Sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari
Download 39.86 Kb.
|
Majburiy sug\'urta
.Sug`urtaning majburiy va ixtiyoriy turlari
Manba:16 Majburiy sug`urta turlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Sug`urta tashkiloti faoliyatining maqsadi boshqa shaxsning manfaatlari bilan bog`liq xavf-xatarni sug`urtaga qabul qilishdir. Sug`urta bo’yicha xizmatlar pullidir, sug`urta qildiruvchi sug`urtachiga sug`urta mukofotini to’laydi. Shuning uchun sug`urtachi sug`urta to’lovlari bo’yicha majburiyatlarni bajarish imkoniyatidaligidan dalolat beruvchi kafolat mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli O’zbekiston Respublikasida sug`urta ishini tashkil etishning ma’lum prinstiplari mavjuddir: 1. Barcha sug`urta tashkilotlari sug`urta to’g`risidagi qonunga bo’ysunishi kerak; 2.Sug`urtachi yuridik shaxs bo’lishi kerak; 3.Sug`urta tashkilotlari to’lov qobiliyatiga ega bo’lishi va barqaror moliyaviy ahvolga ega bo’lishi kerak; 4.Sug`urta tashkilotlari o’z ishini maxsus davlat sug`urta tashkilotlaridan listenziya olgandan keyin olib borishi mumkin. 5.Respublikada mulkchilikning turli shakllarida sug`urta tashkilotlari ishlashi kerak. Sug`urta monopoliyasi man qilinadi. 6.Barcha sug`urta tashkilotlari sug`urtaning yangi turlarini topishi kerak. 7.Barcha sug`urta tashkilotlari kredit tashkilotlari bilan aloqasi mustahkamlanishi kerak. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida sug`urta qoidasi va shartnomalarida sug`urta to’lovlarini to’lash tartibi va shartlari bo’yicha quyidagi amallar ko’rib chiqiladi: -sug`urta to’lovlari uchun asoslarni aniqlash; -sug`urta to’lovlarining asoslari va usullarini aniqlash. Sug`urta to’lovlarini to’lash to’g`risida qaror uchun asos bo’lib sug`urta shartnomasiga to’g`ri keladigan sug`urta holatining kelishi xisoblanadi. Uning kelishi va sug`urta shartlariga to’g`ri kelishi quyidaga xujjatlar bilan tasdiqlanadi: -sug`urta qildiruvchining sug`urta xolatining sodir bo’lganligi to’g`risidagi arizasi bilan; -yo’qotilgan mulk ro’yxati bilan; -mulkning shikastlanganligi yoki to’laligi to’g`risida sug`urta akti bilan. Sug`urta akti sug`urtachi yoki unga tegishli bo’lgan shaxs tomonidan 3 kun muddatda tuziladi. Zarurat tug`ilganda sug`urtachi sug`urta voqealari bilan bog`liq ma’lumotlarni xuquq tartib organlaridan, DAN, yong`in xavfsizligi organlaridan olishi mumkin. Sug`urtachi sug`urta voqeasining holat va sabablarini o’zi aniqlash huquqiga egadir. Sug`urta to’lovlari kattaligini hisoblash bir necha usullarda bajariladi. Sug`urta to’lovlarining kattaligini hisoblash uchun asos bo’lib quyidagilar hisoblanadi: -sug`urta qildiruvchi tomonidan ko’rsatilgan; -sug`urtachi tomonidano’rnatilgan. Bunda tomonlar mulkining sug`urta qiymatinirad eta olmaydilar. Sug`urta to’lovlarini hisoblash quyidagi prinstiplarga asoslanadi: Birinchi usul. Zararni sug`urta to’lovidan farqlash zarurdir. Zarar – yo’qotilgan mulkning qiymati yoki zararlangan mulkning ta’mirlangan qismidir. Asosiy ishlab chiqarish fondi bo’yicha zararlarga umumiy hajmni aniq belgilash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: U=D-I+S-O Bunda: U-asosiy ishlab chiqarish fondlarining buzilishi yoki to’la yo’qotilishida zararining umumiy summasi; D-sug`urta bahosi bo’yicha mulkning haqiqiy qiymati; I-mulkning jismoniy eskirish summasi; S-mulkni qutqarish va uni tartibga keltirish bo’yicha xarajatlar; O-keyinchalik foydalanish uchun yaroqli bo’lgan mulk qiymati. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bo’yicha zararni aniqlash uchun quyidagi formula qo’llaniladi: U=D-O+S Bunda: U-zararning umumiy summasi; D-sug`urta holati davrida mulkning haqiqiy qiymati; O-mulkdan foydalanish uchun yaroqli va qolgan qimat; S-mulkni qutqarish bo’yicha va uni tartibga keltirish bo’yicha xarajatlar. Tabiiyki sug`urtalashdan maqsad ko’rilgan zararni qoplash hisoblanadi. Buning uchun eng avvalo tarif stavkalarini bilish kerak. Tarif stavkalari sug`urta puliga nisbatan belgilanadi. Tarif stavkalari juda ko’p va xilma xil. Ularni quyidagicha guruhlarga ajratish , tarmoqlashtirish mumkin: 1.Sanoat va boshqa xo’jalik tarmoqlari bo’yicha. Bu tarmoqlar tarif jihatdan 3 guruhga bo’linadi: 1)neft va kimyo, metallurgiya sanoati; 2)tog` sanoati, atom energiyasi; 3)mashinasozlik, qurilish, oziq-ovqat sanoati. Stavkalar tarmoqlar xillari bo’yicha 0,2 dan 0,15% ga tarmoqlanadi. Yong`inga qarshi sug`urtalanganda yana bir foiz qo’shiladi. Download 39.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling