D. R. Babayeva


Ashurov.M.O‘ -Alifbe elektron dasruri


Download 0.9 Mb.
bet135/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

33 Ashurov.M.O‘ -Alifbe elektron dasruri .




Masalan; «A» harfi ostida avtobus. «В» harfi ostida banan v.h. Dastuming pastki tomonida «Bosh menyu» deb nomlangan belgi mav- jud. «Sichqoncha» yordamida harflarga ko‘rsatgich barmoqlarni olib borsa, harflarning talaffuzi ifodalanadi: «Sssss, OOOO, AAAAA» va hokazolar. So‘ngra topishmoqlar oynasi ochiladi bola agar to‘g‘ri yozsa, ekranda rag‘batlantiruvchi ovozli animatsiya paydo bo‘ladi, agar noto‘g‘ri keltirilsa, ekranda «Noto‘g‘ri» degan ovozli animatsi­ya hosil bo‘ladi. Ko‘rsatilgan harf to‘g‘ri yozilsa, kenyingi bosqich, ya’ni topishmoqlar oynasi ochiladi. Bunda bola tarbiyachi yordamida topishmoqni o‘qiydi va mustaqil javobni kiritadi.

So‘ngra didaktik qismga o‘tiladi, ya’ni didaktik qismi ochilganda, ekranda to‘rtburchak qilib harflar joylashtirilgan va to‘rtburchakning o‘rtasida bolaning surati - o‘ylanib turgan holati tasvirlangan.





Alifbe nomli elektron darslik



To‘rtburchak ramkaga solingan harflarning bittasi «sichqoncha» yordamida ikki marta bosilsa, oyna ochiladi va bu oynadagi harflarni bolalar tarbiyachi yordamida takrorlaydi. «Bosh menyu» ga qaytsak, dastuming uchinchi «Qiziqarli o‘yinlar» deb nomlangan qismiga kiriladi. Ekranning chap qismida ramkada hayvonning surati, o‘ng qismidagi ramkada esa, hayvon haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Das- tuming chap bo‘limiga kirganda yog‘och doskada mevaning shakli berilgan, doskaning atrofida , daraxtning atrofida turli mevalaming surati mavjud. «Sichqoncha» orqali mevaning shaklini mo‘ljallab bola kerakli mevani ochsa, meva uchi borib doskadagi mevaning qo- lipiga joylashadi.

O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. To‘g‘ri topilgan mevaning evaziga rag‘batlantiruvchi smayliklar hosil bo‘ladi. Multimediali slaydimiz ana shulardan iborat.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mash- g‘ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xoti- raga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi:

  • maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlarini samarali, davlat ta’lim standartlari asosida amalga oshirish maqsadida mutaxassislar to- monidan tuzilgan «Bolajon» tayanch dasturida savodga o‘rgatishga doir mavzular bilan bola shaxsida zarur sifat va hissini tarbiyalash imkoniyati bo‘ladi;

  • maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari orasida bolalarni tarbiyalashda katta tajriba orttirganlari ham bor. Biroq ko‘pchilik tarbiyachilar bolalarning yaxshi o‘zlashtirishi, ta’lim-tarbiya ish- lariga faol ishtirok etishni ta’minlashga e’tibor berib, alohida bola, uning ichki dunyosi, his-tuyg‘ulari, munosabatlari ta’siri;

  • maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda mul­timedia texnologiyasidan foydalanishda katta imkoniyatlarga ega;

  • maktabgacha ta’lim muassasida texnik vositalar bilan ta’min- lash va tarbiyachilarning kompyuter bilimlarini oshirish;

  • maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini hi- sobga olib, yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlarda kompyuterlar- dan bevosita dialog metodi asosida foydalanish;

  • maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanilgan holda mashg‘ulotni amalga oshirish;

  • mashg‘ulotlarni amalga oshirishda yangi interfaol va no- an’anaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarining yoshiga va ta’lim dasturiga mosligi e’tiborga olingan holda, multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish va maktabgacha ta’lim muassa- salarining maktabga tayyorlov guruhlari o‘quv rejasi asosida olib borish maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi ta’minot xizmati tahlili.

Og‘zaki tilni rvojlantiruvchi xizmatlar Irlandiyada nutq va til terapevtlari tomonidan boshqariladi va sog‘liq xizmatlari ma’muriyatlari tomonidan ta’minlanadi. Nutq va til terapevtlari nutq kamchiliklari bor bolalarga baho berishadi, diagnoz qo‘yishadi va davolashadi.

Ma’lumot olish va undan foydalanish odatda ochiq va erkin hi- soblanadi va bular ota-onalar, birinchi yordam guruhi a’zolari, o‘qituvchilar, ishchilar va xususiy sog‘liqni saqlash xizmati muta- xassislari tomonidan amalga oshiriladi. Tashxis qo‘yish va davolash odatda klinikalarda ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.

Har yili amaliyotchilar va o‘qituvchilar o‘zlarining har kungi ish- larida og‘zaki til rivojlanishiga katta e’tabor qaratishadi.

Aisteyr rejasi, kichik yoshdagi bolalar o‘quv dasturi barcha yangi tug‘ilgan bolalardan to 6 yoshgacha bo‘lganlar uchun bo‘lib, konsep- siyaga oid qilib o‘qitadigan va yetti yoshdagi bolalar uchun bo‘lgan keng hajmli modelni tashkil qiladi. Ingiliz boshlang‘ich ta’lim mak- tabi ta’lim dasturida og‘zaki tilga alohida urg‘u beriladi. Shunga qaramasdan, bu dasturni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda va baholash tizimi va pedagoglar qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezilmoqda.32 (Edited by Mary Rafferty «Abrief review of ap­proaches to oral language developme nt» USA 2014y.)


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling