Yuklarni sug`urtalashda qo’llaniladigan sug`urta stavkalari.
Transport turi
|
Sug`urtalovchi javobgarligining xajmi
|
Stavka (sug`urta puliga nisbatan %)
|
1.Temir yo’l, avtomobil,qo’shma yuk tashish yo’nalishlari
|
Xamma xavf-xatar bo’yicha javobgarlik.
|
2,5-4
|
Shikastlanish uchun javobgarlik
|
1-2
|
2.Havo transporti va aloqa posilkasi
|
Xamma xavf-xatarga javobgarlik.
|
2,5-3,5
|
Shikastlanish uchun javobgarlik.
|
0,4-2
|
Manba:18
Jadvaldan sug`urta hodisalari yuklarni sug`urtalashda qo’llaniladigan sug`urta stavkalari sug`urtalovchi javobgarligining xajmi aniqlanadi.
Shu munosabat bilan dastlab sug`urta tashkilotlarini quyidagicha guruxlash mumkin:
- faqat xorijiy mamlakatlar investorlari (O’zbekinvest) va tashqi iqtisodiy munosabatlar xizmat qiluvchi sug`urta tashkilotlari (Intertrans);
- qo’shma sug`urta tashkilotlari, masalan: «Umid» sug`urta tashkiloti, (Uzbek sug`urta Xauden Lix);
- faqat mamlakat doirasida xuquqiy va jismoniy shaxslarga xizmat qiluvchi tashkilotlar («Bit») tashkiloti;
- davlat xissadorlik sug`urta tashkilotlari.
Respublikadagi sug`urta tashkilotlari quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1. Davlat akstiyadorlik sug`urta kompaniyalari
a) «O’zagrosug`urta» DASK
b) «Kafolat» DASK
v) «O’zbekinvest» EIMSK
g) «Madad» sug`urta agentligi
2. Xususiy sug`urta kompaniyalari
3. Respublika sug`urta nazorati tashkilotlari
"Kafolat" DASK universal turdagi kompaniya hisoblanib, mol-mulk, shaxsiy sug`urta hamda javobgarlik sug`urtasi sohasida aholi va korporativ mijozlarga 35 turdan oshiq sug`urta xizmatlari ko’rsatadi. Nizom kapitali miqdori 1 225 mln. so’mga teng. Ma’lumotlarga qaraganda, joriy yilning 1-choragida kompaniyaning investistiya mablag`lari 01.04.2006 yilga ko’ra, 2 596,2 mln.so’mni, sug`urta to’lovlarining miqdori - 77 393,2 ming so’mni tashkil etmoqda.Doimiy mijoz va hamkorlar: "SamKochAuto" QK, "O’zmetkombinat" AJ, "O’zbekiston Havo Yo’llari" MAK, "O’zbekiston temir yo’llari" DAK, "O’ztransgaz" AK, "O’zkommunxizmat" Agentligi, "O’ztemiryo’lyo’lovchitrans" OAJ, "Dori-Darmon" DAJ, "O’zqurilishmateriallari" Assostiastiyasi, "Oxangaronstement" AJ, "Oxangaronshifer" AJ, "O’zbekbirlashuv" AJ, Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi, Olmaliq TMK, Navoiy TMK va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |