14-D A R S. PAINTDA AMALLAR BAJARISH
Aziz o‘quvchilar, avvalgi darslarda olgan bilimlaringizni mustahkam-
lash, Paint dasturi uskunalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish maqsa-
dida quyidagi rasmlarni hosil qiling va ijodiy vazifalar bajarishda ulardan
foydalaning.
1-mashq. Chiziq, to‘rtburchak, o‘tmas burchakli to‘rtburchak us-
kunalaridan foydalanib rasm chizing va bo‘yash amallarini bajaring
(1-rasm).
2-mashq. Yulduz va sayyoralar.
Rasmni hosil qilishda avval ish sahifasi 2 qismga ajratiladi: burchakli
qismi qizg‘ish rangda, qolgan qismi ko‘k rangda bo‘yaladi (2-rasm).
Yulduzlar purkagich yordamida, sayyoralar esa ellips uskunasi
yordamida hosil qilinadi va bo‘yaladi.
1-rasm.
2-rasm.
3-mashq. «Kichik dizayner» mavzusiga oid rasmni
– o‘tmas
burchakli to‘rtburchak uskunasi,
– to‘g‘ri chiziq va
– ellips
uskunalaridan foydalanib yarating (3, 4, 5-rasmlar).
3-rasm.
4-rasm.
5-rasm.
60
Do'stlaringiz bilan baham: |