Pul va banklar


Download 21.65 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi21.65 Kb.
#100483
Bog'liq
1-Мавзу.


I MAVZU:PUL VA BANKLARFANIGA KIRISH

1.1.Fanning predmeti va vazifalari.

1.2.Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi.

1.3.Pulning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari.

1.1.Fanning predmeti va vazifalari.

Pul mahsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va haridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda.

Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari, Qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi.

Shuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g‘oyalari, kamchiliklari haqida o‘rganadi.

Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. Shuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan.

Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi.Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan.

Inflyatsiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy oqibatlari, inflyatsiya to‘g‘risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari yoritilgan.

Shuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari, tamoyillari, harakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni ochib berilgan.

Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan.

Shuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy bank va uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni mustaqilligi keng yoritib berilgan.

Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan.Shuning bilan birga nobank kredit tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari,vazifalar ularni tartibga solish masalalari hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilgan.

Shuningdek, halqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. Shuning bilan birga, halqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari bajaradigan operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini o‘z ichiga olgan.



Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:

1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.

2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi;

3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;

4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.

Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan, chunki unga xech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan.Natural xo‘jalikda mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. Chunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan holos.

Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi.

Umumiy ekvivalentna o‘tishning zaruriyati shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarish tarakkiyotining malum boskichida bozorda tovarlar ayirboshlashi muntazam xodisaga, iqtisodiy xayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va har bir ishlab chiqaruvchi mehnati mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun ulchov vositasiga aylangan. Bundan malum bir tovar egasi, o‘zining shaxsiy istemoli uchun zarur bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi yetishtirgan tovarni bozorda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan.



Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida bozor pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi:

  • metalning tabiatda kamyobligi

  • metallning bir tarkibliligi;

  • kerakli mikdorda olishning qiyinligi;

  • qiymatni yuqotmasdan, yoki juda kam mikdorda yo‘qotish asosida bo‘linishi (maydalanishi);

  • ixchamligi va yengilligi;

  • uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi.

Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p mikdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko‘p miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga bas kela olmagan.

Shunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka xukmronga aylangan. Shu asosda butun dunyo bo‘yicha xalkaro hisob — kitoblarda yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.

1.2.Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi.

“Pul va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur fan barcha ta’lim yo‘nalishi uchun 2,3,4- kurs bakalavr talabalari uchun 3- 4- 5- 6- va 7 semestrlarda o‘qitiladi. Fanning o‘qitishdan maqsad talabalarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o‘rni, nazariy asoslarini, jamiyat hayotidagi ahamiyatini, ularni muomalasini tashkil qilish va muvofiqlashtirish va boshqalardan iborat. Shuning bilan birga, fan bank, bank tizimi, kredit tizimi va uning jamiyat taraqqiyotidaga o‘rni, mamlakat pul muomalasini tashkil qilish, maqsadi va vazifalarini o‘rgatishdan iborat.

Mazkur fan pulning harid quvvati, uning mamlakat iqtisodiyotini barqarorligiga ta’siri, inflyatsiya hamda mavjud makroiqtisodiy omillarni chuqurroq o‘rganishdan iborat.

Shuning uchun “Pul va banklar” fani “Bank ishi”, “Makro va mikroiqtisod”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari” fani bilan chambarchas bog‘liq.

Pul o‘zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi:

– haqiqiy pullar;

– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.

Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shakl-da metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan.

Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.



Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z
ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Demak mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni ularning ehtiyojini qondirishdan ortgan qismini boshqa mahsulotga ayirboshlash uchun yo‘naltirilishi natijasida mahsulot tovarga aylangan.

Ushbu jarayonni bir ishlab chiqaruvchidan boshqa ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni shakllanishi deb hisoblanadi. Buning natijasida turli tovarlarning shakli, sifati, ehtiyojni qondirishligiga asosan ularning qiymatini aniqlashlik, ya’ni moslilik talab etila boshladi.



Natural xo‘jalik sharoitida doimiy ravishda ortikcha mahsulot ishlab chiqarish yuzaga chika boshladi. Bunda qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli yuzaga chikadi. Chunki ishlab chiqarishni xali rivojlanmaganligi sababli tovar ayirboshlash cheklangan. Bunda faqat ikki holat hisobga olinadi: ishlab chiqaruvchi va haridorlarni manfaatlarini o‘zaro mos kelishi va ayirboshlayotgan tovarlarning qiymatini to‘g‘ri kelishi:

Bitta 1qo‘y = bir qop bug‘doy

yoki bo‘lmasa:

Bir qop bug‘doy = bitta bolta.

Albatta bu holatda eng avvalo ishlab chiqaruvchi va haridorning manfaatlari o‘zaro mos kelishi asosiy o‘rinni egallagan. Masalan, qo‘y egasiga bir qop bug‘doy kerak. Lekin bug‘doy egasiga qo‘y kerak emas, unga bitta bolta kerak. Bu yerda tovar ayirboshlash yuzaga chiqmaydi. Qo‘y egasi agarda bolta egasi manfaatiga mos kelsa, u holda u o‘z qo‘yini bitta boltaga ayirboshlaydi. Shundan so‘ng u boltani olib boradi va bir qop bug‘doyga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotda juda qiziq holat aks ettirilgan. Afrika qabilasi a’zolaridan biri o‘z ehtiyojini kondirish maqsadida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 28 ta ishlab chiqaruvchiga borishga majbur bo‘lgan.

1.3.Pulning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dexqonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv jarayoninig yana rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o‘za’ro muloqatda bo‘lib, tovarning egasi o‘z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqozo qilgan.

K.Mark pulni - bu tovarlarning tovari deb ifodalagan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mexnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mexnat ijtimoiy mexnat sifatida namoyon bo‘ladi.

Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi.



Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo‘lsada, tovar xo‘jaligining va pul muomalasining rivojlanishi qog‘oz pullar, boshqa kredit vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag‘larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o‘tkazilishi kabi jarayonlar bo‘lishiga olib kelgan. Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u pul bo‘lib qoladi. Yuqoridalarga asoslangan holda pulning moxiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‘lib, abstrakt mexnat harajatlarini o‘zida aks ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.

Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo‘lib, qolgan tovarlarning qiymatini o‘zida ifoda qilishi, (boshqa xoxlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo‘la olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mexnat va boshqa harajatlarini o‘zida ifoda qilishi; to‘rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir.
Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling