D kamolitdinova


-D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/73
Sana05.01.2022
Hajmi1.7 Mb.
#227056
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
Bog'liq
Informatika. 5-sinf (2016, D.Kamolitdinova)

4-D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI

Kompyuterda bajariladigan barcha amallarni umumlashtirgan holda,  

uchta asosiy vazifalarga ajratishimiz mumkin: axborotlarni yig‘ish 

(yaratish yoki kiritish), axborotlarni qayta ishlash (yoki o‘zgartirish) va 

axborotlarni uzatish.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun axborotlar, dasturlar

ma’lumotlar kompyuter xotirasida o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi va 

saqlanadi.



Fayl inglizcha so‘z bo‘lib, «hujjatlar jildi», «ma’lumotlar» ma’nosini 

anglatadi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va 

qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Masalan, sinfi ngizdagi har 

bir o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar alohida jildda saqlanadi (bitta jildda 

bir necha o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar aralashtirib yuborilmaydi). 

Xuddi shu kabi, sizning sinfi ngizdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar 

jamlangan jildlar ham boshqa sinf o‘quv chilarining jildlari bilan aralash-

tirib yuborilmaydi.

Ma’lumotlar bunday qoida 

larga asosan tartiblanishi 

ning asosiy

maqsadi – kerakli ma’lumotlarni osonlik bilan qidirib topishdir.

Fayl nomida kompyuter qurilmalari nomi va buyruqlar nomini ishlatish 

mumkin emas.

Fayllarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ularga alohida nom 

beramiz. Buning asosiy sababi shundan iboratki, agarda har bir faylga 

alohida nom berilmasa, chalkashlik yuz beradi.

Fayllarni yanada tartiblash uchun ularni mazmuniga ko‘ra alohida 

papkalarga joylaymiz.

Kompyuterda fayllar yaratishingizdan avval o‘zingizning papkangizni 

hosil qiling. Ushbu papkangizga yaratgan matnlaringiz, tasvirlaringiz, 

ovozli va video fayllaringizni saqlab boring.




19


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling