21
Ushbu amallar ketma-ketligini bajarish natijasida «Блокнот» dasturi
ishga tushadi va bu dastur yordamida siz matnli fayl yaratishingiz
mumkin bo‘ladi.
Papka hosil qilish
Papka yoki katalog – fayl nomlari va fayl haqida ma’lumot
saqlanadigan diskning alohida ajratilgan sohasi. Windows operatsion
sistemasida papka tasviri bilan ko‘rsatiladi.
Fayllarni yanada tez topish va qulay usulda saqlash maqsadida
hujjatlarni, musiqa, rasm, fotosuratlar va albatta, o‘yin dasturlarini alo-
hida papkalarda saqlash tavsiya etiladi (3-rasm).
1 musiqa fayllari joylashgan papka
2 matnli fayllar joylashgan papka
3 video fayllar joylashgan papka
4 elektron pochta fayllari joylashgan papka
3-rasm.
Amaliy mashg‘ulot: Papka hosil qilish va qayta nomlash vazifalarini
jadval asosida bajaring.
1. «Ish stoli»ning ixtiyoriy qismida
«sichqoncha»ning o‘ng tugmasi bosiladi.
2. Hosil bo‘lgan menyuda
Do'stlaringiz bilan baham: