D. R. Babayeva
Download 0.9 Mb.
|
Malumotlar kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsionalxususiyati.
Reja:
O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsionalxususiyati. Tayanch tushunchalar: sonor tovushlar tempi, ovoz kuchi, into- natsion ifoda, fonematik eshitish, tovush madaniyati, niartikulatsiya apparati, zamon. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Maktab- gacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg‘ulotlardagina amal- ga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi. bolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga va faoliyatiga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi o‘yinlarda ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; turli muloqot vositalari, ya’ni so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora) dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foy- dalanishni o‘rgatish; bolalarning ertak va kichik hikoyalarni so‘zlab berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash; bolani «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishtirish kabilardan iborat. O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug‘ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, meva- lar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; ta- nish buyumlami guruhlashga va ulami tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi. 5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan ta- nishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususi- yatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatla- rini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi. O‘rta guruhda ona shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan qiziqish va mu- habbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat bino- larining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qu- rishyapti, shahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik quri- lishini ham egallay boshlaydi. O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkum- laridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foy- dalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z nutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladi- gan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmay- di. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkum- larini tushirib qoldiradilar. To‘rt yoshli bolalami so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilish- ga o‘rgatish kiritiladi. 4-5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga xos bel- gilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masa- lan: «Echki bolalari bilan»), mashg‘ulotlarda birinchi martda o‘qib berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatiladi. 4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati yetarli rivoj- lanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllanti- rishga qaratilgandir. Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g‘ri talaffuz etili- shiga alohida ahamiyat berish kerak. O‘rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi ri- vojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitob- dagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tar- biyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z joziba- sini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi. O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik ma- salalari. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tay- yorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo‘lgan voqealami bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To‘g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli da- rajada rivojlanayotganini bildiradi. Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yan- gi so‘zlarni o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qi- lishiga ahamiyat bering. - tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g‘ri ifodalashiga erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o‘rgating. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mum- kinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirla- rini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir. Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekan- ligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu- zish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutq o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va o‘rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi. Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlaming xatti- harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi. To‘rt yoshli bolalarni mashg‘ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyat- lari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizologik va psixo- logik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq bu yoshdagi bolalarning diqqati beqaror, irodasi kuchsiz bo‘lib, tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, his- tuyg‘ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez pasayadi. O‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakl- dagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda, she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qizi- qish uyg‘otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirish- lari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalar- da biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xu- susiyatlarni tarbiyachi har doim mashg‘ulotlarni rejalashtirishda, uni o‘tkazishda hisobga olishi shart. Mashg‘ulotlarning tarbiyaviy va emotsional xususiyati. Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, mashg‘ulotning boshqa turlarida bolalarga ta’lim berib boriladi. Nutq faoliyatining mazmuni, tilning tuzilishi, shuningdek, mashg‘ulotni tashkil etish va uning qay tarzda o‘tkazilishi bolalar tarbiyasiga ta’sir etadi. Bolalarda bilishga bo‘lgan qiziqishni materialning qiziqarli bo‘lishi bilangina emas, balki mashg‘ulotning ijobiy-emotsional tarzda tashkil etilishi o‘stirib boriladi. O‘rta guruh yoshidagi bolalar tashabbuskor bo‘ladilar, tarbiyachining savollariga javob berishga juda shoshiladilar va buning natijasida xatoga yo‘l qo‘yadilar: agar tarbiyachi bolani maqtasa, undan juda minnatdor bo‘ladilar va aksincha, agarda tarbiyachi bolaning xulqidan yoki savolga bergan javobidan xursand emasligini aytsa, qattiq xafa bo‘ladilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, tarbiyachi juda sabrli va haqqoniy bo‘lishi kerak. Tarbiyachi bolaning yaxshi javobidan qo- niqqani va xursandligini bolalarga namoyon etishi kerak. Shundagina bolada ishtiyoq istagi uyg‘onadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling