D. R. Babayeva


Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi


Download 0.9 Mb.
bet22/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’lim- tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ij- timoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbi- yalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bo­lalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama ta’lim - tarbiya berish qonuni- yatlarini o‘rganadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, metod va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart- sharoitlarni ishlab chiqadi. Nutq o‘stirish metodikasi maktab­gacha pedagogikaning alohida sohasi bo‘lib, uning umumiy qo- nuniyatlari, tamoyillari, metodologik asosi, tashkiliy shakl, metod va vositalariga tayanadi. Nutq o‘stirish nazariyasi va amaliyoti maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga yaxlit tarbiya berishning maqsadi, bolaning yosh imkoniyatlari va uni ilk yoshdan bosh- lab tarbiyalashning roli, maktabgacha ta’limni hayot, amaliyot va zamonaviylik bilan bog‘liqlikda olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida muhitning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga asoslaniladi.

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani bola shaxsini rivoj- lantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos - «o‘rgatuvchi», didasko - «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mo­hiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyat- lari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismla- ridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fanining obyekti - yaxlit maktabgacha ta’lim jarayon.

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi faniningpredmeti - mak­tabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, shakl, metod va vositalari.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling