D tashmuxamedova
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
4.4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotni tuzish va hisobini yuritish tartibi Byudjet tizimi byudjetlari daromadlar ijrosi bo‘yicha to‘lovlar kontingenti tushumi hisobi yuritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga to‘lovlar kontingenti prognozining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tuziladi. To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida jamlanadigan ma’lumotlar asosida "O‘RMV" ATda: - tumanlar va shaharlar bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchilar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; - O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchilar kesimida to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risida tezkor jamlanma ma’lumot; - O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 131 Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risida hisobot shakllantiriladi 46 . O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi ma’lumot davlat soliq xizmati va bojxona organlari bilan taqqoslangandan so‘ng moliya organlari va g‘aznachilik bo‘linmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni shakllantiradilar va yuqori turuvchi organlariga taqdim etadilar. Tuman, shahar moliya organlari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga taqdim qiladilar. Tumanlar va shaharlar bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmalari hisobotni tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalariga taqdim qiladilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni Moliya vazirligiga taqdim qiladilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalari to‘lovlar kontingenti tushumi to‘g‘risidagi hisobotni Moliya vazirligi G‘aznachiligiga taqdim qiladilar. Daromadlar tushumi hisobini yuritish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari daromadlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish uchun "O‘RMV" ATda: O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; 46 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida. 132 tumanlar va shaharlar byudjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; DMJ byudjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida tezkor ma’lumot; Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot; O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot; O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risida jamlanma ma’lumot jamlanadi va "O‘RMV" ATda byudjet tizimining tegishli byudjetlariga daromadlar tushumi to‘g‘risidagi hisobot shakllantiriladi. Daromadlar tushumi to‘g‘risidagi hisobot to‘lovlar turlari kesimida: tumanlar va shaharlar byudjetlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti; O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti; DMJ byudjetlari bo‘yicha shakllantiriladi. Daromadlar tushumi to‘g‘risidagi jamlanma hisobot to‘lovlar turlari kesimida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahrining shahar byudjeti; O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti; O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari bo‘yicha shakllantiriladi. To‘lovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan tegishli byudjetlarga ushlanmalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi va bir xilligini ta’minlash maqsadida moliya organlari, g‘aznachilik bo‘linmalari, davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari o‘rtasida to‘lovlar kontingenti tushumi, shuningdek ulardan byudjet tizimining tegishli byudjetlariga ajratmalar 133 to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining majburiy ravishda taqqoslanishi o‘tkaziladi. YaG‘Hga to‘lovlar kontingenti kelib tushishi va byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida to‘lovlarni taqsimlash jarayoni ustidan nazorat g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Kelib tushayotgan to‘lovlar kontingentini "O‘RMV" ATda tegishli tuman, shahar hududiy kodlari bilan ochilgan daromadlar bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirish, to‘lovlardan ajratmalar me’yorlariga majburiy tartibda amal qilinishini ta’minlash, shuningdek kelib tushgan, qaytarilgan, hisobga olingan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi va birxilliligini ta’minlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha choralar ko‘rish nazoratning vazifasi hisoblanadi. G‘aznachilik bo‘linmalari har kuni YaG‘Hga mablag‘lar tushishi va ularni byudjet tizimi tegishli byudjetlari o‘rtasida taqsimlash jarayonini nazorat qiladi. YaG‘Hga pul mablag‘larini o‘tkazishda, shuningdek to‘langan to‘lovlar summasidan byudjet tizimi byudjetlariga ajratishda yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘g‘rilanishi shart. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan moliya organlari hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bilan kelishilgan holda to‘g‘rilanadi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling