D. T. P. I filologiya fakulteti tarix yònalishi 1 kurs 107 guruh talabasi Turdiyev Sanjarbekning jismoniy tarbiyadan mustaqil ish 14


Download 102.19 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi102.19 Kb.
#1045361
Bog'liq
Taqdimot (12)

D.T.P.I filologiya fakulteti tarix yònalishi 1 kurs 107 guruh talabasi Turdiyev Sanjarbekning jismoniy tarbiyadan mustaqil ish 14

Mavzu: Sodda akrobatik mashqlar. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar.

Akrobatik mashqlar – asosan turli о‘qlar atrofida aylanma harakatlarni bajarish (о‘mbaloq oshish, tо‘ntarilish, salg‘to va h.k). Shuningdek, g‘ayri oddiy tayanch sharoitida bajariladigan muvozanatni saqlash mashqlari (yakka, juft va guruh bо‘lib). Har xil kontinentli mashg‘ulotlarda kuchlilik, epchillik, egiluvchanlikni, fazoda yо‘nalish olishni, vestibulyar apparatni mashq qildirish uchun qо‘llaniladi.

Akrobatik mashqlarni о‘rganish bir vaqtning о‘zida murakkab mashqlarni bajarishga tayyorarlik vazifasini bajaruvchi sodda mashqlardan boshlanadi

Dumalash – tananing alohida qismlarini ketma-ket tayanchga tekkizgan holda boshdan oshmasdan turib aylanma harakatlarni bajarish. О‘quvchilar bu usulni quyidagi ketma-ketlikda egallab oladilar: dastlabki holatdan yarim qо‘llarni polga tayangan holatida о‘ngga va chapga dumalash; о‘tirgan holatdan – orqaga dumalash; tizzalarda turgan holatdan – oldinga dumalash.

О‘mbaloq oshish – tananing boshdan oshib о‘tib, sо‘ngra tayanchga tekkiziluvchi aylanma harakati. Oldinga о‘mbaloq oshish oyoqlarni ochgan holda qо‘llarga tayanib turishdan osonroq о‘zlashtiriladi: oldinga engashib, boshning orqa tomoni bilan (tana og‘irligini qо‘llarda ushlab turgan holda) tayaniladi va dumalab о‘tirib olinadi, sо‘ngra о‘tirib tayaniladi. Buni о‘zlashtirib olgach, о‘tirib tayanishdan о‘mbaloq oshishni bajarish mumkin.

Himoyalash: yon tomondan tizzada turib, bir qо‘l bilan yelkadan ushlab turish, ikkinchi qо‘l bilan tizzalar orqasidan itarib, aylanishni (о‘mbaloq oshishning birinchi fazasini bajarishga) yordam berish.


Download 102.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling