Maxsus xizmat
tugmachalari
Funksional
tugmachalar
Turli
belgilar
Kursorni boshqarish
tugmachalari
7-D A R S. KLAVIATURA TRENAJORIDA MASHQLAR
Kompyuter klaviaturasi yordamida hujjatlar tayyorlash, xat yozish
yoki chop etish kabi vazifalarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik va
belgilarni to‘g‘ri ishlata bilish ko‘nikmalari talab etiladi.
Kompyuterda ishlash ko‘nikmasi bo‘lmagan va birinchi bor ishlash
istagi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ko‘pgina qiziqarli klaviatura
trenajorlari (mashq bajaruvchi kompyuter dasturlari) yaratilgan. Ko‘pin -
cha bunday trenajorlar bir necha bosqichli bo‘ladi. Ular sodda
mashqlardan boshlanadi, 1-bosqichda yaxshi natijalarga ega bo‘lgach,
murakkab mashqlarni bajarishga o‘tiladi. Trenajor mashqlari yorda
-
mida qo‘l barmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qulay usullardan foyda
-
langan holda ishlash tezligini oshirishga erishish mumkin.
Bunday trenajorlar qatoriga: Babytype, Parole, Solo, Klavtren, Star
Boom! kabi dasturlar kiradi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |