Mavzuga doir savol va topshiriqlar
1. «Kelajak kompyuterlari» mavzusida hikoya yozing va uni chop
etib keling.
2. «Mening do‘stlarim» mavzusida ma’lumot yozib, chop etib keling.
3. «Kompyuter bizning hayotimizda» mavzusida buklet tayyorlang.
4. O‘tilgan mavzular bo‘yicha krossvord yoki boshqotirma tuzing.
9-D A R S. KOMPYUTERDAGI KALKULATORDAN
FOYDALANISH
Kompyuterlar yaratilishidan avval insonlar hisob-kitob ishlarini
bajarishda abak (cho‘tlar)dan, matematik formulalardan foydalanganlar.
Keyinchalik hisoblash texnikasi va elektronikaning rivojlanishi natijasida
«kalkulator» deb nom olgan hisoblash mashinkalari yaratildi.
Windows operatsion sistemasining standart dasturlariga kiruvchi
«Kalkulator» (ingl. «calculator») dasturi oddiy kalkulatorning vizual
ko‘rinishi nusxasidan foydalanishga imkon beradi. Unda oddiy
kalkulatordagi kabi asosiy arifmetik amallar va muhandislik hisob-kitob
vazifalari bajariladi.
Kalkulator dasturini quyidagi ketma-ketlik asosida ishga tushirish
mumkin:
36
Ekranda kalkulator dasturining oddiy
ko‘rinishi aks etadi. «Muhandislik» ko‘-
rinishiga o‘tish uchun «Вид»
→ «Инже-
Do'stlaringiz bilan baham: |