Xulosa:
Bola uchun maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan dastlabki kunlar va oylar juda murakkabdir - chunki bolaning onasi o‘rniga boshqa notanish kattalarning paydo bo‘lishi, u o‘rganib qol- gan odatiy turmush-tarzini izdan chiqaradi. Bu ko‘pchilik bolalarda salbiy emotsiyalar, qo‘rquvni vujudga keltirib, ushbu holat butun or- ganizmni qamrab olishi va uning rivojlanishini anchagacha susaytirib qo‘yishi mumkin. Bunday paytda uyquning, ishtahaning buzilishi, tozalik ko‘nikmalarini vaqtincha esdan chiqarish, emotsional kechin- malar (yig‘loqilik, qo‘rquv, hujumkorlik, o‘jarlik va boshq.), sustlik, o‘zi mustaqil ravishda ovqatlanishdan bosh tortish holatlari kuzatila- di. Agarda pedagog xushmuomalali va sabr-toqatli bo‘lsa, bu holatlar
6 haftada o‘tib ketadi, ayrim bolalarda esa, bundan uzoqroqqa ham cho‘zilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |