D. I. Mendeleyev gidratlanish nazariyasi


Ionlar va ionli bogʻlanishlar


Download 148.32 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi148.32 Kb.
#1275685
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
D. I. Mendeleyev gidratlanish nazariyasi

Ionlar va ionli bogʻlanishlar
Baʼzi atomlar barcha elektronlarini (yoki bir nechta elektronlarini) olish yoki yoʻqotish orqali barqaror boʻladi. Ular shunday qilganlarida atomlar ionlar yoki zaryadlangan zarrachalarni hosil qiladi. Elektron olish yoki yoʻqotish atomga toʻliq tashqi elektron qobigʻini berishi va uni energetik jihatdan yanada barqaror qilishi mumkin.
Ionlarning hosil boʻlishi
Ionlar ikki xil turda boʻladilar. Kationlar bu elektronlarni yoʻqotish natijasida hosil boʻlgan musbat zaryadli ionlardir. Masalan, natriy atomi elektronini yoʻqotib, natriy kationiga (Na+Na+start text, N, a, end text, start superscript, plus, end superscript) aylanadi. Manfiy zaryadlangan ionlar elektronni olish natijasida hosil boʻladi va anionlar deb ataladi. Anionlar element nomiga “-id” qoʻshimchasi qoʻshilib nomlanadi: masalan, xlor anioni (Cl−Cl−start text, C, l, end text, start superscript, minus, end superscript) xlorid deb nomlanadi.
Bir atom elektronini yoʻqotib, boshqa atom xuddi oʻsha elektronga ega boʻlsa, ushbu jarayon elektron koʻchib oʻtish jarayoni deyiladi. Natriy va xlor atomlari elektronning koʻchib oʻtishiga misol boʻla oladi.
Natriyning (Na) tashqi qobigʻida faqat bitta elektron bor, shu sababli natriy tashqi qobigʻini toʻldirish uchun yettita elektron topishidan koʻra, oʻsha bitta elektronini berib yuborishi osonroq (energiya jihatidan qulayroq)dir. Shuning uchun natriy bitta elektronini yoʻqotib, Na++start superscript, plus, end superscript koʻrinishini hosil qilishga intiladi.
Xlor (Cl) esa tashqi qobigʻida yettita elektronga ega. Bunday holatda xlorga bitta elektron olish, yettitasini yoʻqotishga qaraganda osonroqdir, shuning uchun u bitta elektronni egallab, Cl−−start superscript, minus, end superscript koʻrinishiga oʻtishga intiladi.
Natriy va xlor birlashganda, natriy oʻzining qobigʻini boʻshatish uchun bitta elektronini berib yuboradi va xlor bu elektronni oʻz qobigʻini toʻldirish uchun qabul qiladi. Endilikda ikkala ion ham oktet qoidasiga mos tushadi va ular toʻliq tashqi qobiqqa ega boʻladi. Elektronlar soni protonlar soniga teng boʻlmagani sababli endilikda har bir atom iondir va +1 (Na++start superscript, plus, end superscript) yoki –1 (Cl−−start superscript, minus, end superscript) zaryadiga ega.
Umumiy holatda bir atomning elektron yoʻqotishi va boshqa bir atom tomonidan olinishi bir paytda sodir boʻlishi kerak: natriy atomi elektronini yoʻqotish uchun unga xlorga oʻxshagan mos qabul qilib oluvchi kerak boʻladi.

Download 148.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling