D. R. Babayeva


Download 0.9 Mb.
bet108/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Gigiyenik talablar. O‘yinchoq qanday materialdan va rangdan tay- yorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan hisoblanadi.

Badiiy talablar. Shakl, bo‘yoq va bezaklarning har tomonlama uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to‘ldirib, ta’kidlab, o‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. O‘yinchoqlarning tuzili- shi va bezalishi bolalarning turli yosh bosqichlarida idrok etish xu- susiyatlariga to‘la mos kelmog‘i lozim.

To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlarning butun bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xu- susiyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tu- shunchalari boyib boradi.

  • O‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va ijobiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ularni shakl- lantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘irchoq bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinchoqlarining ahamiyatini alo- hida ta’kidlash lozim.

2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari. O‘yinchoq bolalarni turli rang- barang harakatlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo‘lgan ehti- yojini qondiradi. Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.

Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (shaqil- doqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli hara- katlarni o‘stirishga yordam beradi.

O‘yinchoqlarni turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi turkum- larga ajratiladi:

  • syujetli-obrazli;

  • texnika o‘yinchoqlari;

  • qurish-yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;

  • didaktik o‘yinchoq va o‘yinlar;

  • sport va harakatli o‘yinlar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar;

  • yig‘ma-bo‘linma o‘yinchoqlar;

  • teatr va dekorativ o‘yinchoqlar (soya va qo‘g‘irchoq teatrla- rining personajlari, dramalashtirilgan o‘yinlar uchun kiyimlar, archa o‘yinchoqlari);

  • o‘yinchoq-ermaklar;

  • ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;

  • qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o‘yin jihozlari.


  • Download 0.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling