D. R. Sadirova tushuntirish xati
Ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan talaba kundaligini yurg’izishda quyidagilarga amal qilish lozim
Download 196.1 Kb.
|
texnikum kundalik
Ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan talaba kundaligini yurg’izishda quyidagilarga amal qilish lozim:
1-shaklda talabaning ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish joyi to’g’risidagi ma’lumotni to’ldirishda amaliyot bazasining to’liq joyi, o’tkazish vaqti amaliyotning boshlanishi va tugashi, amaliyot o’tkazish vaqti, uslubiy rahbarning familiyasi,ismi, sharifi, amaliyot bazasidagi umumiy rahbar ya’ni bosh hakim muovinining familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va amaliyot turlari bo’yicha bevosita rahbar, ya’ni bosh va katta hamshiralarning familiyasi, ismi, sharifi, to’liq yozib ko’rsatiladi. 2-shaklda amaliyot jadvali 3-shaklda amaliyotni dastur asosida o’tishning har talaba uchun individual jadval hisoblanib, jadvalni har bir shifoxona uchun belgilangan uslubiy rahbar bilab beradi, masalan, amaliyot o’tish 24 kunga mo’ljallangan bo’lsa, 1-kun shifoxonaning qabul bo’kimida o’tishi, aniq, sanasi, ish soati, navbatchilik kunlari ko’rsatiladi. 2-kun bo’limning muolaja xonasida belgilangan bo’lsa, sanasi, ish soati va navbatchiligi va h.k. ko’rsatiladi. Talabaning mustaqil ish kunlar, soatlarga taqsimlab, har bir talabaning ishchi o’rni belgilab beriladi. 4-shakl talabaning dastur asosida har kun bajargan mustaqil muolajalari va ko’nikmalari algoritm asosida aynan qaysi bemorda bajarilishi (F. Ya. 111.) bemorning yoshi ko’rsatiladi. Bemorni qabul bo’limida sanitariya tozalovidan o’tkazganligi, tibbiy hujjatlarni passport qismi to’ldirganligi, shifoxonaning qaysi bo’limga bemorni ko’chirganligi va qaysi vositalarda ko’chirganligi ko’rsatiladi. Dorilarni qaysi bemorga, tashxisi, dorini yuborish usullari, aynan dori yuborish usulini bajarish texnikasito’liq yozib ko’rsatiladi. Muolajani bajarishda ishlatilganva kerak bo’lgan barcha asboblar to’liq ketma-ketlik bilan yozib ko’rsatiladi. Muolajani bajarishni rasmlarda ifodalab chizib ko’rsatadi. Bemorlar bilan “Sog’lom turmush tarzini shakllantirish” mavzusida o’tkazgan suhbatlari va ma’ruzalari mavzusi va qancha bemorlarga o’tkazganligi har kunlik kundaligida yozib boriladi. Talabaning kundalik bajargan mustaqil ishi, uslubiy, umumiy va bevosita rahbarlar tomonidan nazorat qilib, amaliyotdan tutgan kundaligi tekshirilib, baholab imzo qo’yiladi. Izoh, qismida talabaning mustaqil ishidagi va kundalik to’ldirishdagi yutuqdir-hamda kamchiliklar uslubiy va bevosita rahbar tomonidan belgilab, ko’rsatib beriladi. 5-shakl – talaba dastur asosida har bir bo’lim bo’yicha amaliyotni o’tib tugatgavh hisobot beradi. 6-shakl – ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti bo’yicha tavsifnomada texnikumning to’liq nomi, mutaxasislik, talabaning qaysi kurs va guruhda o’qishi, uning to’liq familiyasi, ismi, sharifi ko’rsatiladi. Amaliyot o’tish joyi, bazalarining to’liq nomi, amaliyotning o’tish vaqti, bevosita rahbarning familiyasi, ismi ko’rsatiladi. Talabaning amaliyot o’tmagan kunlari ham izohlab yoziladi. Talabaning mustaqil ishidagi kamchiliklari ko’rsatilishi va uning ishidagi intizomi-tartibi ham ko’rsatiladi. Tavsifnoma amaliyot yakunida shaxodatlashdan so’ng yozib to’diriladi va amaliy bazada bevosita rahbar hamda bosh hakim baho, imzo qo’yib muhr bilan tasdiqlab beradi, Amaliyot yakunida talabaning kudalik kasbiy ishlar bo’yicha direktor muoviniga topshiriladi. AMALIYOT O’TUVCHI O’QUVCHIGA ESLATMA 1.Amayotdan ketishdan avval amaliyot rahbarlaridan davolash muassasasi manzilini, umumiy rahbarning ism-sharifini aniqlang. 2.Davolash muassasasiga kelgan amaliyot rahbariga murojaat qiling. 3.Amaliyot bo’lg’usi mutaxasisning shakllanishi uchun zarur ekanligini esda tuting. Amaliyot vaqtidan unumli foydalaning. Har kuni o’zlashtirishi kerak bo’lgan savollarni belgilang va kun oxirida bajargan ishlaringizga yakun yasang. 4.Tartib-intizomga qattiq, rioya qiling, amaliyot dasturi asosida o’zlashtirish kerakligini sedan chiqarmang. 5.Texnika-xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. 6.Amaliyot dasturini o’zlashtirishga ishchilik va jonbozlik ko’rsating. Dasturdagi muolajalarni bajarishda qiynalayotganingizda tezda amaliyot rahbariga murojaat qiling. 7.Bajargan muolajalaringiz va ko’nikmalaringizni har kuni kundalikka yozib boring. 8.Amaliy ish joyingizdan tajribali hamshira va doyalar ish uslubini o‘rganing va ular tajribasini kundaigingizga qayd etib boring. 10.Tibbiy etika, estetika, deontologiya qoidalariga rioya qiling. 11.Muassasa ichki-qonun qoidalariga qattiq rioya qiling, o’zboshimchalikka yo’l qo’ymang. 12. “Sog’lom turmush tarzini” targ’ibot qilish ishlariga faol qatnashing. 13.Amaliyot uchun zarur hujjatlarni olishni unutmang: A Yo’llanma, V, Kundalik, S. Amaliyot dsturi. 14.Belgilangan nusxaga ko’ra kundalikni o’z vaqtida to’ldirib boring. 15.Amaliyot oxirida kundalikka amaliyotning ijobiy va salbiy tomonlari to’g’risida hisobot yozing va o’z vaqtida mulohazalaringizni kiriting. 16.Kundalik, referatlarni amaliyot yakunida to’ldirib uslubiy rahbarga topshiring. Download 196.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling