoblanadi. Fenol asosida olingan preparat fenolftalein laboratoriyada indikator sifatida, tibbiyotda esa ichni yumshatuvchi (surgi) dori sifatida ishlatiladi.Download 5.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling