D. I. Tosheva


Download 238.21 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi238.21 Kb.
#236775
Bog'liq
12 Ma’naviy —ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar 12-MAVZU

Ma’naviy —ma’rifiy tarbiya, jamiyat va yoshlar

Reja:

  • 1. Moddiy boylikka intilish, ma’naviy boylikka e’tiborsizlik. Yoshlarning chet elga chiqishi. Ma’naviy-axloqiy muhitni sog’lomlashtirish.
  • 2. Ta’limni jahon andoza (standart)lari darajasiga chiqarish.
  • 3.Uzluksiz ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tizimining funksiyalari.
  • 4.Ta’lim tizimini insonparvarlashtirish va ma’naviy-tarbiyaning tashkiliy jihatlari.

O’tish davrining yoshlarga ta’siri.

Bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishda albatta “o’tish davri” bo’lishini tarix tasdiqlaydi. I.Karimov ta’kidlaganidek, “Bir tuzumdan ikkinchisiga, “markazlashtirilgan tartibda rejalashtirilgan va boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu mavjud xo’jalik yuritish usulini yangilash yoki takomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik yuritish tizimini joriy etishdir. Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o’tishdir.

Ma’lumki, 2008 yil oxirida mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar 10 million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa – 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni tashkil etdi.

Ma’lumki, 2008 yil oxirida mamlakatimizda 18 yoshgacha bo’lgan yoshlar 10 million 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo’lganlar esa – 17 million 80 ming nafarni yoki 64 foizni tashkil etdi.

Respublikamiz aholisining aksariyat qismini yoshlar va o’smirlar tashkil qiladi. Har yili 500 ming atrofida yoshlar maktab quchog’idan chiqib, katta hayotga qadam qo’ymoqda. Ularning 10 foizdan ortig’i test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib oliy, o’quv yurtlariga kirib o’qishmoqda. “O’zbekiston oliy maktab tizimi 63 oliy o’quv yurtini o’z ichiga oladi, ularda 250 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda”.  Respublika kasb-hunar ta’limi tizimida esa hozirgi kunda jami 0,5 mlndan ortiq kishini qamrab olgan 1400ga yaqin o’quv yurti ishlab turibdi.

  • Respublikamiz aholisining aksariyat qismini yoshlar va o’smirlar tashkil qiladi. Har yili 500 ming atrofida yoshlar maktab quchog’idan chiqib, katta hayotga qadam qo’ymoqda. Ularning 10 foizdan ortig’i test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib oliy, o’quv yurtlariga kirib o’qishmoqda. “O’zbekiston oliy maktab tizimi 63 oliy o’quv yurtini o’z ichiga oladi, ularda 250 mingdan ortiq talaba ta’lim olmoqda”.  Respublika kasb-hunar ta’limi tizimida esa hozirgi kunda jami 0,5 mlndan ortiq kishini qamrab olgan 1400ga yaqin o’quv yurti ishlab turibdi.

Aholining aksariyat qismini  tashkil etadigan ana shu ijtimoiy qatlamning echilishi lozim bo’lgan muammolariga  e’tiborni  jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan hal qiluvchi bunyodkor kuchga  aylantirish  bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish lozim.

  • Aholining aksariyat qismini  tashkil etadigan ana shu ijtimoiy qatlamning echilishi lozim bo’lgan muammolariga  e’tiborni  jalb qilish, yoshlarni hayotimizda haqiqatan hal qiluvchi bunyodkor kuchga  aylantirish  bilan bog’liq keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirish lozim.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi yuqori bosqichga ko’targan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham yoshlarning tarbiyasiga alohida o’rin beriladi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida  milliy g’oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirish vazifasi  qo’yildi.

Darhaqiqat yoshlarni milliy g’oyani anglashi, ishonch va e’tiqodiga aylanishi, qanday  yangi qadriyatlar shakllantirilganligi bilan ham bog’liq bo’ladi.

Chunki milliy g’oya bir tomondan yoshlarni o’zining ob’ekti sifatida  qarasa,

ikkinchi tomondan yoshlar  milliy g’oyaning ilg’or rivojlantiruvchilari va kelajak avlodga etkazuvchilari hisoblanadilar.

Uchinchidan, yoshlar qanchalik milliy  g’oya bilan  qurollangan va uni anglab olgan bo’lsa jamiyat shunchalik taraqqiyotga erishadi.

Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash.

Fan va texnika sohasidagi katta­katta kashfiyotlar va yutuqlar qo’lga kiritilib, hayotga tatbiq etilayotgan hozirgi davrda talaba yoshlarga ma’naviy va madaniy jihatdan tarbiya berish vazifasining mazmuni va shakllariga sezilarli ta’sir ko’rsatishi tabiiy. Bu omilni hamisha e’tiborda tutish lozim bo’ladi.

Ma’naviy barkamollik qo’shni xalqlar, shuningdek jahon xalqlarining asrlar davomida yaratgan adabiy badiiy asarlaridan bahramand bo’lishida ham shubhasiz ko’rinadi.

Firdavsiyning “Shohnoma” sini, qirg’iz xalq dostoni “Manas”ni, Abay va Muxtor Avezovning asarlarini,

Maxtumquli she’rlarini, Mirzo G’olib, Rabindranat Tagor asarlarini,

“Ming bir kecha”, “Qobusnoma” singari noyob durdonalarni o’qimagan talabaning ma’naviy va madaniy saviyasi qay darajada ekanligini anglasa bo’ladi. Bular ham, aslida, etarli emas.



. Jahon adabiyotining shoh asarlari borki, bular haqida turli millat vakillari yig’ilganda, albatta gap ketadi. Xususan, Homer, Shekspir, Servantes, Bokachcho, Balzak, Charlz Dikkens, L.Tolstoy, F.Dostoevskiy, N.Gogol, A.Pushkin, Volter, E.Zolya, G.Mopassan, E.Xeminguey, Jek London, Tomas Mann, U.Folkner, G.Markes, Chingiz Aytmatov, Abo Kabe, Al­Maarriy, Husayn Jovid, Aziz Nesin va h.q. Bu ulug’ siymolarning asarlari bilan tanish bo’lmagan insonning ma’naviy barkamolligi, baribir, kemtik bo’ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 238.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling