D kamolitdinova


-D A R S. PAINT DASTURI HAQIDA


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/73
Sana05.01.2022
Hajmi1.7 Mb.
#227056
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
Informatika. 5-sinf (2016, D.Kamolitdinova)

10-D A R S. PAINT DASTURI HAQIDA

Insonlar qadimdan rasm chizish san’ati bilan shug‘ullanib, o‘z 

rasmlarida insonlar qiyofasini, turli jonzotlarni, voqea yoki hodisalarni  

aks ettirishga harakat qilganlar. Qadimgi rasm san’ati namunalarini 

arxeologlar tomonidan  topilgan qoyatoshlardagi, qadimgi devor va 

sopol idishlardagi  tasvirlardan  ham  ko‘rish  mumkin.

Quyidagi rasmlarda qadimgi san’at asarlaridan namunalar keltiril-

 gan:



39

Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Klod Mone, Pikasso kabi 

buyuk mo‘yqalam ustalarining asarlari esa san’at olamining bebaho 

meroslari qatoridan joy egallagan.

Rassomlar o‘z asarlarini polotno deb nomlangan matoda yoki qo-

g‘ozda mo‘yqalam yordamida yaratishgan. Ular o‘z asarlarini yara-

tayotgan 

larida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yishsa, barcha ishini qaytadan 

boshlashga majbur bo‘lganlar.

Lekin kompyuter yordamida rasm va tasvirlarni chizish jarayonida 

xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, qog‘oz va polotnolarni tashlab yuborishga 

hojat qolmaydi. Kompyuter dasturi sizga qayta va qayta yangi rasmlarni 

chizish imkonini beradi.

Kompyuter texnikasining vujudga kelishi bu yo‘nalishda yangi 

imkoniyatlarni yaratib berdi va «kompyuter grafi kasi»  tushunchasi 

vujudga keldi.

Kompyuter grafi kasi kompyuter texnologiyalarining bir qismi bo‘-

lib, uning imkoniyatlaridan foydalanib tasvirlarni kompyuter va maxsus 

dasturlar yordamida yaratishdir.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling