D. R. Babayeva


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.9 Mb.
bet56/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

  1. Maktabgachayoshdagi bola nutqning grammatik to‘g‘riligini qanday o'stiriladi?

  2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulot- larning qanday ahamiyati bor?

  3. Nutqda eng muhimi qaysi?

  4. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir qanday maxsus mashg'ulotlarni bilasiz?

  5. Dialogik nutqqa o'rgatish usullari haqida nimalarni bilasiz?

  1. §. Bolalarni monologik nutqqa o‘rgatish

Reja:

  1. Monologik nutqini shakllantirishning nazari asoslari.

  2. Monologik nutqini shakllantirish usullari.

Tayanch tushunchalar: zanjirli aloqa, intonatsiya, kontaminatsi- yalangan, Monologik nutq, so‘z ijodkorligi, nutqning grammatik tizimi.

  1. Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. Mo­nologik nutq bir kishining boshqalarga qaratilgan nutqi hisoblanadi va hikoya qilish, xabar berish, o‘qigani yoki eshitganini qayta so‘zllab berish, o‘zi savol berib, o‘zi javob berish shaklida namoyon bo‘ladi.

Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, oxiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirish- ning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tar- qalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli - bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, si- nonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang- barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi.

Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Ravon fikmi tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonatsiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, umuman, matnning tarkibiy birligi va mazmunan tu- gallanganligini qayd etishga yordam beradi.

Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqea- lar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli kishi yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savol- larni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya maz- munini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.

Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: Tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikr- larida kontaminatsiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha).

Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tu- zish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.

So‘z predmetlar, jarayonlar, xususiyatlarni nomlash uchun muhim til birligi hisoblanadi. So‘z ustida ishlash nutqni rivojlantirish borasida- gi ishlarning umumiy tizimida eng muhim ishlardan biri hisoblanadi.

Ona tilining lug‘at tarkibini egallash uning grammatik tizimini o‘zlashtirish, ravon monologik nutqni rivojlantirish, nutqning tovush jihatini shakllantirishning zarur shartidir.

So‘zning til birligi sifatidagi ajralmas xususiyati uning mazmu- nidir. Insonda so‘zlarning turli ma’nolarini tushunish ko‘plab yillar davomida rivojlanadi. Pedagog so‘zdan foydalanishda semantik aniq- likni ta’minlash uchun bolani aynan bir so‘zning turlicha ma’nolari bilan tanishtirishi zarur. Bolada so‘zlar va so‘z birikmalarini matn bilan, nutqiy vaziyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirish ravon fikrlami hosil qilish, so‘zlardan erkin foydalanish va ulami mazmu- niga qarab bog‘lashda til vositalarini erkin tanlash qobiliyatini shakl- lantirishga yordam beradi.

Narsalarning so‘zdagi ifodasi (nomi)ni bolalar ularni o‘rab turgan borliq bilan tanishish jarayonida o‘zlashtirib oladilar. Biroq, maktab- gacha yoshdagi bolaning lug‘ati nafaqat miqdor jihatdan o‘sishga, balki sifat jihatdan takomillashuviga (so‘zlar ma’nosini aniqlashti- rish, sinonimlar, antonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlarni qo‘llashdagi se- mantik aniqlik, ko‘chma ma’nolarni tushunish) muhtojdir.

Agarda muayyan so‘zni qo‘llashni o‘rgatish uning mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, so‘z ustida ishlash jarayonida assotsiatsiya asosidagi bog‘liqliklar o‘rnatilsa, bolalar ushbu so‘zni tezroq o‘zlashtiradilar.

Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini rivojlantirishda so‘zlarni mavzuga oid guruhlarga birlashtirish tamoyili muhim hisoblanadi. Til birliklari o‘zaro bog‘langan va bir-biriga tobe bo‘ladi. Mavzuga oid qatorlarni tashkil qiluvchi so‘zlar umumiyligi negiz atrofida joyla- shadigan semantik maydon hisoblanadi. Chunonchi, ko‘p ma’noli so‘z bo‘lmish igna archasimon daraxt bargi ma’nosida quyidagi semantik maydonga kiradi: daraxt - daraxt tanasi - novdalar - ya- shil - momiq - o‘sadi - tushib ketadi. Aynan shu so‘z «tikuv ignasi» ma’nosida boshqa semantik qatorga kiradi: tikmoq - tikib qo‘ymoq - mato ustidan ip bilan tikmoq - ayollar ko‘ylagi - erkaklar ko‘ylagi - naqsh - o‘tkir-o‘tmas va h.k.

2. Monologik nutqni shakllantirish usullari. Bolalarda gram- matik tizimni - sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllanti­rish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sin- taksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsi- yani yaratish muhim.

Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltin- chi yilda - gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning gramma- tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda - hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.

Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalar- ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik- masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.

Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirish- ni yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta yoshli kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga alohida e’tiborni qaratish zarur.

Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin. Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullari- ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni o‘rgatish zarur.

Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara- yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla- nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tu- zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.

Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikrni so‘zlarda izchil, ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda u yoki bu darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.

Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihat- larini, shu jumladan, obrazlilikni ham ularga atrofdagi hayot, oila va maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati, ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat va predmetli olam bilan tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez or- tishiga olib keladi.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling