D tashmuxamedova


tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari) va yuridik shaxslar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari) va yuridik shaxslar 
tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar uchun to‘lov topshiriqnomasi shaki
44
 
To‘lovchilarning bank hisobraqamlaridan YaG‘Hga kelib tushgan to‘lovlar 
kontingenti summalari "O‘RMV" ATda tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlarida, shuningdek "O‘RMV" ATning "Tushumlarni 
boshqarish" modulida yuritiladigan To‘lovlar kontingentini hisobga olish 
kitobida aks ettiriladi. 
Bojxona to‘lovlari, ularni bojxona organlarining "O‘RMV" ATda ochilgan 
depozit shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida aks ettirgan holda belgilangan shakldagi 
to‘lov topshiriqnomasiga asosan YaG‘Hga o‘tkaziladi. Bojxona to‘lovlarini 
bojxona organlarining depozit shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan daromadlar 
bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazilishi bojxona organlari 
tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladigan g‘azna memorial 
orderlariga asosan amalga oshiriladi. 
"O‘RMV" ATda daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida va 
To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida kelib tushayotgan to‘lovlar 
kontingentining hisobi quyidagi talablarga rioya etgan holda yuritiladi: 
44
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 30-martda 2771-son bilan ro‘yxatga olingan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 
2016-yil 24-martdagi 20, 2016-14, 01-02/8-10-sonli qarori asosida.


124 
– kelib tushayotgan mablag‘larni to‘lov turlari bo‘yicha majburiy tartibda 
aks etish va guruhlash; 
– banklar tomonidan to‘lovchilarning bank hisobraqamlaridan YaG‘Hga 
o‘tkazib berilayotgan har bir summani kelib tushish sanasini majburiy tartibda 
ko‘rsatish; 
– har bir to‘lov turini hududiy belgisi va soliq va boshqa majburiy 
to‘lovlarni undirish bo‘yicha vakolatli organlar bo‘yicha majburiy tartibda 
guruhlash; 
– kelib tushgan to‘lovlarni kunlar, oylar, choraklar va birinchi yarim yil
to‘qqiz oylik va yillik ortib boruvchi yakun bilan majburiy tartibda hisobini 
yuritish. 
Daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari kelib tushgan to‘lovlar 
kontingentini tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq byudjet tizimining tegishli 
byudjetlari o‘rtasida amaliyot kuni mobaynida har soatda taqsimlash yo‘li bilan 
"nol" holatiga keltiriladi. Zarurat tug‘ilganda kelib tushgan to‘lovlar 
kontingentini byudjet tizimining tegishli byudjetlari o‘rtasida taqsimlash real 
vaqt rejimida amalga oshirilishi mumkin. 
To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobi har bir moliya yili uchun 
alohida yuritiladi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra tavsiflanishi va tegishli 
byudjetga kiritilishi imkoniyati yo‘q bo‘lgan to‘lovlar tushumi summalari
aniqlanmagan tushumlar sifatida identifikatsiya qilinadi va YaG‘Hga qaysi bank 
hisobraqamlaridan o‘tkazib berilgan bo‘lsa, shu bank hisobraqamlariga 
g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 3 ish kuni mobaynida qaytariladi.
Aniqlanmagan tushumlar To‘lovlar kontingentini hisobga olish kitobida 
hududiy mansubligi bo‘yicha, ya’ni YaG‘Hga mablag‘ o‘tkazilgan hisobraqami 
bankining joylashgan joyi ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari 
tomonidan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda byudjet 
mablag‘lari oluvchilar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan 
to‘lovlar tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga 


125 
Yo‘riqnomada belgilangan shakldagi g‘azna memorial orderiga asosan o‘tkazib 
beriladi. 
Bunda, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarga to‘lovlarni 
to‘lashning ushbu Yo‘riqnomaning 18-bandida nazarda tutilgan tartibi 
qo‘llaniladi. 
YaG‘Hga to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumot Moliya vazirligi tomonidan har 
kuni elektron shaklda "O‘RMV" ATdan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni 
undirish bo‘yicha vakolatli organlarning axborot tizimlariga taqdim etiladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling