14
•
rasm, chizmalar bilan ishlash dasturlari;
•
hisob-kitoblarni bajaruvchi dasturlar va boshqa xilma-xil dasturlardan ibo-
ratdir.
Bunday dasturlarning to‘plami dasturiy ta’minot (ingl. Software,
soft – yumshoq,
ware – buyum) deb ataladi.
Dasturiy ta’minotning asosiy qismi operatsion sistemadir. Operatsion
sistema maxsus dasturlar to‘plami bo‘lib, kompyuterni boshqarish hamda
kompyuter va odam o‘rtasida muloqot o‘rnatish vazifalarini bajaradi.
Matn yaratish, rasm chizish, hisoblash, ma’lumot uzatish kabi vazifalar
maxsus amaliy dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy kompyuterlar uchun UNIX, LINUX, WINDOWS, MacOS
kabi operatsion sistemalar yaratilgan. Ularni quyidagi maxsus belgilar
orqali bilib olish mumkin:
MS Windows
UNIX
MacOS
LINUX
Do'stlaringiz bilan baham: