6- Amaliy mashg’ulot.
Bolada xotiraning yetakchi turini aniqlash. Diqqat barqarorligini aniqlash
Ishdan maqsad: Bolalarda xotirani mustaxkamlash usullarini o’rganish.
Ishning borishi:
Antiqa hayvonot bog’i usuli.
Qizaloqlar usuli.
Sana va voqealar eslab qolish usuli.
Oq bim qora quloq usuli.
Tarixni yozamiz usuli.
Gilamdagi gullar usuli.
Maxfiy shifrlar usuli.
Xulosa.
Ko’rilgan, eshitilgan va o’qilgan narsa - hodisalarni idrok qilish, esda saqlash va kerak paytda esga olish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarning hammasiga xotira deyiladi. Axborotning yig’ilishi miyada bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Eslab qolish muddati bo’yicha xotira, asosan, ikki xil – qisqa va uzoq muddatli xotiralarga bo’ladi. Esdan chiqish–xotiraga qarama – qarshi, fiziologik jihatdan juda muhim jarayondir. Chunki hamma ko’rgan narsani eslab qolish maqsadga muvofiq emas. Albatta, esdan chiharish ba’zida ijobiy rol o’ynaydi (masalan har xil janjallarni, kelishmovchiliklarni esdan chiharish) ba’zida esa salbiy (ishning ma’lum bir tafsilotlarini, qarindoshlarning tug’ilgan kunlarini, yodlagan qoidalarni esdan chiharish).
Inson xotirasi cheklanmagan hajmdagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lib, mutaxassislarning fikriga ko’ra, xotirani mustahkamlash usullaridan qanchalik ko’p foydalansak, kerakli axborotni eslab qolish ham shunchalik oson kechadi.
Xotirani mustahkamlash usullari:
Yesda saqlab qolishni xohlagan narsamizni ifodali o’qish va uni hech bo’lmaganda bir marta qaytarish lozim. Masalan, telefon raqami, e’lon yoki yangiliklarni ovoz chiqarib, balandroq o’qish, ularni eslab qolishni osonlashtiradi;
Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish yoki ularni tanish biror narsa bilan bog’lab, eslab qolish mumkin;
Uzun matnni tezroq yod olishda o’qilayotgan ma’lumotning ko’rinishini miyada yaratish, ularni tasavvur qila olish orqali inson ma’lumotni yanada osonroq esda saqlab qola oladi;
O’qiyotgan narsaga biror kulgili yoki bemaoni narsani bog’lash – bu xotirani hissiyotlarga bog’lashga ko’mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |