Tulki haqida o‘zingiz topishmoq to‘qiy olasizmi?
Mallagina momiqqina - bu nima? (tulki).
Bolalar, suratga qarab hikoya to‘qing. Avval tulki bolalari bilan qayerda, qachon o‘ynashganini o‘ylab toping. Keyin suratda nima tasvirlanganiga qarab hikoya o‘ylab toping. Hikoyangiz yakunlangan bo‘lishi kerak.
2-3 bolalar hikoyalari tinglanadi, rag‘batlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashq
O‘yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo‘liga olib, o‘yinni boshlab beradi. Tarbiyachi bolalarga koptokni otib, turli savollar bilan murojaat qiladi: biror yovvoyi hay- vonning otini ayt. Nima uchun yovvoyi hayvon? Deyiladi. Tulkining po‘sti qanday? Quyonning po‘sti qanday? bo‘rining po‘sti qanday? Bo‘ri bilan tulki o‘txo‘rmi yoki yirtqichmi?
O‘yin shu tarzda davom etadi.
Izoh: Tarbiyachi o‘yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga, bolalar nutqining grammatik to‘g‘ri tuzilishiga ahamiyat berishi kerak.
Tarbiyachi suratni olib qo‘yadi. O‘yinchoq tulkini ko‘rsatadi. Bolalar, tulki bizga mehmonga keldi. U siz bilan birga o‘ynamoqchi. Tulki sizni barcha topshirig‘ingizni bajaradi. Faqat siz undan to‘g‘ri iltimos qilsangiz bas. Nodir, sen tulkidan nimani so‘ramoqchisan? «Tulki qo‘shiq aytib ber!». Sen-chi Mahmud? «Tulki o‘ynab ber!» Barakalla bolalar topshiriqni to‘g‘ri berdinglar. Tulki sizni hamma topshirig‘ingizni bajardi. Sayrda u bilan o‘ynashni davom etasiz.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |